Ona tili va adabiyot


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/47
Sana14.12.2021
Hajmi0.99 Mb.
#181120
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta

7-variant 

1. Yarimjon, chalajon. Berilgan so‘zlar haqidagi qaysi 

fikr xato?  

A) ushbu so‘zlar tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so'zlar 

sanaladi 

B) ushbu so‘zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra 

ma’nodosh so'zlardir 

C) ushbu so'zlarning tarkibi sifat + ot dan tashkil 

topgan 

D) ushbu so'zlar kompozitsiya usulida yasalgan 

yasama so‘zlardir  

2. «Yoshlar kelajagimiz poydevoridir», - ta’kidladi 

otaxon. 

Quyida berilganlardan ushbu ko'chirma gapli qo‘shma 

gap o‘zlashtirma gapga aylantirilganda sodir 

bo’ladigan grammatik o'zgarishlar to‘liq ajratib 

ko‘rsatilgan javobni belgilang.  

1) ko'chirma gapning kesimi tushirib qoldiriladi; 2) 

ko‘chirma gapning egasi qaratqich aniqlovchiga 

aylantiriladi; 3) muallif gapining egasi o‘zlashtirma 

gap egasi bo‘lib gap boshida keladi; 4) muallif 

gapining kesimi o‘zlashtirma gap kesimi bo'lib keladi.  

A) 1, 3, 4  

В) 1, 2  

C) 2, 3, 4  

D) 2, 3  

3. Yopiq bo‘g‘inlaridan biri faqat jarangli sirg'aluvchi 

til 


undoshlari va unlidan tarkib topgan so’zni toping.  

A) shamshir  B) insonparvar 

C) qing’ir 

D) suhbat  

4. Qaysi gapda fe’llarning munosabat shakli bilan 

omonim bo‘la oladigan nisbat qo‘shimchasi 

qatnashgan?  

A) «Daraxtni yer ko'kartiradi, odamni - el», - deydi 

dono xalqimiz. 

B) Kechikib ekilgan g‘alla ham, chigit ham, keyin 

berilgan ishlovlarga qaramay, yaxshi unmadi.  

C) Ko‘z ochgani qo‘ymaydi alam, Boshim qo‘ysam 

kuydirar bolish. 

D) U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho'lga suv 

chiqaribdi. 

5. Quyidagi gapda tagiga chizilgan so‘zda urg‘u 

qayerga tushadi? Masai, asosan, epik asar turlaridan 

bo‘lib, unda kishilar xarakteriga xos xususiyatlar 

hayvonlar va o‘simliklarga ko‘chiriladi.  

A) xarakteriga  

B) xarakterimga 

C) xaraktfiriga  

D) xar6kteriga  

6. Qaysi so‘z(lar)da unlidan so‘ng tutuq belgisi 

ishlatilishi lozim? 

1) monelik; 2) tamagirlik; 3) etirof; 4) taqiq.  

A) 2, 3  

B) faqat 3 

С) 1, 3, 4  

D) 1, 2, 3 

7. Portlovchi undosh sirg’aluvchi undosh kabi talaffuz 

qilinadigan so’z qatnashgan gapni toping.  

A) Devor ustida musicha turibdi. 

B) Oshga sabzi to‘g‘ragani chiqdik. 

C) Oltin o‘tda, odam mehnatda bilinadi. 

D) Cho‘ntagimga yuz so‘m solib, ko‘chaga yugurdim. 

8. Urg‘u haqida to‘g‘ri fikrlar berilgan qatorni 

aniqlang. 

1) Ikki va undan ortiq bo‘g‘inlardan tashkil topgan 

so'zlarning talaffuzida bo‘g‘inlardan biri ma’lum 

sababga ko‘ra boshqalariga nisbatan kuchliroq talaffuz 

etilishi ma’no urg‘usi deyiladi; 2) Urg‘u ma’no 

farqlash vazifasini bajaradi; 3) Arab, fors-tojik, rus va 

boshqa Yevropa tillaridan o‘zlashgan so‘zlarda urg‘u 

barqaror o‘ringa ega; 4) Urg‘u segment birlik 

hisoblanadi.  

A) 1, 2, 3, 4   B) 2, 3  

C) 2, 3, 4  

D) 1, 2, 3  

9. Neki bo'lsa menga eng aziz, Eng mo‘tabar bo‘lsa 

dunyoda, Borlig‘imni band etsa ne his, Bari edi unda 

ifoda. 


Ushbu she’riy parcha haqidagi to‘g‘ri fikrni toping. 

A) bir necha bosh gapli murakkab qo‘shma gap 

B) bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gap 

C) aralash murakkab qo‘shma gap 

D) qismlari uyushgan murakkab 

10. 1) O’ynab gapirsang ham o’ylab gapir. 2) Qizcha 

erkalanib, opasining bo‘ynidan mahkam quchdi. 3) 

Bolaning ko'ngli o‘ksimasin deb, yumshoq o‘rindiqqa 

o‘tqazdi. 4) So‘roq qilingan kishining ayblarini sanab 

berdik. 5) Og‘zaki nutq qisqa va ifodali bo‘lishi kerak. 

6) Musavvirning bo‘yog‘ida hayot chizgilari aniq 

ifodalangan edi. 

Berilgan gaplarning qaysilarida so‘z yasovchi 

qo‘shimcha ta’sirida yuqori tor unlilar tushib qolgan? 

A) 1, 3, 5  

В) 1, 5  

C) 2, 4, 5  

D) 3, 6  

11. Asl, simpozium, tadqiqot, vakum, xoynahoy, 

taffiq, avf, yarog‘li, tambalamoq. Berilgan so‘zlardan 

nechtasi to‘g‘ri yozilgan?  

A) oltitasi  

B) to‘rttasi 

C) uchtasi  

D) beshtasi  

12. Yuqori tor unlilar to‘g‘ri berilgan qatorni toping. 

A) u, e  

B) i, о   

С) a, o‘  

D) i, u  

13. Shaxs otlari qaysi javobda berilgan? 

A) havas, dastgoh, sifatli 

B) darvozabon, temirchi, mantipaz 

C) soyabon, bolalar, uyatchan 

D) oliygoh, o‘yin, terak, suv 

14. Biz buyuk Vatanning baxtiyor farzandlarimiz. 

Ushbu 

gap haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang. 



A) Qarashlilik ma’nosini ifodalagan egalik 

qo’shimchasi ishtirok etmagan.  

B) Kesimlik ma’nosini ifodalovchi maxsus shakl 

(munosabat shakli) qatnashmagan. 

C) Gapdagi barcha munosabat shakllari shakldoshlik 

xususiyatiga ega. 

D) Kesim tarkibida 2 ta munosabat shakli qatnashgan. 

15. Qaysi javobdagi so‘zda fonetik hodisa kuzatiladi? 

A) O‘ynab gapirsang ham o‘ylab gapir. 

B) Odob yoshlarni kattalar duosiga sazovor etadi. 

C) Ne-ne to‘siqlarni yengishgan edi. 

D) Asabiylashmay yuzma-yuz o'tirib, fikrimizni 

tushuntira olamizmi?  

16. O‘ynab gapirsang ham o'ylab gapir. Ushbu gapda 

nechta so‘z tovush o‘zgarishiga uchragan? 



A) 1   B) 2   C) 3   D) 4  

17. Yarog‘, dog‘, tog‘ so‘zlariga jo‘nalish kelishigi 

qo‘shimchasi qo‘shilsa, qaysi yozuv asosida yoziladi? 

A) fonetik 

 

B) shakliy 



C) morfologik  

D) morfologik va fonetik  

18. 1) U qasddan Suqsuroyni xonga olib berdi. 2) 

Tarixiy joylarni tomosha qilish niyatida Samarqandga 

jo’nadik; 3) Otasini ko’rgani qishloqqa ketdi. 4) Ota 

bolalari bilimsiz bo‘lmasin deb o‘qitdi. Fe’lning vazifa 

shakli bilan ifodalangan maqsad holini toping.  

A) 2, 3  

B) 4, 1  

C) 3, 4  

D) 3  

19. Meni kutayotir ajib kelajak, 



U mening iqbolim, mening baxtimdir. 

Men ko‘rmagan baxtni kimdir ko‘rajak, 

Men aytmagan so‘zni aytajak kimdir. 

Ushbu parchada qatnashgan olmoshlar haqida berilgan 

to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.  

A) III shaxs kishilik olmoshi aniqlovchi vazifasini 

bajargan. 

B) Ushbu parchada sodda va qo‘shma olmoshlar 

qatnashgan. 

C) Fonetik o'zgarish asosida yozilgan olmoshlar 

kishilik olmoshlari sanaladi. 

D) Ushbu parchada kesim vazifasini bajargan gumon 

olmoshi qatnashgan. 

20. Qaysi javobdagi gaplarda chaqmoq fe’li bir 

so‘zning turli ma’nolari sifatida qatnashgan? 

A) Iboralarning ma’nolari ko‘p, har birini chaqish 

kerak. U yong‘og‘ini chaqish uchun tosh qidirib ketdi. 

B) O‘zi yoqadi, puli chaqadi; Osmon gumburlab, 

chaqmoq 

chaqdi. 


C) Odamlarni gapi bilan chaqib oladi-ya. Shu payt 

osmonda yashin chaqdi.  

D) Hamma narsani pulga chaqish yaxshi emas, 

do‘stim. Bu meni ko‘rsa bir gap bilan chaqaman deydi. 

21. Janni Rodarining «Shahzoda Plombir» nomli ertagi 

qaysi hikoyalar turkumiga kiradi? 

A) «Rim ertaklari» 

B) «Telefonda aytilgan ertaklar» 

C) «Quvnoq she’rlar kitobi» 

D) «Osmondagi tort» 

22. Munisning «Ishqing o‘tidin o'rtanadur joni 

nizorim... » deb boshlanuvchi she’rining janrini 

aniqlang. 

A) mustazod   B) murabba’ 

C) musaddas   D) muxammas 

23. R. Tagorning insoniy muhabbat ulug'langan 

asarlarini toping.  

A) «Roja va Rani», «Chitrangoda» 

B) «Tonggi qo‘shiqlar», «Suratlar va qo‘shiqlar» 

C) «Chitrangoda», “Hisob-kitob”  

D) “Jazo”, «Nur va soyalar» 

24. Sharq adabiyotida faqat hikmatli so‘zlar va ibratli 

hikoyatlar asosiga qurilgan asarlar to'liq keltirilgan 

javobni aniqlang.  

1) S. Sheroziy «Guliston»; 2) N. Xisrav 

«Sadoqatnoma»; 3) S. Sheroziy «Bo'ston»; 4) A. 

Navoiy «Nazm ul-javohir»; 5) A. Navoiy «Mahbub ul- 

qulub»; 6) A. Avloniy «Turkiy guliston yoxud axloq».  

A) 1, 3, 5  

 

В) 1, 2, 3, 4, 5, 6 



C) 1, 3, 4, 5, 6  

D) 1, 2, 3, 5, 6 

25. 1) “Yatimat ad-dahr”ning 4-qismida 4160 ga yaqin 

bayt she’r kiritilgan; 2) Turkiy adiblar va shoirlar 

haqidagi birinchi tazkira «Yatimat ad-dahr»; 3) 

«Qissayi Rabg‘uziy»da Nuh alayhissalom uzumni 

salsabil bilan sug‘oradi, undan shinni paydo bo‘ldi; 4) 

uzliq - mohirlik, ustalik ma’nosini beradi; 5) Ahmad 

Yassaviyning onasining ismi Qorasoch momodir; 6) 

«Qissayi Rabg‘uziy»da Nuh alayhissalom uzumni 

behishti zanjabil bilan sug'oradi, undan sirka paydo 

bo‘ldi; 7) «Qissayi Rabg‘uziy»da Nuh alayhissalom 

uzumni ikki marta sug‘oradi. 

Ushbu hukmlarning qaysi biri to‘g‘ri? 

A) 2, 3, 4, 5, 7 

B) 1, 2, 3, 4, 6, 7 

C) 1, 2, 4, 5, 7 

D) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7 

26. Senga tashvish va alam yetsa, o‘tib ketar deb sabr 

qil. Qo'lingdan ketgan narsa uchun qayg'urma, unga 

ozroq achin. Chunki achinish senga (qo‘ldan ketganni) 

qaytarib bermaydi. Ushbu iboralar qaysi asardan 

olingan? 

A) «Qutadg‘u bilig»   

B) «Hibbat-ul haqoyiq» 

C) «Devon-u lug‘atit-turk»  D) “Devoni hikmat”  

27. Poshshoxo‘ja lirik shoir sifatida qanday janrda 

asarlar yozgan?  

A) g’azal, qit’a va fardlar 

B) g'azal, ruboiy va muxammaslar 

C) g‘azal, ruboiy va qit’alar 

D) g‘azal, ruboiy va fardlar  

28. Quyida berilgan parchada xalq dostonlarida juda 

ko‘p qo‘llaniladigan qanday san’at ishlatilgan? 

«Xaloyiqlar ham ko‘rdi: tarzi gul yuzli, shirin so‘zli, 

bir siyosatli kishi qalandar bo‘lib kelayotir».  

A) talmeh  

B) tajnis 

C) saj   

D) tazod  

29. Qaysi ma’lumot Xo'janazar Huvaydo hayoti va 

ijodi bilan bog‘liq emas? 

A) Adib «Rohati dil» manzumasi, «Ibrohim Adham» 

dostoni muallifidir. 

B) O‘g‘li Sirojiddin (Sirojiy) va nabirasi Salohiddin 

(Sohib) ham shoir boiishgan. 

C) Vosifiyning «Badoye ul- vaqoye», Koshifiyning 

“Axloqi Muhsiniy” asarlarini o‘zbek tiliga tarjima 

qilgan.  

D) Chimyonda maktabdorlik, shuningdek, kosiblik 

bilan shug‘ullangan. 

30. “O‘tkan kunlar” romanida qaysi qahramonlarning 

qora movut sirilgan sovsar po'stin kiyganligi aytilgan?  

A) Qutidor, Otabek  B) Qutidor, Yusufbek hoji  

C) Homid, Otabek 

D) Hasanali, Otabek  

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling