Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
29-variant
1. Ustozlarimiz bizga buyuk ajdodlarimiz bilan faxrlanishni, ularni e’zozlashni har doim o‘rgatib kelishgan. Ushbu gapdagi boshqaruv usuli bilan birikkan so‘z birikmalaridagi hokim so‘zlar qanday gap bo‘laklari vazifasida kelgan? A) kesim, vositasiz to‘ldiruvchi B) vositali to'ldiruvchi, kesim C) vositali to‘ldiruvchi, vositasiz to'ldiruvchi D) vositasiz to'ldiruvchi, hol 2. Havola bo'lakli qo‘shma gap berilmagan qatorni toping.
A) Kim jumlani buzib gapirsa, uning fikri ham chalkash bo‘ladi. B) O‘z-o‘zidan ma’lumki, u sendan ayrilishni istamaydi. C) Ki har kim ayon etsa yaxshi qiliq, yetar yaxshilikdan anga yaxshiliq. D) Er boshiga ish tushsa, etik bilan suv kechar. 3. Ikki o’rinda paronim bilan bog’liq xatolk mavjud bo’lgan gap(lar)ni aniqlang. 1) Unga ming bir mushkul dardning A’yon bo‘lib da’vosi, Bora-bora odamlarning Ortaverdi ixlosi. 2) Fildek zo‘r bo‘lsang-u she’rdek urishqoq, Nazdimda, jangdan sulh ming bor abzalroq. 3) Xira ko‘zlar bilan sur’atga boqdi, U hamon o‘shanday, sukutda hamon. A) 1 B) 3 C) 2, 3 D) 1, 2 4. Qaysi maqoldagi so‘zlar tarkibida chuqur til orqa undoshlari ishtirok etmagan? A) Aybsiz do‘st axtargan do‘stsiz qolar. B) Maqtanma g‘oz, hunaring oz! C) O‘ylamay qilingan ish, Boshga keltirar tashvish. D) Sinamagan otning sirtidan o’tma! 5. Faqat talaffuzda bir tovush ortadigan tor va keng unli qator kelgan so'zlar qaysi javobda berilgan? A) doim, ilm, saodat B) tabiat, shariat, shior C) soat, muallim, muomala D) parvoyi, mavqeyi, obro‘yi 6. Qaysi javobda bog‘lovchi, ko‘makchi, yuklamalarga ikkitadan misol keltirilgan? A) ammo, hatto, sayin, ya’ni, tufayli, uzra B) sari, hatto, qadar, lekin, tufayli, uzra C) va, basharti, qadar, chunki, hatto, faqat D) biroq, chunki, faqat, naq, uchun, kabi 7. Islohotlarning taqdiri va samarasi, birinchi navbatda, kadrlarning saviyasiga, ularning zamon va taraqqiyot talablariga nechog'liq javob berishiga bog‘liq. Berilgan gapdagi moslashuvli bog'lanishlar soni nechta? A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 10 ta 8. Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda imloviy xatolikka yo‘l qo‘yilgan? A) nomoyon, shoffof, tamosha B) hasharot, muomila, tajovuzkor C) torozi, tofovut, sazovor D) mobodo, lavozim, tobora 9. Qaysi gapda vazifadosh bog‘lovchi qo'shma gap qismlarini bog’lamagan? A) Qaraysan, yiroqda bir yo’lchi tanho, Na ortga burilar, na chiqar sasi. B) Na men senga ishq izhor etdim, Na sen menga mayl etding oshkor. C) Na oltin, na javohir edim... Armonli bir shoir edim. D) Na so‘zlarida ma’no bor, na ishlarida hayo bor. 10. Adolatparvarlik so'zidagi undosh tovushlar haqidagi to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Hosil bo‘lish o‘rniga ko‘ra bir umumiy guruhga mansub bo‘lgan jarangli undoshlar 5 o‘rinda qatnashgan. B) Hosil bo'lish usuliga ko‘ra bir umumiy guruhga mansub undoshlar 3 o'rinda qatnashgan. C) Jarangli juftiga ega boigan 2 ta undosh qatnashgan. D) Til oldi jarangli undoshlar 6 o‘rinda qatnashgan. 11. Bobolarning buyuk ishlarini ijodiy rivojlantira olsang, sen baxtlisan. Ushbu gapdagi ismlar guruhiga kirmaydigan so‘zlar tarkibida nechta ko'makchi morfema qatnashgan? A) 5 ta B) 4 ta C) 9 ta D) 6 ta
12. Qaysi javobda paronimi mavjud bo‘lgan ot berilgan? A) xiyla B) podshoh C) afzal D) tup
13. Qaysi javobda fonetik o‘zgarish asosida yozilgan so'zlar to‘g’ri ko'rsatilgan? 1) angla; 2) og’gach; 3) yig’la; 4) bitta; 5) sog’gan; 6) pedagogga; 7) chohga; 8) boqquncha. A) 1, 3, 4, 8 B) 1, 2, 3, 4, 7 C) 1, 3, 4, 5, 7, 8 D) 1, 2, 3, 7 14. Qaysi gapda fe’llarning munosabat shakli bilan omonim bo‘la oladigan nisbat qo‘shimchasi qatnashgan? A) «Daraxtni yer ko‘kartiradi, odamni - el», - deydi dono xalqimiz. B) Kechikib ekilgan g‘alla ham, chigit ham, keyin berilgan ishlovlarga qaramay, yaxshi unmadi. C) Ko‘z ochgani qo'ymaydi alam, Boshim qo‘ysam kuydirar bolish. D) U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho‘lga suv chiqaribdi. 15. Quyidagi qaysi birliklar imloviy jihatdan noto‘g‘ri yozilgan? 1) «Sharq» nashriyot-matba konserni; 2) Jahon tinchlik Kengashi; 3) Yozuvchilar uyushmasining raisi; 4) Ko‘kdumaloq kompressor stansiyasi. A) 1, 3 В) 1, 2, 4 C) 4
16. Qaysi gapda uyushiq nomustaqil hol qatnashgan? A) Xalqimiz uchun, Vatanimiz uchun g‘ayrat bilan mehnat qilish har bir yurtdoshimizning muqaddas burchidir. B) Zor qishloq ko'chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bog’larida ko’klam namoyishi kezadi. C) Adib mustaqillik yillarida shahar va qishloqlarimizda ro‘y bergan o‘zgarishlarni hayajonlanib tasvirladi. D) Shu kuni kechqurun, daladan qaytishda, unga hamroh bo'lishimni iltimos qildi. 17. Munosabat qo'shimchasi qo‘shilishi natijasida tovush o‘zgarishiga uchragan yasama so‘z qaysi gapda ega vazifasida kelgan? A) «Daryo» kechuviga yetay deganimizda haydovchi mashinani to‘xtatdi. B) Momaqaldiroq tingan, ahyon- ahyonda chaqmoq arqoni simobrang bulutlar ichidan otilib chiqardi. C) Tashqarida shamol qo‘zg‘alib, deraza qanotlari tez- tez ochilib- yopilardi. D) Qayerdandir bolalarning shodon qichqirig‘i eshitildi. 18. Qaysi javobda paronim bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) O‘tgan asrning so‘nggi kuzi Qorabuloqqa ochiq chehra bilan keldi. B) Derazamning oldida bir tup o‘rik oppoq bo‘lib gulladi. C) Fildek zo‘r bo‘lsang-u she’rdek urishqoq, Nazdimda, jangdan sulh ming bor afzalroq. D) Davron bir necha bor dushman iskanjasiga tushgan, biroq hiyla-yu hunar ishlatib, g‘olib chiqqan. 19. Egalik qo'shimchasi qo‘shilganda barcha so‘zlarda fonetik o’zgarish yuz beradigan qatorni aniqlang. A) ko’ngil, bu, o’rtoq B) quloq, nok, qulun C) huquq, shahar, ikki D) singil, oxir, orzu 20. Qaysi qatorda sinonim so'zlar xato berilgan? A) dastur-reja B) nasim-yel C) xor-zor
D) et-go‘sht 21. Jahonning mashhur tragiki Vilyam Shekspirning «Otello» fojiasida quyidagi so‘zlar qaysi qahramon tilidan aytilgan? «О, muhabbat, haqoratga bo‘lmish masxara!» A) Emiliya
B) Otello C) Dezdemona D) Kassio 22. Berilgan qaysi ma’lumot Bobur ijodiga tegishli? A) Farobiyning «Mahbub ul- qulub» asarini tarjima qilgan. B) Shoir aruz haqida «Muxtasar» nomli asar yozgan. C) «Risola» asarida Navoiy va Jomiyga yuksak ta’riflar bergan. D) Ijodkor «Gap ta’rifida» nomli etnografik asar yozgan.
23. «Odam bolasi tug‘ilgan paytda pokiza bo‘ladi-ku. Uning umrbod shunaqa pokiza bo‘lib qolishi sizga, menga, hammaga bog‘liq emasmi?» «Bahor qaytmaydi» qissasida ushbu insonsevarlik ruhida aytilgan so'zlar qaysi adabiy qahramonga tegishli? A) Anvar B) Mutal C) Kabir D) Alimardon 24. Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida Gulliverning liliput tilida o’rgangan dastlabki jumlasi qanday ma’noni ifodalar edi? A) Odamlar hur yashasini B) liliputlarga dushman emasligi C) ovqat so‘rash istagi D) ozod etishlarini so‘rash istagi 25. «Yelvizak» hajviy romani muallifi kim? A) N. Aminov B) A. Qahhor C) A. Nesin D) A.P. Chexov 26. «Uch qushcha, hur qo‘shig‘im bo‘lib! Shudir sendan so‘nggi tilagim. Tanim qolsin bunda (Tan nima?) Ona yurtga borsin yuragim...» deya qamoqxonaning tikanli simiga kelib qo'ngan erkin qushchaga murojaat qilib yozgan shoir nomini aniqlang. A) Mirtemir B) Musa Jalil C) Fitrat D) Usmon Nosir 27. Ishq unga favqulodda iste’dod, tug‘ma qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi o‘laroq ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi, Shoh aytganidek: «Jahonda qolmadi ul yetmagan ilm, Bilib tahqiqini kasb etmagan ilm». Ushbu ma’lumotlar Navoiy «Xamsa»sidagi qaysi qahramon haqida? A) Shirin B) Majnun
C) Layli D) Farhod 28. She’riyatga qarata “Qaroli bo’lmading zo’ravonlaring” deb yozgan ijodokrni aniqlang. A) S.Zunnunova B) U.Nosir C) R.Hamzatov D) Cho’lpon 29. Alisher Navoiy «Xamsa»siga kiruvchi ikkinchi doston qahramoni haqidagi ma’lumot berilgan? A) U suv va quruqlikda zulmni o‘ziga kasb qilib olgan edi Shavkatidan unda na do'st, na o‘rtoq bor edi, yolg‘iz o‘zi yo‘lto‘sarlik qilar edi. B) Ishq dardiga mubtalo bo‘lgan asar qahramonini otasi bu darddan xalos etish niyatida uni Ka’baga olib boradi. C) Asar qahramoni to‘y taraddudida dengizdan yo‘lga chiqadi va hiyla domiga bandi boiadi, jasorati, mardligi tufavli omon qoladi. D) Ishq unga favqulodda iste’dod, tug'ma qobiliyat ato etgan edi. Buning natijasi o'laroq ta’limning dastlabki uch oyida butkul savod chiqardi, bir yilda Qur’oni karimni yod oldi. 30. Quyida berilgan baytda sayyora, fazo, dunyo, koinot; sahro, karvon, sarbon so‘zlari vositasida qaysi badiiy san’at turidan foydalanilgan? Sobit o‘z ma’vosida, sayyor fazo dunyosida, Koinot sahrosida karvon o‘zing, sarbon o‘zing. A) tanosub B) tajnis C) iyhom D) tazod
|
ma'muriyatiga murojaat qiling