Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
24-variant
1. Nechta jarangsiz sirg‘aluvchi til oldi undoshining jarangli jufti bor? A) 7 ta B) 2 ta C) 8 ta D) 3 ta 2. Qaysi gapda bir umumiy ma’noni ifodalovchi so‘zlar qatnashgan? A) O‘zbek xalqi ichidan o‘nlab donolar yetishib chiqqan. B) Uning quvnoq chehrasi suv betida qizga yanada yoqimli ko‘rindi. C) Hech bo'lmagandan ko‘ra kech boigani yaxshi. D) Qizaloq och qolganidan hech gap ochmadi. 3. Qaysi so‘zlarning ikkinchi bo‘g‘inida u yoziladi? 1) tush..nmoq; 2) tug‘..lmoq; 3) qur..lmoq; 4) tush..rmoq; 5) yug..rmoq. A) 1, 2, 3, 4, 5 В) 1, 4, 5 С) 1, 3, 4, 5 D) 1, 5 4. So‘z yasalish jarayonida asos qismning tovush tarkibida o'zgarish sodir qiladigan fe’l yasovchi qo'shimchalar qatorini aniqlang. A) -a, -la, -ay, -illa B) -a, -la, -i, -q, -qi C) -a, -la, -ay, -i, -illa D) -a, -la, -ay, -ar 5. 1) bardam; 2) savdo; 3) uy; 4) tom; 5) quv; 6) dars. Ushbu so'zlar qatoridan ham ko‘p ma’nolilik, ham shakldoshlik xususiyatiga ega bo‘lgan so'zlar to‘liq ajratib ko‘rsatilgan javobni aniqlang. A) 2, 3, 4, 5 В) 1, 2, 3, 4, 5 C) 3, 4 D) 3, 4, 5, 6 6. Quyida berilgan nechta so‘zda portlovchi undosh o‘rnida sirg‘aluvchi undosh so‘z ma’nosini farqlab, paronim juftlikni yuzaga keltiradi? nufus, qarz, sop, yonilg‘i, siqim, yaroqli, abzal, xol A) 3 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 4 ta
7. Qaysi gap tarkibida o‘z paronimi bilan o'zaro bir turkumga mansub bo‘la oladigan tub so‘z qatnashgan? A) Tongda ruhsiz ko‘z ochaman, Qovunlar tanda jon. B) Suvdan chiqqan pahlavonday adil teraklar bo‘y rostlab turardi. C) Olimlar yaqin vaqtlarga qadar kosmik bo‘shliqni o'rganishni faqat orzu qila olar edilar. D) Onalik xotin-qizlarning eng muqaddas burchi sanaladi. 8. Qaysi gap tarkibida fe’l yasovchi qo’shimcha bilan omonim bo’la oladigan fe’llarning munosabat’shakli qatnashmagan? A) Uning sovuqdan lablari ko‘karib ketgan. B) Farovonlik istasang, baxtli bo‘lganingda ham do‘st- yor orttir. C) O‘sha paytlar u Toshkentda yashardi. D) Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar. 9. Havoda ananas hidi aralash yong'oq xazonlarining o‘tkir hidi gurkiradi. Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zda ma’no ko'chishining qaysi turi mavjud? A) metonimiya B) vazifadoshlik C) metafora D) sinekdoxa 10. Hamkasblari orasida obro‘yi baland, shuning uchun hamma uning so‘zlarini diqqat bilan tingladi. Ushbu gapda tagiga chizilgan yasama so‘zning bir qismini quyidagi qaysi gapda qatnashgan so‘z yasovchi bilan almashtirish mumkin? A) Inson tabiatning eng birinchi himoyachisi bo‘lmog‘i lozim B) Sersuv olmadan yeb uxlash asablar uchun foydali. C) Birdan eshik sharaqlab ochilib, suhbatdoshlar jim bo‘lishdi D) Taqdirning sanoqsiz qiyinchiliklariga bardosh berganman. 11. Qaysi gapda ma’nosi metonimiya usulida ko‘chgan so‘z o‘rin holi vazifasida kelgan? A) Orzu kemalari xavol dengizi tomon yo’l oldi. B) O’lkamizda tun o’z o’rnini tongga bo’shatib berdi. C) Yakshanba kuni «Bobur»ga aylangani bormoqchimiz. D) Men «Gulliverning sayohatlari»ga juda qiziqib qoldim.
12. Jarangli jufti mavjud bo'lgan til oldi jarangsiz undoshlarni aniqlang. A) t, s, ch, sh B) z, j, d C) k, t, s, ch D) t, p, s 13. Qaysi javobda tushum kelishigining ikki o'rinda belgili qo‘llanishi uchraydi? A) Quyosh yuzung ko‘rub yerga yiqildi, Adoqing tufrog‘ini surma qildi. B) Ko‘rgali husnungni zor-u mubtalo bo‘ldum sanga, Ne balolig’ kun edikim, oshno bo‘ldum sanga. C) Jonim chiqadur dard ila, jononima ayting, Men xasta gado holini sultonima ayting. D) Lozim siza har tilni biluv ona tilidek, Bilmakka oni g‘ayrat eting, foida kondir. 14. Shovqinlilar guruhiga kiruvchi sirg‘aluvchi undoshlar soni nechta? A) 7 ta B) 8 ta
C) 9 ta D) 10 ta 15. 1) ikki; 2) uch; 3) to‘rt; 4) besh; 5) olti; 6) sakkiz. Berilgan sonlarning qaysi birida faqat yuqori tor unlilar ishtirok etgan? A) 1, 2 B) 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 1, 5, 6 16. Qiziq, inson umri shunaqa tez o’tarkanmi! Kechagina emasmidi, shu ko’chada qo’shni qizchalar bilan sopalak o'ynaganmiz! Ushbu gapda tovush o'zgarishlarining soni va turi to‘g‘ri ko'rsatilgan javobni toping. A) 1 ta tovush ortishi, 1 ta tovush tushishi B) 2 ta tovush tushishi C) 1 ta tovush ortishi D) 3 ta tovush tushishi, 1 ta tovush ortishi 17. Asosida ikkita jarangli undosh o‘rtasida keng unli qatnashgan yasama so'zni aniqlang. A) gulbeor B) qarmoq C) borliq D) chopqir
18. Qaysi so‘z birikmasidagi tobe so‘zda urg‘u oxirgi bo‘g‘inga tushgan? A) kundek ravshan B) toza charchamoq C) o‘nta kitob D) tarqatma material 19. Qaysi javobda o‘z paronimi bilan o'zaro bir xil so‘z turkumiga mansub bo‘la oladigan so‘z berilgan? A) xiyla B) a’yon C) sud D) abzal 20. Fonetik o'zgarishi bilan yozilgan so‘z maqsad holi vazifasini bajargan gapni aniqlang. A) Uni qasddan odam o‘ldirishda ayblashayotgan ekan.
B) Elchi hozir o‘z podshohining amrini bajarish uchun tilyog’lamalik qilardi. C) O’ynang, qizlar, o’ynang, ko’rgani keldik. D) Tarixing bitmakka, xalqim, mingta Firdavsiy kerak. 21. Xalq dostonlari qahramonlaridan qaysi biriga «Kelganboy» deb murojaat qilinadi? A) Boysariga B) Ravshanga C) Rustamxonga D) Kuntug'mishga 22. Qaysi ijodkor Akmal taxallusi bilan ijod qilgan? A) Maxmur B) Mulla Shermuhammad C) Zavqiy D) Feruz 23. Hayot hodisalarini badiiy qamrash ko'lami nuqtayi nazaridan roman, epik doston epik janrning qaysi shakliga mansub? A) kichik epik janr B) o‘rta va katta, epik janr C) katta epik janr D) o‘rta epik janr 24. Sipehri husn ichinda moh, sen-sen, Zamona xo‘blarig‘a shoh, sen-sen. Ushbu misralarda qaysi she’riy san’at qo'llangan? A) tajnis B) tazod C) talmeh D) tashbeh 25. «Sohibqiron» she’riy dramasida madrasaga bekingan Amir Husaynni hokim Kayxusrav qanday tanib qoladi? A) etigining tovushidan B) cho’qqi soqolidan C) yo’tal ovozidan D) zarbof to’nidan 26. Olti oykim, ruhim shunday uchmish tanadan, Olti oykim, meni xayol ezar beomon. Olti oykim, allakimlar pana- panadan Tosh otadi darvozasiz qalbimga tomon. Ushbu she’riy parcha muallifini aniqlang. A) Abdulla Oripov («Sarob») B) Muhammad Yusuf («Yangi yil kechasi») C) Erkin Vohidov («Dangasalar») D) To‘ra Sulaymon («Armon») 27. Berilgan qaysi ma’lumot Bobur ijodiga tegishli? A) Farobiyning «Mahbub ul- qulub» asarini tarjima qilgan.
B) Shoir aruz haqida «Muxtasar» nomli asar yozgan. C) «Risola» asarida Navoiy va Jomiyga yuksak ta’riflar bergan. D) Ijodkor «Gap ta’rifida» nomli etnografik asar yozgan. 28. «Abulfayzxon» tragediyasida «qora yurakli boyqush» deya xayol tomonidan qaysi personajga ta’rif berilgan? A) Abulfayzxon B) Ulfat C) taxt
D) Rahimbiy 29. Qaysi asarda o‘z raqibini na’ra tortib behush qilish holati uchraydi? A) «Sabba’yi sayyor» dostonida B) «Ruhlar isyonbda C) «Tunyuquq» bitigida D) «Rustamxon» dostonida 30. Netgayman ul rafiq bilakim, qilur base, Mehr-u vafo raqibg‘a, jabr-u jafo manga. (Bobur) Ushbu baytda qo'llangan she’riy san’atni toping. A) tazod B) tashbeh C) intoq D) tashxis
|
ma'muriyatiga murojaat qiling