Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/11
Sana09.04.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1346190
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
10-VARIANT

Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich


Gʻazal o’qing va quyidagi topshiriqlarni bajaring. 
1.Ey jamolingdin falakda mash’ali tobon xijil, 
Ko‘zlaringdin dur dag'i har subhidam cho‘lpon xijil. 
2.Chando erningning zulolindinkim, andin uftonib, 
Eshunub zulmotg‘a kirdi chashmai hayvon xijil. 
3.Bargi nasrin uzra mundoq zulfu xatingni ko‘rub, 
Hech g‘arib ermaski , bo‘lg‘ay sunbulu rayhon xijil. 
4.Ul tor og'zing ramzidin fahm etti go‘yo shamsaye 
Kim, chamanda bo‘ldi mundoq g‘unchai xandon xijil. 
5.Ko‘zlaring hayroni menkim, muncha nohaq qon qilib, 
Iymanib hech bo‘lmadi ul joduyi fatton xijil. 
6.Bilmadi husnung ramuzin, yo‘qsa holig‘a degin, 
Qolg‘ay erdi choh ichinda Yusufi Kan’on xijil. 
7.Bu Gadoning o‘tluq ohidin dag‘i ko‘z yoshidin 
 Bo‘ldi barqi jon gudozi qatrai nayson xijil. 
Lug’at:tobon- oy, erin-lab, sunbul-g'uj bo'lib ochiladigan chiroyli gul, ramz- imo-ishora, 
gudoz-dard , alam, kuyish; barq - nur, alanga 
28. [2,5 ball]
G‘azal matla’si haqidagi NOTO‘G‘RI hukmni 
aniqlang. 
A)Yorning jamolini ko'rib hatto osmondagi oy ham 
xijolat tortishi ifodalangan 
B)Yorning ko'zlari durga tashbeh qilingan 
C)Yorning jamolidan erta tong ham xijolat tortishi 
tasvirlangan 
D)Baytda yordan tong yulduzi ham uyalishi 
tasvirlangan 
29. [2,5 ball]
3-bayt mazmunida AKS ETMAGAN fikrni aniqlang.
A)Yorning sochlaridan sunbulning xijolat tortishi 
ta'kidlangan 
B)Yor shu darajada go'zalki, gullarning undan xijolat 
chekishi oddiy holat ekanligi baytda ifodalangan 
C)Yorning jamolidan bog'dagi nasrin ham xijolatda 
ekanligi tasvirlangan 
D)Baytda yorning xati ta'riflanib, undan rayhonning 
xijolat tortishi aytilgan 
30. [2,5 ball] 
5-bayt mazmuni to‘g‘ri izohlangan javobni 
belgilang. 
A)Baytda fitna qiluvchi yor ko'zlarining 
qonga to'lganligi tasvirlangan 
B)Bayta oshiq yorning nigohlarida umuman 
xijolatning yo'qligidan hayratlangani 
aytilgan 
C)Yor oshiqni sehrlab , bandi qilib o'zining 
bu holatidan sira ham iymanmagani aytilgan 
D)Nohaq qoni to'kilayotgan oshiqning 
ko'zlarida xijolat borligi ta'kidlangan 

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling