Ona tili va adabiyot
Unda baxt ko'radi tubanlik, xo'rlik»
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
Unda baxt ko'radi tubanlik, xo'rlik».
Vatanda turib, vatansiz yurgan xalq sezimlari boricha ko'rsatilgan ushbu satrlar kimga tegishli? A) A. Pushkinga B) V. Shekspirga C) H.Haynega D) M.Gorkiyga 26. Qaysi qatorda Asqad Muxtorning «Chinor» romani qahramoni Akbarali haqidagi ma’lumot berilgan? A) U «yigitlik qasamidan kecha olgan, onasining vujudini kemirayotgan dardni pisand qilmagan»; «el- yurt oldida uzr so‘ratmoqchi, diliga insof solmoqchi» bo‘lgan otasi qo‘lidan qochib, «ota diydoridan, ona mehridan, yor- birodarlari davrasidan olisda, chaqirsa ovoz yetadigan joyda quvg‘in bo'lib, olamdan o‘tadi». B) «... qasd qilib qo‘ydim: kecha-yu kunduz ishga sho‘ng‘ib ketay. Toki odamlar meni ko‘rmasin, faqat mehnatimni ko‘rsin. Mehnat! Mehnat! Mehnat! ... Shundagina bir kuni borib, xotinim bilan qizimning oyog‘iga bosh qo'ysam, balki gunohimdan o‘tishar» degan niyatda edi. C) U yordamga muhtoj insonning yoniga bormay, bir umrlik vijdon azobida qoladi, jasoratli o‘lim topgan insonning mardligi uning nomi bilan bog’langanidan yanada azoblanib, xatosini «yana qo'rqoqlik» bilan tuzatmoqchi bo‘ladi. D) Yaqinlariga begona boiib qolgan bu qahramon “... ukalariga, singillariga nima deyishni bilmasdi», chunki «ona tili qadim-qadim zamonlardayoq unitilib ketgan Shumer tili qatori tumanlar orasida qolib ketgandi”. 27. Qaysi javobda Sergey Yeseninning «Bu dunyoda men bir yo‘lovchi» she’ri haqidagi to‘g‘ri fikr keltirilgan? A) She’r satrlaridagi «choyxona», «choy», «tong yuzli dildor», «shohi ro‘mol», «ohu ko‘z», «lolagun» so‘z- timsollari Sharqni eslatib turadi. B) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning o‘ziga xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini ta’minlagan. C) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan. D) She’rda sof insoniy sevgi- muhabbat haqida so‘z ochilib, u Vatanga mehr-muhabbat tuyg‘usini ulugiash bilan yakun topadi. 28. «Yurtimga farzandim ega bo‘ldi, deb Xaloyiqni xabar qilib yig‘dirdi, Qancha so‘qim, qancha qo‘yni so‘ydirdi. Necha yoqdan endi o‘choq o'ydirdi...» Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramon otasining el-u xalqqa to‘y berishi tasvirlangan? A) Alpomishning B) Kuntug‘mishning C) Rustamxonning D) Ravshanning 29. Haynrix Haynening 30 ta davlatchaga bo‘linib yashayotgan Germaniyaning nochor siyosiy-iqtisodiy ahvolini achinib yozgan ocherklaridan iborat asarini belgilang. A) «Qullar kemasi» B) «E’tirof» C) «Yo‘l lavhalari» D) “Germaniya. Qish ertagi” 30. Quyidagi baytda qo'llangan o‘xshatish san’ati vositasi to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni toping. Ayo, bo'yi sanubar, chehrasi oy, Quyosh yanglig’ jamoling olamaroy. A) bo‘yi sanubar B) chehrasi oy C) yanglig’ D) quyosh, chehra
|
ma'muriyatiga murojaat qiling