Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
10-VARIANT
Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) beshinchi oʻrinda. (1)Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona kosmik jismi, hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi. Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda gaz-chang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi (birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, (2)Yer moddasining differensiyalanganiga olib kelgan, oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Yer ichki qismining tuzilishi seysmik toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Yer ichki qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. Bu zamonaviy metodlar asosida Yer ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni berdi. (3)Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan. Yer yuzasining katta qismini 70,8% Dunyo okeanlari egallaydi , quruqlik 29,2 % ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik va koʻpdan-koʻp orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: Yevropa va Osiyora boʻlinadi, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, baʼzan Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan qoʻshib hisoblanadi.(4)Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlariga ajratib yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining Antarktida yonidagi qismlarini Janubiy okean deb alohida ajratadilar. 18. [1,7 bal1] Matn mazmuniga mos to'g'ri shakllantirilgan gapni aniqlang. A) Yerdagi hayot mavjudotning yagona shakli hisoblanadi. B) Yer fazoda metiorlarning gravitatsiyasidan paydo boʻlgan. C) Yerning tashqi qismi radioaktiv elementlarning parchalanishidan isiydi D) Yerning ichki tuzulishi seysmik toʻlqinlarning tarqalishi asosida aniqlangan. 19. [1,7 bal1] Raqamlab ko'rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan? A)4 B)2 C)1 D)3 Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling