Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
10-VARIANT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich Matnni o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring
- (1) “pyatiminutka
- (2)“betimning qalini – jonimning huzuri”
Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
20. [1,7 ball ] Matn mazmunida aks etgan ma'lumotni aniqlang. A) Yerning geosferalari bir-biridan fizik xossasi, kimyoviy tarkibi va agregat holati jihatdan farqlanadi. B) Yerning ichki qatlamidagi koʻndalang toʻlqinlar seysmik toʻlqinlar deyiladi. C) Yer mantiyasi 30 km qalinlikka ega hisoblanadi. D) Subyadroning diametri 5500 kimdan oshadi. 21. [1,7 ball] Matn mazmuniga mos to'g'ri ifodalangan ma'lumotni aniqlang. A) Materiklar taʼsirida suv Tinch, Shimoliy Muz, Atlantika Hind, va Janubiy Okeanlarga ajralgan. B) Shimoliy Muz, Tinch va Hind okeanlarining Antarktidaga tutash qismi Janubiy okean C) Yer yuzining toʻrtdan bir qismini materik va orollar tashkil etadi. D) Yer hajm va massa jihatdan Uran, Neptun, Saturn, Yupiterdan keyingi oʻrinda turadi. 22. [1,7 ball) Matn mazmuniga mos to'g'ri ifodalangan ma'lumotni aniqlang. A) Yerning tashqi geosferasi suv va havo geosferalariga boʻlinadi. B) Yer Quyoshga yaqinligi jihatdan beshinchi sayyora hisoblanadi. C) Hayot materiya taraqqiyotining yagona bosqichidir. D) Shimoliy va Janubiy Amerika bitta materik. Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich Matnni o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring Bozor (hikoya) “…Elning qanday yashayotganini bilmoqchi bo‘lsang, avvalo, uning bozorlariga qara”, deydi donishmand xalqimiz. Darhaqiqat, bugun viloyatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan dehqon bozorlarida sotuvchi va xaridorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlarni, peshtaxtalardagi to‘kin-sochinlikni ko‘rib, diling ravshan tortadi…” Davronning dili ravshan tortmadi, bil’aks, peshonasi tirishgancha matndagi “faoliyat ko‘rsatayotgan” so‘zlari tagiga qalin chiziq chizdi, qog‘oz chetiga so‘roq belgisi qo‘ydi. Qandaydir qovushmaganroq, gazetiyroq so‘z birikmasimi-ey. O‘zgartirish kerak. Nahotki bozor “faoliyat ko‘rsatsa?”Keyingi jumlani o‘qib Davronning dili battar xufton bo‘ldi. Nima emish, viloyatimizda “11 nafar bozorlar” yana “faoliyat ko‘rsatayotgan”mish… O‘zi o‘n bittaligi aniq bo‘lsa, “nafar”igayu ko‘plik qo‘shimchasiga balo bormi? “Faoliyat”ingga o‘t tushgur muxbir bisotidagi to‘rtta so‘zni aylantiraverarkan-da…So‘nggi jumla tanish tuyuldi, muallifini ham eslaganday bo‘ldi, biroq o‘zini chalg‘itish uchun “Buyuklar bir xil fikrlaydi”, deb ming‘irlab qo‘ydi-da, papkani shartta yopdi: avval tasvirga olib kelsin, tahrir keyin. O‘zi uch-to‘rtta fotosuratni birin-ketin ekranga chiqarib, shu sabil qolgur matnni diktorga o‘qitvorsayam bo‘lardi. Ammo Davron ishiga ijodiyroq yondashdi: hech bo‘lmasa “peshtaxtalardagi to‘kin-sochinlik” tomoshabinni o‘ziga jalb etar. Ustiga-ustak, ko‘rsatuvni bu ahvolda, quruqqina o‘tkazvorsa, dushanba kungi (1) “pyatiminutka”da Obidalining chakagi ochilishi aniq: o‘ziyam “O‘tgan haftada hukumatimiz tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli ishlar va xalqaro hayotning muhim masalalari”ga bag‘ishlangan uch soatlik yig‘ilishining kamida so‘nggi ellik-oltmish daqiqasini – ismini aytmasdan turib, albatta – Davronni do‘pposlash bilan o‘tkazdi; “erishilgan yutuqlar bilan bir qatorda, afsuski, ayrim o‘z ishiga mas’uliyatsiz, dangasa, loqayd rejissyorlarimiz tomoshabinni bizning kanalimizga jalb etishga emas, aksincha, undan bezdirishga xizmat qilmoqda. Buni o‘tgan hafta efirga uzatilgan ba’zi bir ko‘rsatuvlar shundoqqina ko‘rsatib turibdi… Axir, qaranglar, Yaqin Sharqda nimalar bo‘lyapti! Arab mamlakatlarida nimalar bo‘lyapti? Bizda esa, Xudoga ming qatla shukr, tinchlik-ku…” Hoy banda, xalqaro vaziyatni qo‘yib turaylik, o‘zimizning kanalda qaysi ko‘rsatuv nimani ko‘rsatib turibdi ekan, deb so‘raydigan mard yo‘q; vaholanki, vaziyat ajabtovur: hamma bu tagdor sha’malar qaysi ko‘rsatuv va kimning sha’niga yog‘dirilayotganini yaxshi bilib turadi… Keyingi paytlari bir-ikki yuqoriroq idoralarda jiddiy tanqid eshitib, soyasidan ham cho‘chib qolgan, yumshoq kursisining omonatligi xususidagi mish-mishlardan battar vahimaga tushgan bu amal gadosi nechukdir o‘zining tagini zimdan kavlayotganlar boshida aynan mana shu Davron turibdi deb ishonadi, shu xavotiri bois yanada ehtiyotkorlik qiladi, “guruh boshi”ni tanqid qila-qila ishdan bezdirib, “o‘z ixtiyorimga ko‘ra…” degan arizasini olishni chandon orzu qiladi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri dumini tugib yuborishga esa yana qo‘rqadi: kim biladi, necha yillardan buyon sabr bilan bir joyda ishlab kelayotgan bu dog‘uli, qo‘rs rejissyor ortida kimlar turibdi, balki ular atay rahbarning xato qilishini kutishayotgandir, keyin “Ha, mana, oxiri qo‘lga tushding-ku. Eng tajribali rejissyorni statyasiz ishdan bo‘shatding-a!” deb sudma-sud surgashar… Bunaqa yuraksiqar yig‘ilish payti kimga qiyin, Davronga qiyin: e’tiroz bildirayin desa, ismi yoinki ko‘rsatuv nomi aniq aytilmadi, inchunun, Obidalining bir-ikki haybarakallachisi “Gap egasini topibdi- da”, deya piching qilishlari aniq; (2)“betimning qalini – jonimning huzuri” deb jim o‘tiraverayin desa, besh-oltita hamkasbining “biz hammasini tushundik” deganday yer ostidan bir-birlariga ma’nodor qarab, “ihm-m”lab qo‘yishlari, jonini bo‘g‘ziga keltiradi… Xullas, shunaqangi mayda-chuyda gaplarda-ey… Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling