Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Raqibni bu qadar jasoratda korgan
A) 4 B) 2 C) 5 D) 3
13. Quyida keltirilgan gapdagi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalardagi portlovchi undoshlar sonini aniqlang. Yoqimli yoz shabadasi endigina qad ko‘tarib kelayotgan yosh nihollarni silkitardi. A) 8 ta B) 6 ta C) 5 ta D) 7 ta 14. Qaysi gapda noto‘g‘ri yozilgan so‘z ishtirok etgan? A) Boshliqlar bu mushkul muammoni yechishdi. B) Erkin yettiga yetdi. C) Umr o‘tib borayapti. D) Tursun tomda tursin. 15. Lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimcha ta’sirida asos fonetik o‘zgarishga uchragan so‘z mavjud bo‘lgan gapni aniqlang. A) Bir umr shu xonadonga o‘rnashib olishga harakat qildi.
B) Endi qayrilish bilmasin bu qanot. C) Dor qurilgan maydonda bolalar arqonlarga osilib o‘ynashmoqda. D) Ota olov va suv girdobidan ozodlik maydoniga chiqa oladigan o‘g‘li borligidan faxrlanadi. 16. Qishlog‘imiz ko‘hna, bir etagida Osmonga tutashgan dasht edi. Polizkapa qurib, kechalar tomda Yulduz sanab yotish ajib gasht edi. Berilgan parchadagi tovush o'zgarishiga uchragan so‘zlar qanday gap bo‘lagi vazifasida kelganini aniqlang. A) ega, hol B) ega, hol, hol C) hol, hol D) ega
17. Tojikning oti Tursun bo’lsa, o‘zbekning oti G‘ulom bo‘lsa, uning tojikligi-yu mening o‘zbekligim qayoqqa borar edi? Berilgan parchadagi fonetik hodisa asosida yozilgan so‘zlar haqida berilgan to‘g‘ri fikrni belgilang. A) Fonetik hodisalar faqat yasama so'zlar tarkibida kuzatilgan. B) Fonetik hodisalar shakl yasovchi va so‘z yasovchi qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan. C) Tovush almashishi lug‘aviy shakl yasovchi qo‘shimchalar ta’sirida ro‘y bergan. D) Tovush tushishi olmosh tarkibida kuzatilgan. 18. Qaysi gap tarkibida o‘z paronimi bilan turli turkumga mansub bo‘la oladigan so‘z qatnashgan? A) Zaruriy muolajalar qilingandan keyin bemorning sog‘lig‘i xiyla yaxshilandi. B) Xira ko‘zlar bilan suratga boqdi, U hamon o‘shanday, sukutda hamon. C) Xalq ganjin yulmoqqa cho‘zilgan qo‘lga Biz alvon guldasta tutibmiz faqat. D) Shoh bolasiga - yurt va sipoh, darvesh bolasiga masjid-u xonaqoh kerak. 19. Metonimiya asosida ma’no ko‘chishi ro‘y bergan gapni aniqlang. A) Guruhimiz o’quvchilari birlashishi uchun ularga bir bosh kerak bo‘ldi. B) Bola onasining oldiga tushib, pildirab ketdi. C) «Semurg’», «So‘g‘diyona»ni qabul qilib, raqiblar darvozasiga ketma-ket beshta to‘p kiritishga muvaffaq bo'ldi.
D) Navbatim anavi sariq sochdan keyin. 20. Qaysi javobda keltirilgan gapdagi sifatdan yasalgan yasama fe’l asosida faqat til orqa undoshlari qatnashgan? A) Ish doirasi toraydi. B) Uning gapi og'zida qolib, ko'zlari xiyol kengaydi. C) Kuz kelib, kunlar qisqardi. D) Yo‘lchi quyosh va dala shamoli bilan bir oz qoraygan. 21. «Yatimat ad-dahr» asarida aytilishicha, odam uchun eng yaxshi xursandchilik nima? 1) o‘z qo‘li bilan ekkan daraxt mevalarini yeyish; 2) insonlardan maqtov eshitish; 3) yozgan she’rining kuylanganini eshitish; 4) orzulariga erishish; 5) sevgan farzandlari uning xizmatida turganini ko'rish. A) 1, 3, 5 B) 1, 2, 5 C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 4, 5 22. Pushkinning “Boris Godunov” asari qaysi janrda yozilgan? A) tragediya B) roman C) drama D) poema 23. “Bu yerrda yigirmaga yaqin hammol o‘tirardi ... diqqat bilan tikilib, hech birining oyog'ida etik ko'rmadi: kimda poxol tiqilgan yaramas kavush yoki tushib qolmasin uchun kanop bilan oyoqqa chandib bog‘langan eski kalish, yo shunga o‘xshash bir narsa. Ba’zilar esa oyoqlarini churuk lattalar bilan o'raganlar”. Hammollarning ayanchli ahvolini aks ettirgan ushbu parcha qaysi asardan olingan? A) «Ufq» (Said Ahmad) B) «Kecha va kunduz» (Cho'lpon) C) «Qutlug’ qon» (Oybek) D) «Chinor» (Asqad Muxtor) 24. Bizga hozircha Turdi Farog‘iyning qancha she’ri ma’lum? A) 18 ta: 5 ta muxammas, 12 ta g'azal va bitta qit’a B) 18 ta: 5 ta musaddas, 12 ta g‘azal va bitta fard C) 18 ta: 5 ta muxammas, 12 ta g'azal va bitta fard D) 18 ta: 5 ta muxammas, 12 ta g'azal va bitta ruboiy 25. Qaysi javobda nomi keltirilgan asar nemis adabiyotining yirik vakili Haynrix Haynening majoziy asari hisoblanadi? A) «Atta Troll» B) «Germaniya. Qish ertagi» C) «Qutlar kemasi» D) “Romansero” 26. Italyan ertakchisi Janni Rodarining «Uchtadan oxiri bor ertaklar» turkumiga kirmagan ertagini aniqlang. A) «Qutbdagi gunafsha» B) «Sehrli nog‘ora» C) «Ayyor Buratino» D) «Sahrodagi uy» 27. Agar sen bo'lmasang guldek chamanda, Kishi netkay o‘shal baytul hazanda. Ushbu baytda tagiga chizilgan so‘z mumtoz adabiyotda qanday ma’no anglatadi? A) g‘am uyi B) olimlar uyi C) ishq uyi D) sabr uyi 28. “Raqibni bu qadar jasoratda ko'rgan Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling