Ona tili va adabiyot
B) ko’rsatish, kishilik, bo’lishsizlik, belgilash
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
B) ko’rsatish, kishilik, bo’lishsizlik, belgilash
C) ko’rsatish, bo’lishsizlik, belgilash D) ko‘rsatish, kishilik, bo‘lishsizlik, gumon, belgilash 12. Afsuski o‘zlarining bo‘lar - bo‘lmas gaplari mahmadonaliklari bilan kishilarning asabiga tegadigan va ularning sog‘lig‘ini qimmatli vaqtlarini o‘g‘irlaydiganlar hali ham kam emas. Tushirib qoldirilgan vergullar soni va qo'yilish sabablarini ko'rsating. A) 2 o‘rinda kirish so‘zlarni, 1 o‘rinda uyushiq vositali to‘ldiruvchilarni, 1 o‘rinda uyushiq vositasiz to'ldiruvchilarni ajratish uchun qo'yiladi B) 1 o‘rinda kirish so‘zni, 1 o'rinda uyushiq vositali to‘ldiruvchilarni, 1 o'rinda uyushiq vositasiz to'ldiruvchilarni ajratish uchun qo'yiladi C) 3 o‘rinda kirish so‘zlarni, 1 o‘rinda uyushiq vositali to‘ldiruvchilarni ajratish uchun qo'yiladi D) 1 o‘rinda kirish so‘zni, 2 o‘rinda uyushiq vositasiz to‘ldiruvchilarni ajratish uchun qo‘yiladi 13. Til bilgan - el biladi. Ushbu maqoldagi barcha unli fonemalar qanday xususiyatiga ko‘ra birlashtiruvchi belgiga ega? 1) og‘izning ochilish darajasiga ko’ra; 2) labning ishtirokiga ko’ra; 3) lablangan-lablanmaganligiga ko‘ra (til oldi yoki til orqa unlisi ekanligiga ko‘ra). A) 1,3 В) 1 C) 2, 3 D) 1, 2 14. tor, bosh, zor, bos, boy, bot, bo‘g‘. Berilgan so‘zlardan nechtasi tarkibidagi unli o‘rniga o'rta keng unlini almashtirib, yangi ma’noli so‘z hosil qilish mumkin? A) 5
В) 3 C) 4 D) 6 15. Paronim so‘zlar berilmagan qatorni toping. A) xush-hush, rovon-ravon, yondosh-yondash B) ko‘ynak-ko‘ylak, gazlama- gazmol C) chinni-chini, qurt-qurut D) bod-bot, hakam-hakim 16. Qaysi gapda unlilarning o‘rni almashinishi bilan bog‘liq xatoga yo‘l qo‘yilgan?
A) O‘zbekistonning hayvonot va o‘simliklar dunyosi juda boy. B) Qozi o‘z hukmini ommaga havola etdi. C) Bu boradagi bilimlarim uch-to‘rt ma’lumot bilan chegaralanadi xalos. D) Qisqa muddat ichida sanoat rivojlangan mamlakatga aylandi. 17. Xursand so‘zining sinonimi turg‘un birikma orqali ifodalangan gapni aniqlang. A) Oyog‘idagi tuflisining ohori to‘kilibroq qolgan ekan. B) Birovning dilini siyoh qilmaydigan kun ham bo’larmikan? C) Abrorjon og’zi qulog’iga yetib, uydan otilib chiqdi. D) Bu xabarni eshitib, Azimjonning tepa sochi tikka bo‘ldi. 18. Qaysi gap tarkibida fe’lning munosabat shakli vazifasida qo‘llangan ko‘makchi morfema sonor undosh tovush bilan ifodalangan? A) Otangning bolasi bo‘lma, odamning bolasi bo‘l. B) Nima qilay, o‘rgilay, aytsam, tilim kuyadi, aytmasam - dilim. C) Kimki buni tushunmabdi, u katta xatoga yo‘l qo'yadi. D) Bir tishlam non gadosi bo‘lib, birovning eshigiga borgan vaqtlari bo‘ldi. 19. Vazifasi jihatdan bir turga mansub bo'lmagan ko‘makchi morfema ketma-ket qo‘shilgan so‘zni aniqlang. A) sinfimdan B) uyqusirab C) atama D) chidamli 20. - Men ko‘rganman osmonlarning tinig'ini, Toshlar tegdi, terib oldim sinig‘ini. Beshikdagi go'daklarga tig‘ sanchdilar, Shunda bildim mardlaringning qilig'ini. She’riy parchadagi fonetik o'zgarishga uchragan so'zlarning sonini aniqlang? A) 6
B) 5
C) 3 D) 4
21. Qaysi shoir ijodida o’zbek xalqining yig‘ma obrazi:
«Sonsiz egatlarga sothilmish, ana, Mening orzularim, mening o'ylarim» tarzida umumlashtirilgan? A) Cho‘lpon B) Oybek C) G'afur G‘ulom D) Abdulla Oripov 22. «O‘tkan kunlar» romanida qaysi qahramonlarning qora movut sirilgan sovsar po'stin kiyganligi aytilgan? A) Qutidor, Otabek B) Qutidor, Yusufbek hoji C) Homid, Otabek D) Hasanali, Otabek 23. Xalq dostonlari qahramonlaridan qaysi biriga «Kelganboy» deb murojaat qilinadi? A) Boysariga B) Ravshanga C) Rustamxonga D) Kuntug'mishga 24. 1) Sakkokiyning tug‘ilgan va vafot etgan yillari ma’lum emas; 2) Sakkokiy yozgan asarlar orasida bir necha qasidalar mavjud; 3) Sakkokiy qasidalari aniq bir qahramonlarga bag‘ishlangan; 4) Xalil Sultonning hukmronlik yillari 1405-1409-yillarga to‘g‘ri keladi; 5) Xalil Sulton Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul- haqoyiq» asarini 1444-yilda Samarqandda ko’chirtirgan; 6) Sakkokiy XVI asrning ikkinchi yarmida, ehtimolki, oxirgi choragida tug‘ilgan deb qaraladi; 7) Sakkokiy qasidanavis shoir; 8) Sakkokiyning g‘azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi. Ushbu hukmlardan qaysi birlari noto‘g‘ri? A) 3, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 6, 8 D) 1, 2, 4, 5, 8 25. Roman-trilogiyalar to‘g‘ri ko‘rsatilgan javobni belgilang. A) «Farg'ona tong otguncha» (M. Ismoiliy), «Forsaytlar haqida qo‘shiq» (Golsuorsi) B) «Shaytanat» (Tohir Malik), “Ulug‘ saltanat” (Muhammad Ali) C) “Xan al-Xalili” (N. Mahfuz), «Ufq» (S. Ahmad) D) «Qora dengiz to‘lqinlari» (V. Katayev), «Mash’al» (H. G‘ulom) 26. Ko‘ngil, sen munchalar nega Kishanlar birla do‘stlashding? Na faryoding, na darding bor, Nechun sen muncha sustlashding? «Ko'ngil» nomli she’rdan keltirilgan ushbu parcha muallifini toping. A) Hamza
B) Fitrat C) Usmon Nosir D) Cho’lpon 27. “Vatanni sevish” hikoyasi qaysi asarda uchraydi va bu hikoyani kim (nima) o‘qiganligi aytilgan? A) «Zarbulmasal», Maymun B) «Maymun yetaklagan odam», chol C) «Vatanni suymak», arablar D) «Advokatlik osonmi?» Davronbek 28. Bizga hozircha Turdi Farog'iyning qancha she’ri ma’lum?
A) 18 ta: 5 ta muxammas, 12 ta g‘azal va bitta qit’a B) 18 ta: 5 ta musaddas, 12 ta g‘azal va bitta fard C) 18 ta: 5 ta muxammas, 12 ta g'azal va bitta fard D) 18 ta: 5 ta muxammas, 12 ta g‘azal va bitta ruboiy 29. Qaysi javobda «Rustamxon» dostoni voqealariga oid ma’lumot berilgan? A) «Bizlar ham hir shohlik shavkatini qilsak, ovga chiqib ketsak, farzandlar yer yuziga tushsa, suyunchi deb, bir nechalar oldimizga yo‘lga chiqib, bizlardan tilla tanga in’om olsa», - deb o'ylab, biylar ovga jo‘nab ketibdi. B) Mard polvon «Yor deyman- ku, nomus-orga boraman» deya begona yurtga otlangan o‘g‘liga: «Kechsang yomon bo‘lar ota-onadan», «Bir qiz uchun unutmagan bizlarni», deya nasihatlar beradi. C) Xon qizning suratini ko‘rib bildiki, o‘g‘li bu go'zaldan boshqani demas. Xon noiloj javob bermoqchi bo‘lib lashkarlarini yig‘adi, «Musofirchilikda yo zar yarar, yo zo‘r yarar kuningga», deb qirq yigit beradi, qirq xachirga zar ortib beradi. D) Boshqa mamlakatga safarga ke+gan xon farzandli bo‘lganini suyunchilagan kishiga «ayamasdan tanga- tilla beraman, balki qo‘rg‘onbiy qilarman», deya niyat qiladi. 30. «Yevgeniy Onegin» she’rida qish bo‘yi yolg‘iz bo‘lgan Onegin qaysi daryo bo‘ylarida chanada Tatyana tomon yelar edi? A) Dnepr B) Neva
C) Volga D) Lena
|
ma'muriyatiga murojaat qiling