Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/11
Sana09.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1346190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-VARIANT

Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan 
keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh 
atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, 
Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. (1)Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa 
sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli 
Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa 
mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi. Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer 
Quyosh atrofidagi fazoda gaz-chang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion 
kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib 
topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik 
hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, (2)Yer moddasining differensiyalanganiga olib kelgan, 
oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik 
xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Yer ichki qismining tuzilishi
seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu 
toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Yer ichki qismini tashkil etgan qattiq, 
suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Yer ichki 
qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi. (3)Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km 
qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 
5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km 
chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va 
havo sferasi (atmosfera) joylashgan. 
Yer yuzasining katta qismini 70,8% Dunyo okeanlari egallaydi , quruqlik 29,2 % ni tashkil etadi 
(quruqlik olti katta materik va koʻpdan-koʻp orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: 
Yevropa va Osiyora boʻlinadi, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, 
baʼzan Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan qoʻshib 
hisoblanadi.(4)Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlariga ajratib 
yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini 
Janubiy okean deb alohida ajratadilar. 
18. [1,7 bal1] 
Matn mazmuniga mos to'g'ri shakllantirilgan gapni 
aniqlang. 
A) Yerdagi hayot mavjudotning yagona shakli 
hisoblanadi. 
B) Yer fazoda metiorlarning gravitatsiyasidan paydo 
boʻlgan. 
C) Yerning tashqi qismi radioaktiv elementlarning 
parchalanishidan isiydi
D) Yerning ichki tuzulishi seysmik toʻlqinlarning 
tarqalishi asosida aniqlangan. 
19. [1,7 bal1]
Raqamlab ko'rsatilgan qaysi gap matnning 
mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni 
yuzaga keltirgan? 
A)4 B)2 C)1 D)3 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling