Ona tili va adabiyot test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
Download 46.14 Kb.
|
Ona tili va adabiyot test muallifi Mustafoyev G’anisher Ikromov-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Ot egasi"
- TOGRI EMAS
- Abulfayzxon”
- Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich
hukmni aniqlang.
Azm ayla sabo, yet guli xandonimg'a, Ne gulki, quyoshdek mahi tobonimg‘a. 1) Baytda mutlaq qofiya qo‘llanmagan; 2) Baytda tashbeh san’atidan foydalanilgan; 3) Baytda yor oyga qiyoslangan ; 4) Nido san’ati ifodalanmagan. A) 1,2 B) 3,4 C) 2,3 D) 2,4 15. [1,7 ball] "Ot egasi" hikoyasi haqida berilgan to'g'ri mulohazani toping. A) Inod farzandlariga otda yurish, miltiq otishni o’rgatgan B)Egamberdi chorasizlikdan biya bo’lmagan otni olib borib hukumatga topshirgan C)Inod hukumat odamlariga doim ishonib kelgan D)Qimiz tayyorlash uchun biyalar majburiy tortib olingan D)F 16. [1,7 ball] “Ikki eshik orasi” romani haqidagi quyidagi ma'lumotlardan qaysi biri TO'G'RI EMAS? A) Rashid abzi ishqdan tili kuygan obraz B)Bashorat taqdirini o’z qo’li bilan yaratgan obraz C)Parcha Rashid abzidan sovchi bo’lib kelgan Bashoratga rad javobini beradi D)Bashoq terib yurgan Ochilni zakunchi yantoq bilan kaltaklaydi 17. [1,7 ball] “Abulfayzxon” dramasi haqidagi NOTO'G'RI ma'lumotni toping? A) Yo’ldosh va Ergash ismli qalandarlar Hakimbiy otaliqning kishilari edi B)Siyovushning xayoli tomonidan taxtga qarata aytilgan fikrlar Rahimbiyni qo’rquvga soladi C)Asarda Ibrohimbek Rahimbiyga taxt uning vorislariga yuqmasligini aytadi D)Asarda Abulfayzxon o’lim so’zini uning yonida aytmasligini Qurbongulga ta’kidlaydi Test muallifi: Mustafoyev G’anisher Ikromovich Fotosintez bu yorugʻlik energiyasining uglevod shaklida kimyoviy energiyaga aylanishi jarayonidir. Yorugʻlik energiyasi orqali amalga oshadigan ushbu jarayonda glyukoza molekulalari (yoki boshqa molekulalar) suv va karbonat angidriddan hosil boʻladi va qoʻshimcha mahsulot sifatida kislorod ajraladi. Glyukoza (uglevod) molekulalari organizmni ikki muhim manba: energiya va organik uglerod bilan taʼminlaydi. (1) Glyukoza molekulalari hujayra uzra quvvat manbai boʻlib xizmat qiladi: ulardagi kimyoviy energiya hujayraning nafas olishi va fermentatsiya jarayonlari orqali ajratib olinadi. Ushbu jarayonlar orqali kichkina energiya tashuvchi molekula adenozin trifosfat molekulasi hosil boʻladi. Hujayra energiyaga ehtiyoj sezganda ATF molekulalari parchalanadi va energiya ajralib chiqadi. Karbonat angidriddagi uglerod anorganik uglerod boʻlib, u organik molekulalarga birlashishi mumkin; ushbu jarayon – uglerod fiksatsiyasi, hosil boʻlgan organik uglerod esa fiksatsiyalangan uglerod deb ataladi. Fotosintez jarayoni davomida fiksatsiyalangan va qand moddalariga birikkan uglerod hujayra ehtiyojlariga qarab organik molekulalarning boshqa turlarini hosil qilishda foydalanilishi mumkin. Fotosintez jarayonida quyosh energiyasi yigʻilib, glyukoza molekulalari suv va karbonat angidriddan foydalangan holda kimyoviy energiyaga aylantiriladi. Ikkilamchi mahsulot sifatida kislorod hosil boʻladi. (2)Fotosintez qiluvchi organizmlar, jumladan, oʻsimliklar, suv oʻtlari va baʼzi baktreriyalar ham oʻta muhim ekologik ahamiyatga ega. Ular yorugʻlikdan foydalanib qand moddalarini sintezlaydi va kimyoviy energiya va fiksatsiyalangan uglerodni ekotizimga olib kiradi. Ushbu organizmlar yorugʻlik energiyasidan foydalangan holda oʻzlarining ozuqalarini ishlab chiqarganliklari, yaʼni oʻzlari uglevod sintez qilganliklari sababli fotoavtotroflar (soʻzma-soʻz tarjimasi: yorugʻlikdan foydalanib, oʻzini oziqlantiruvchilar) deb nomlanadi. Insonlar va karbonat angidridni organik birikmalarga oʻzgartira olmaydigan boshqa organizmlar geterotroflar deb nomlanadi. Geterotroflar boshqa organizmlar yoki ularning ikkilamchi mahsulotlarini isteʼmol qilgan holatda uglevod bilan taʼminlanadi. (3)Hayvon, zamburugʻ, koʻpgina prokariot va ptotistlar ham geterotrof organizmlar sirasiga kiradi. Fotosintez ekotizimni organik uglerod va energiya bilan taʼminlashdan tashqari, Yer atmosferasining shakllanishida ham katta oʻrin tutadi. Fotosintez qiluvchi organizmlarning aksariyati ikkilamchi mahsulot sifatida kislorod gazini hosil qiladi. Hozirgi kunda mavjud boʻlgan sianobakteriyalarga oʻxshash bakteriyalarda fotosintezning paydo boʻlishi 333 milliard yil oldin Yerdagi hayotni butunlay oʻzgartirib yuborgan.Ushbu bakteriyalar oʻzlari ishlab chiqargan kislorodni asta-sekin Yerning kislorod kam boʻlgan atmosferasiga ajratib turgan va kislorod konsentratsiyasi koʻpayishiga sabab boʻlgan. Ushbu jarayon natijasida aerob hayot shaklida yashovchi organizmlar – hujayraning nafas olishi uchun kisloroddan foydalanuvchi organizmlarning evolyutsiyasiga taʼsir koʻrsatdi. (4)Ushbu farazga koʻra, agar oʻsha fotosintezlovchi organizmlar boʻlmaganda, hozir Yer yuzidagi koʻplab boshqa jonzotlar kabi biz ham mavjud boʻlmas edik. 18. [1,7 bal1] Matn mazmuniga mos to'g'ri shakllantirilgan gapni aniqlang. A)Glyukoza organizmni energiya va uglevod bilan taʼminlaydi. B) Hujayraga energiya kerak boʻlsa ATF molʻekula sifatida birlashadi. C) Uglerod organik molekulalarga birlashishi Uglerod fiksatsiyasi deyiladi. D) Fotosintezda Glyukoza organik energiyaga aylanadi. 19. [1,7 bal1] Raqamlab ko'rsatilgan qaysi gap matnning mazmuniy tuzilishida uslubiy xatolikni yuzaga keltirgan? A)4 B)2 C)1 D)3 20. [1,7 ball Matn mazmunida aks etgan ma'lumotni aniqlang. A) Fotosintez- yorugʻlikdan foydalanib oʻzini oziqlantiruvchilar B) Insonlar geterotroflar tipiga kiradi C) ikkilamchi mahsulotni isteʼmol qiluvchilar fotoavtoroflardir. D) hayvonlar va zamburugʻlar oʻz-oʻzini oziqlantiruvchilar tipiga mansub. 21. 21 [1,7 ball] Matn mazmuniga mos to'g'ri ifodalangan ma'lumotni aniqlang. A) Fotosintez jarayoni yerning tuzilishiga ham taʼsir koʻrsatadi. B) Fotosintezlovchi organizmlar kislorodni isteʼmol qiladi. C) Bakteriyalarning paydo boʻlishi yerdagi hayotni oʻzgartirdi D) Hujayrasi kisloroddan nafas oluvchi organizmlarning evolutsiyasiga kislorod konsentratsiyasi sabab boʻlgan 22. [1,7 ball) Matn mazmuniga mos to'g'ri ifodalangan ma'lumotni aniqlang. A) Korbonad angidridda ham uglevodlar bor. B) Fotosintez jarayonida ikkilamchi mahsulot bu kisloroddir C) Suv oʻtlari va bakteriyalar ekologiya uchun zararli D) Fotosintezda suvdan energiya olib quyosh yordamida kimyoviy energiya hosil qilinadi. Download 46.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling