Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
18-variant
1. Quyida keltirilgan gapdagi fonetik yozuv asosida yozilgan so‘zlar sonini aniqlang. Xalqimizning tilagi bitta - tinchlik. A) 4 ta В) 1 ta C) 2 ta D) 3 ta 2. Quyidagi qaysi gap(lar)da son otlashmagan? 1) Chollarning ikkalasi ham yetmish yoshdan oshgan edi. 2) Ikkovi bitta zog‘ora nonni yeb qo‘yishdi. 3) Ikkala kishi darvozadan kirib keldi. 4) Ikkalamiz imtihonlarga puxta tayyorlandik. A) 1, 2, 4 B) 2, 4
С) 1, 3,4 D) 3
3. Oldindadir hali zahmat, oldindadir imkonimiz, Yetishgaymiz kelajakka, pokizadir vijdonimiz. Ushbu she’riy parchadagi so‘zlar tarkibida necha o‘rinda shovqinli portlovchi jarangsiz undosh mavjud? A) 7 B) 6 C) 8 D) 9 4. Berilgan qaysi maqollar o‘zaro ma’nodosh maqollar sanaladi? 1) Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi. 2) Yolg'iz baloga, indamasang, ko‘payadi. 3) Shamol bo’lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. 4) Oz-oz o‘rganib dono bo’lur. A) 1,2,3 B) 1,2,3,4 C) 1,2 D) 1,3,4 5. Shaxsi umumlashgan gapni aniqlang. A) Oltin bilan olib boimas qolgan ko‘ngilni. B) Zolimdan vafo tilama. C) Ey kabutar, osmonga parvoz qil, havoda charx urib, har xil o‘yinlar ko'rsat. D) To‘g‘ri so‘z toshni yorar. 6. Yangi hisob-kitoblarga qaraganda, dunyoda qancha til bor? A) uch mingga yaqin B) ikki mingdan ortiq C) besh mingdan ortiq D) yetti mingga yaqin 7. Metafora usulida ma’no ko'chishi sodir bo’lgan qaysi birlikda paronim juftiga ega so‘z qatnashgan? A) qattiq tartib o'rnatmoq B) tuz totmoq C) darz payola D) temir intizom 8. Qaysi javobda imlo qoidasiga oid noto‘g‘ri fikr berilgan? A) Oliy darajadagi unvon va mukofotlar nomi tarkibidagi so‘zlar har biri bosh harf bilan yoziladi. B) Ikkinchi qismi turdosh ot yoki obod so‘zi bilan yasalgan joy nomlari qo‘shib yoziladi. C) Muhim tarixiy sanalar va bayramlar nomidagi har bir so‘z bosh harf bilan yoziladi. D) Qisqartma so’zlar har doim qo’shib yoziladi. 9. Quyida berilgan parchadagi olmosh(lar)ning turi va u(lar) ning sintaktik vazifasini aniqlang. Aybdor o‘zi har bir savolga bergan javobi bilan jinoyatini iqror qildi. A) o'zlik va belgilash; ega va aniqlovchi B) ko‘rsatish va belgilash; ega va aniqlovchi C) o‘zlik; aniqlovchi D) o‘zlik va belgilash; aniqlovchi va aniqlovchi 10. Idish nuqsonlidir, gar bo‘lsa qadoq, Aslo ayb bo‘lmas qo‘ldagi qadoq. Ilmga bag‘ishlab o‘tkaz har onni, Aqling botmon bo'lsin, vazning bir qadoq. She’riy matndagi o‘zaro shakldosh bo'lgan so‘zlarning ma’nolari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) o’lchovli tosh, teridagi qattiq qavariq, og'irlik o'lchov birligi B) ma’lum miqdordagi choy, teridagi qattiq qavariq, o‘lchovli tosh C) chega, teridagi qattiq qavariq, og'irlik o‘lchov birligi
D) uch o'rinda ishlatilgan «qadoq» so‘zi shakldosh bo'lmay, balki bir so‘zning turli ma’nolaridir 11. Qaysi gapda qatnashgan barcha ko'makchilar yasama so‘z bilan ifodalangan gap bo‘laklarini shakllantirishga xizmat qilgan? A) “Tinchlik tufayli ellar obod, xonadonlar tinch, – dedi otaxon donishmandlik bilan, – bu haqda bilib qo‘ying”. B) U xuddi usta zargarlar kabi uzukni boshdan - oyoq aylantirib qaradi, ammo hech narsani sezmagani uchun uni Naziraga qaytarib berdi. C) «Goho miriqib dam olish uchun ham vaqt ajratish kerak- da», - dedi u beg‘uborlik bilan tog‘ tomonga qarab.
D) U do'stidan xavotirlangani uchun changalzor tomon yurdi- yu, biroz qo'rqoqligi tufayli u yerga kirishga ikkilandi. 12. Tarkibidagi portlovchi undosh sirg‘aluvchi undosh kabi talaffuz qilinadigan so‘zlarni belgilang. A) obod, fabrika B) tuzsiz, ijtimoiy C) maqsad, taqdim D) iztirob, Matiz 13. Ovchi bu gapdan achchiqlanib dedi: «Yo‘q, ovora bo‘lmay qo‘yaqol, men seni qo‘yib yubormayman. O‘z joningni qutqarmoq uchun do‘stlaringga xiyonat qilmoqchisan. Sofdil qushlardan ko‘ra xiyonatkor do‘stning o‘lgani yaxshi». Berilgan gapda ishtirok etgan yasama so‘zlar sonini toping. A) 5 ta B) 6 ta C) 7 ta D) 8 ta 14. Qaysi qatorda ham ko‘chma, ham o‘z ma’nosida qo‘llana oladigan birliklar ko’rsatilgan? 1) to’lib-toshmoq;2) iliq suv; 3) yengil qarash; 4) o‘t yoqmoq; 5) yo‘l ochmoq; 6) ko'ngil ochmoq. A) 1, 2, 4, 5 В) 1, 4, 5 C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 3, 4, 5, 6 15. Quyida keltirilgan parchadagi fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. Yo‘q, hali bilagimda kuchim bor. Yuragimda o‘t so‘ngani yo‘q. Bu alamlarni, bu xo‘rliklarni oyoq
ostiga olib toptamaganimcha yashashim shart. Yashayman! A) 4 В) 3 C) 2 D) 5 16. Qaysi gapda ham affikisatsiya, ham kompozitsiya usulida yasalgan so‘zga nisbatan hokim bo'lgan bo‘lak tarkibida o‘rniga ko‘ra lab va til undoshlari ishtirok etgan? A) Yigit oynaga qarab oldi- da, sartaroshxonadan shoshib chiqib ketdi. B) Sovuqqon odamlar bo‘lar- bo‘lmasga hovliqib yoki tutaqib ketmaydilar. C) O‘z xalqini cheksiz sevuvchi, el-yurt manfaatlari uchun jonbozlik ko‘rsatuvchi har bir insonda vatanparvarlik tuyg‘usi yuqori bo‘ladi. D) Kelinglar, tabiatning saxiyligiga nonko'rlik qilmaylik! 17. Tarkibida faqat yuqori tor unlilar va undoshlar qatnashgan so‘zlar qatorini aniqlang. A) musiqa, lirika B) kibor, musiqa C) muqim, uyushiq D) muhit, zehn 18. Nutq jarayonida qulayligiga erishish harakati tufayli ketma-ket kelayotgan tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida o‘zgarishlarga uchrashiga nima deyiladi? A) fonetik hodisalar B) metateza C) assimilatsiya D) tovush moyillashuvi 19. Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atagan tortig'idir, kitob insonning eng aziz do‘sti, yaqini sanaladi. Ushbu gapda qatnashgan aniqlovchilar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Ushbu gapda aniqlovchilarning kesimga tobelanishi kuzatiladi. B) Ushbu gapda qaratqich aniqlovchining egaga tobelanishi kuzatiladi. C) Ushbu gapda aniqlovchining maqsad holiga tobelanib kelishi kuzatiladi. D) Ushbu gapda aniqlovchining aniqlovchiga tobelanishi kuzatiladi. 20. Qaysi imlo qoidasiga ko‘ra o‘zlashma so‘zlarning aynan yozish qoidasiga rioya qilinadi? A) fonetik yozuv qoidasiga ko‘ra B) morfologik yozuv qoidasiga ko‘ra C) shakliy yozuv qoidasiga ko‘ra D) tarixiy-an’anaviy yozuv qoidasiga ko‘ra 21. Vilvam LShekspirning adabiyot homiysi bo’lmish yosh gersog Sautgemptonga bag’ishlangan, ketma-ket sakkiz marta nashr qilingan dostoni qanday nomlanadi? A) «Venera va Adonis» B) «Lukretsiya» C) «Xatolar komediyasi» D) «Romeo va Juletta» 22. Ogahiyning qaysi asari adabiyotimiz tarixidagi siyosiy- didaktik lirikaning yorqin namunasi hisoblanadi? A) «Ustina» g‘azali B) «Dahr uyi» tarji’bandi C) «Shohidi iqbol» asari D) «Qasidayi nasihat» asari 23. Qaysi javobda romanlar turkumi nomi berilgan? A) «Forsaytlar haqida qo‘shiq» (Jon Golsuorsi) B) «Jan Kristof» (Romen Rollan) C) «Qora dengiz to‘lqinlari» (Valentin Katayev) D) «Botu» (Vasiliy Yan) 24. Quyidagi misralar muallifi kim, she’rning vaznini aniqlang. Alisherga alla aytib uxlatgan Sen - ona, Og‘ushida Bobur kamolga yetgan Sen - ona. A) A. Muxtor; qo'shma vazn B) E. Vohidov; murakkab vazn C) Mirtemir; qo'shma vazn D) A. Oripov; sodda vazn 25. «Yatimat ad-dahr»da keltirilgan she’rlar qaysi janrga mansub? 1) qasida; 2) vasf; 3) hajv; 4) marsiya; 5) fard; 6) masnaviy; 7) qit’a; 8) g'azal; 9) mustazod; 10) urjuza;11) musaddas. A) 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10 B) 1, 2, 3, 5, 6, 8, 10 C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 11 D) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 10 26. Vilyam Shekspirning «Otello» tragediyasida ro‘y bergan fojia oqibatlari xabarini Venetsiyaga yetkazishni kim o‘z bo'yniga oladi? A) Montano B) Lodoviko C) Brabansio D) Gratsiona 27. Quyidagi misralardagi raviyni aniqlang. Alar chun aylagach sayr-u safolar, Esimg‘a tushdi yor-u oshnolar... A) safolar, oshnolar so'zlaridagi - r B) safolar, oshnolar so'zlaridagi - l C) safolar, oshnolar so‘zlaridagi - о D) sayr-u, yor-u so‘zlaridagi - r 28. Odamning odamligini ta’minlab turadigan asosiy qadriyatlar haqida dard bilan bitilgan oimas asar qaysi?
A) Ch. Aytmatov «Asrga tatigulik kun» B) Shekspir «Otello» C) Pushkin «Yevgeniy Onegin» D) Pushkin «Ruslan va Lyudmila» 29. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo‘nalishda bitilgan pyesa hisoblanadi? A) «Qiyshiq oyna» (Chexov) B) «Tubanlik kishilari» (Jek London) C) Maysaraning ishi» (Hamza) D) «Oltin buzoqcha» (Ilf va Petrov) 30. Erkin Vohidov qo‘shma vaznda yozgan she’rining nomi qaysi javobda keltirilgan? A) «Majnuntol» B) «Tong lavhasi» C) «O‘zbegim» D) «Kamtarlik haqida»
|
ma'muriyatiga murojaat qiling