Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
10-VARIANT
Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Gʻazal o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. 1.Ey jamolingdin falakda mash’ali tobon xijil, Ko‘zlaringdin dur dag'i har subhidam cho‘lpon xijil. 2.Chando erningning zulolindinkim, andin uftonib, Eshunub zulmotg‘a kirdi chashmai hayvon xijil. 3.Bargi nasrin uzra mundoq zulfu xatingni ko‘rub, Hech g‘arib ermaski , bo‘lg‘ay sunbulu rayhon xijil. 4.Ul tor og'zing ramzidin fahm etti go‘yo shamsaye Kim, chamanda bo‘ldi mundoq g‘unchai xandon xijil. 5.Ko‘zlaring hayroni menkim, muncha nohaq qon qilib, Iymanib hech bo‘lmadi ul joduyi fatton xijil. 6.Bilmadi husnung ramuzin, yo‘qsa holig‘a degin, Qolg‘ay erdi choh ichinda Yusufi Kan’on xijil. 7.Bu Gadoning o‘tluq ohidin dag‘i ko‘z yoshidin Bo‘ldi barqi jon gudozi qatrai nayson xijil. Lug’at:tobon- oy, erin-lab, sunbul-g'uj bo'lib ochiladigan chiroyli gul, ramz- imo-ishora, gudoz-dard , alam, kuyish; barq - nur, alanga 28. [2,5 ball] G‘azal matla’si haqidagi NOTO‘G‘RI hukmni aniqlang. A)Yorning jamolini ko'rib hatto osmondagi oy ham xijolat tortishi ifodalangan B)Yorning ko'zlari durga tashbeh qilingan C)Yorning jamolidan erta tong ham xijolat tortishi tasvirlangan D)Baytda yordan tong yulduzi ham uyalishi tasvirlangan 29. [2,5 ball] 3-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang. A)Yorning sochlaridan sunbulning xijolat tortishi ta'kidlangan B)Yor shu darajada go'zalki, gullarning undan xijolat chekishi oddiy holat ekanligi baytda ifodalangan C)Yorning jamolidan bog'dagi nasrin ham xijolatda ekanligi tasvirlangan D)Baytda yorning xati ta'riflanib, undan rayhonning xijolat tortishi aytilgan 30. [2,5 ball] 5-bayt mazmuni to‘g‘ri izohlangan javobni belgilang. A)Baytda fitna qiluvchi yor ko'zlarining qonga to'lganligi tasvirlangan B)Bayta oshiq yorning nigohlarida umuman xijolatning yo'qligidan hayratlangani aytilgan C)Yor oshiqni sehrlab , bandi qilib o'zining bu holatidan sira ham iymanmagani aytilgan D)Nohaq qoni to'kilayotgan oshiqning ko'zlarida xijolat borligi ta'kidlangan Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling