Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
30-variant
1. Quyida keltirilgan matndagi fonetik o‘zgarishga uchragan so‘zlar sonini aniqlang. Do‘stning senga qanchalik muhabbati borligini bilmoqchi bo'lsang, uning eng yaxshi ko‘rgan narsasini so‘ra, shunda hamma narsa ayon bo‘ladi. Shu ikkalasidan keyin ham u qovog‘ini solmasa, bunday do‘stni boshga ko‘tarish, shirin jon bilan barobar tutish kerak. A) 6 B) 4 C) 3 D) 5 2. «Tinchlik buyuk ne’matdir», – ta’kidladi rais. Quyida berilganlardan ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarishlar to‘liq airatib ko’rsatilgan javobni belgilang. 1) ko’chirma gapning kesimi o’zlashtirma gap kesimiga aylanadi; 2) ko‘chirma gapli qo‘shma gap sodda gapga aylanadi; 3) ko‘chirma gapning egasi aniqlovchiga aylanadi; 4) muallif gapining kesimi o‘zlashtirma gap kesimi bo‘lib keladi. A) 3, 4 В) 1, 2 С) 1, 2, 3 D) 2, 3, 4 3. Adabiyotga oshno tutingan odam qalbiga noyob hislar ko‘chib o‘tishi aniqdir. Berilgan gapda moslashuvli tobe bog‘lanishlar sonini aniqlang. A) 2 B) 4 С) 1 D) 3 4. Yuragimda ko‘pdir alamli dardlar, Mening qizim – sening singling, nomardlar. Oizing ber, deb mening ko’nglim bo’lasan, Suyagimni yongan o’tga solasan. Ushbu parchada fonetik hodisaga uchragan nechta ot qatnashgan? A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta
5. Fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so‘z qo‘llangan maqolni aniqlang. A) Qarisi bor uyning parisi bor. B) O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir. C) Aybsiz do‘st axtargan do‘stsiz qolar. D) Qalovini topsang qor yonar. 6. Sifat va ravish yasovchi sifatida o‘zaro omonimlik xususiyatini namoyon qila oladigan qo'shimchalarni aniqlang. 1) -siz; 2) -lab; 3) -in; 4) -chak. A) 1, 3 В) 1, 2, 4 C) 2, 3, 4 D) 1, 2, 3, 4 7. Qaysi maqoldagi yasama sifat fonetik o‘zgarish asosida yozilgan? A) Nomardga yalinma, Bir baloga chalinma. B) Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so‘z jonni ilitar. C) Aqlsiz do'stga kular, Aqlli do‘stini suyar. D) Qarindoshingni yomonlab, Qaydan tug‘gan toparsan? 8. Ravish hollari faqat bir xil so‘z turkumi bilan ifodalangan gapni belgilang. A) G‘avvos apil-tapil o‘rnidan turdi va dod solib, arava orqasidan ergasha boshladi. B) Ona sekin eshikni ochib qaradi va berilib kitob o’qiyotgan bolasini ko’rib, xotirjam bo’ldi. C) Aravalar birin-ketin yura boshlagach, G‘avvos bir ilonni sekin Zavrakning tizzasiga qo‘ydi. D) Onasi qizchasiga mehr bilan, sekin tushuntira boshladi. 9. Qaysi javobda berilgan fe’llar ot so‘z turkumiga oid so‘z bilan omonim bo‘la oladi? A) qopmoq, turtmoq B) so‘qmoq, o‘smoq C) bormoq, chaqmoq D) ilmoq, quymoq 10. Qaysi javobda yuz so‘zining salbiy bo'yoq hammasidan kuchliroq bo‘lgan ma’nodoshi keltirilgan? A) nusxa B) turq C) aft D) bashara 11. Qaysi gapda yetakchi morfemasi jarangli undoshlar va unli(lar)dan tashkil topgan yasama ot qatnashgan? A) Aravakashga biroz yalinsang, ostonanggacha olib borib qo‘yadi. B) Sinfdoshlarimni sog‘insam, o‘sha suratga qarab qo‘yaman. C) O‘lchab bo‘lurmi sevgini zar bilan, tillo bilan? D) O‘smalar qo‘ysam, yarashar qoshimga, do'ppilar kiysam, yarashar boshimga. 12. Bu asar yozilgan paytlarda xalqimiz tarixini to‘la va atroflicha o‘rganish, o‘tmishda o‘tgan sarkardalar, amirlar va xonlar faoliyatiga xolis baho berish nihoyatda mushkul, xatarli ish edi. Berilgan gapda qaysi bo’laklar uyushgan? 1) kesim; 2) ega; 3) hol; 4) to’ldiruvchi; 5) aniqlovchi. A) 2, 4 B) 2, 3, 5 C) 1, 2, 3, 5 D) 1, 4, 5 13. U kelsa, oshnasini ko‘rmay ketmaydi. Ushbu gap haqida berilgan to‘g‘ri fikrni toping. A) Ushbu qo‘shma gapdagi sodda gaplarning kesimlarida har xil shaxs-son ma’nosi ifodalangan. B) Ushbu qo'shma gapdagi sodda gaplarda tasdiq ma’nosi ifodalangan. C) Ushbu qo‘shma gapdagi sodda gaplarning kesimlarida o'zaro bir xil mayl ma’nosi ifodalangan. D) Ushbu qo‘shma gapdagi sodda gaplarning kesimlari har xil nisbat shaklida qo‘llangan. 14. «Yoshlar kelajagimiz poydevoridir», - ta’kidladi otaxon.
Quyida berilganlardan ushbu ko'chirma gapli qo'shma gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodir bo‘ladigan grammatik o‘zgarishlar to‘liq ajratib ko‘rsatilgan javobni belgilang. 1) ko'chirma gapning kesimi tushirib qoldiriladi; 2) ko'chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchiga aylantiriladi; 3) muallif gapining egasi o'zlashtirma gap egasi bo’lib gap boshida keladi; 4) muallif gapining kesimi o‘zlashtirma gap kesimi bo’lib keladi.
A) 1,3,4 B) 1,2 C) 2,3,4 D) 2,3
15. Ustozlarimiz bizga ushbu buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishni, ularni e’zozlash, ularning ushalmagan orzularini amalga oshirishni har doim uqtirib kelishgan. Ushbu gapda ishtirok etgan gap bo‘laklari haqidagi qaysi fikr to‘g‘ri emas? A) Olmosh bilan ifodalangan qaratqich aniqlovchi vositasiz to‘ldiruvchiga tobelangan. B) Sifatdosh bilan ifodalangan sifatlovchi - aniqlovchi vositasiz to‘ldiruvchiga tobelangan. C) Olmosh bilan ifodalangan vositasiz to'ldiruvchi vositali to‘ldiruvchiga tobelangan. D) Sifat bilan ifodalangan sifatlovchi aniqlovchi vositali to‘ldiruvchiga tobelangan. 16. Quyida berilganlarning qaysilarida sinekdoxa usuli bilan ma’no ko'chishi mavjud? 1) Besh qo'lini og'ziga tiqmoq; 2) Besh qo‘l barobar emas; 3) Ko‘zlar, yuzlar boqar edi biz tomon; 4) Keling, mehmon, eshikka kiraylik. A) 1, 2 В) 1, 2, 3 С) 1, 2, 4 D) 1, 2, 3, 4 17. Issiq (quruq) shamol ma’nosini anglatuvchi geografik atama tarkibidagi hosil bo'lish o‘rniga ko‘ra farqlanuvchi belgiga ega undosh tovushga ta’rif bering. A) t: o’rniga ko’ra – til, usuliga ko’ra – portlovchi, ovoz va shovqinni ng ishtirokiga ko’ra – jarangsiz; B) g: o‘rniga ko‘ra - til, usuliga ko‘ra - portlovchi, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra - jarangli; C) h: o‘rniga ko‘ra - bo‘g‘iz, usuliga ko‘ra - sirg'aluvchi, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra - jarangsiz; D) m: o'rniga ko‘ra - lab, usuliga ko‘ra - portlovchi, ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra - jarangli; 18. O‘z vataningga muhabbatingni o‘z tilingga muhabbating bilan tasavvur qilasan. Ushbu gapdagi atash ma’nosiga ega ismlar guruhiga mansub so'zlar sonini aniqlang. A) 6 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 4 ta 19. Darhaqiqat, Navoiyni tushunish uchun millat tilining barcha shevalaridan xabardor bo’lmoq lozim. Ajratib ko'rsatilgan so‘zda ma’no ko'chishining qaysi turi kuzatiladi? A) metafora B) vazifadoshlik C) sinekdoxa D) metonimiya 20. Har ikkala qismi ham yasama, ham tovush o'zgarishiga uchragan so‘zlarning o‘zaro tobe aloqaga kirishishi qaysi gapda uchraydi? A) Vaqt o‘tgan sari odam yaxshilik, ezgulik kabi umr ishlariga tashna bo’lib yashaydi. B) Is’hoq birdaniga kecha bo’lib o’tgan voqeani esladi. C) Yaxshi kitob muallifning odamzod uchun atalgan tortig‘idir. D) Shuni bilki, yalqovlik muhtojlik eshigidir. 21. Quyidagi baytda qanday badiiy san’at qo‘llangan? Shahri zindonidin ozod o‘lub, Tog‘ni Shiriniga Farhod o‘lub. (Gulxaniy) A) tajnis B) irsoli masal C) talmeh D) ruju’ 22. Erlari, og‘a-inilari sha’niga ta’na toshlarini yog'dirgan xotin- xalajlar qaysi asarda uchraydi? A) Sayfi Saroyi «Guliston bit- turkiy» B) Chingiz Aytmatov «Asrga tatigulik kun» C) Halima Xudoyberdiyeva «Uyg‘on» so‘zin aytgach...» D) «Kul Tigin» bitiktoshi 23. Duoni tinglaydigan, suvni yo‘naltira oladigan deya «Avesto» asarida kimga ta’rif berilgan? A) Axura Mazda B) Mitra C) Sraosha
D) Rashnu 24. A. Qahhorning «Sarob» romanida Tolstoy vafoti munosabati bilan Abdulla To‘qayning sochma she’rini o‘qib bergan obraz qaysi? A) Salimxon B) Rahimjon C) Munisxon D) Is’hoq afandi 25. Qaysi qatorda Asqad Muxtorning “Chinor” romani qahramoni Akbarali haqidagi ma’lumot berilgan? A) U «yigitlik qasamidan kecha olgan, onasining vujudini kemirayotgan dardni pisand qilmagan»; «el- yurt oldida uzr so'ratmoqchi, diliga insof solmoqchi» bo'lgan otasi qo'lidan qochib, «ota diydoridan, ona mehridan, yor-birodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg‘in bo‘lib, olamdan o‘tadi». B) «... qasd qilib qo‘ydim: kecha- yu kunduz ishga sho‘ng‘ib ketay. Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘rsin. Mehnat! Mehnat! Mehnat! ... Shundagina bir kuni borib, xotinim bilan qizimning oyog‘iga bosh qo‘ysam, balki gunohimdan o'tishar» degan niyatda edi. C) U yordamga muhtoj insonning yoniga bormay, bir umrlik vijdon azobida qoladi, jasoratli o‘lim topgan insonning mardligi uning nomi bilan bog‘langanidan yanada azoblanib, xatosini «yana qo'rqoqlik» bilan tuzatmoqchi bo'ladi. D) Yaqinlariga begona bo‘lib qolgan bu qahramon «... ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi», chunki «ona tili qadim-qadim zamonlardayoq unutilib ketgan Shumer tili qatori tumanlar orasida qolib ketgandi». 26. Tariqatga kirgan odam tasavvufda qanday ataladi? A) pir, so‘fiy B) darvesh, murid, pir C) solik, darvesh D) pir, murshid 27. Ani nazm etki, tarhi toza bo‘lg‘ay, Ulusqa mayl beandoza bo‘lg‘ay. Navoiy «Xamsa»sidagi ushbu bayt aruzning qaysi vaznida yozilgan? A) sa’ri bahrida B) mutaqoribi musammani mahzuf (maqsur) C) hazaji musaddasi mahzuf (maqsur) D) hazaji musammani mahzuf (maqsur) 28. Qaysi asar qahramoni o‘z eri tomonidan “Hay, kim” deb chaqiriladi? A) Kumush («O‘tkan kunlar») B) Zaynab («O‘tkan kunlar») C) Zebi («Kecha va kunduz») D) Gulnor («Qutlug’ qon») 29. Oriq va semiz buqani (birov) tezagidan bilsa, birov semiz buqani oriq buqadan ajrata blmasligi haqidagi o‘y- fikrlar qaysi asardan olingan? A) «Zarbulmasal» B) «Avesto» C) «To‘nyuquq» D) «Qutadg‘u bilig» 30. Qaysi shoir o‘zining g‘azal shaklida yozilgan she’rida «g‘ayri tili», ya’ni xorijiy tillarni ona tilidek bilish «foida kondur», «ilm-u hunarlar ondin ayondur» deya buning kishi va jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini bashorat qiladi? A) Avaz O’tar B) Muhammadsharif So’fizoda D) Zavqiy
Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling