Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
D) 2, 3, 4
14. Qaysi javobda urg’u birinchi bo’g’inga tushadigan so’zlar to’g’ri ko’rsatilgan? 1) bordi; 2) hamma; 3) daftar; 4) gulday; 5) vodorod. A) 2, 5 B) 2, 4
C) 2, 4, 5 D) 1, 2, 4 15 Jo‘shadi buloqning kumush yoshlari, Ham mungli, ham shirin jildirashlari. Buralib ko‘katlar ustidan chopar, Uzilgan marvarid yarqirashlari. Ushbu she’riy parchadagi fe’llarga oid to‘g‘ri fikrni aniqlang. A) Parchada ikkita yasama fe’l ishtirok etgan. B) Parchadagi fe’llar tarkibida nisbat qo‘shimchasi mavjud emas. C) Parchadagi fe’llarning barchasi kesim vazifasida kelgan. D) Parchadagi yasama fe’llar turli turkumga oid so'zlardan hosil qilingan. 16. Quyidagi gapda sifat yasovchi qo‘shimcha necha o‘rinda ishtirok etgan? Bekning bilimli, zakovatli, mulohazakor bo'lishi taqozo etiladi. Ochiq yuzli bo‘lish - bekning yaxshi fazilatlaridan biri. A) 4 B) 6 C) 3 D) 5 17. -li qo'shimchasi o‘zak ifodalagan narsaning me’yoridan ortiqligini bildirgan birikmani aniqlang. A) suvli olma B) do‘ppili yigit C) tuzli suv D) bolali ayol
18. Qachon ega ergash gap bosh gapdan oldin keladi? A) ega ergash gapning o‘rni bog‘lovchi vositaga bog‘liq emas B) nisbiy so‘zlar yordamida bog‘langanda C) -ki yuklamasi yordamida bog‘langanda D) В, С javoblar to‘g‘ri 19. Qaysi javobda harakat nomidan keyin qo‘shila oladigan qo‘shimchalar to‘g‘ri berilgan? A) egalik, kelishik, zamon, nisbat B) egalik, kelishik, ko‘plik C) shaxs-son, zamon, mayl D) nisbat, bo‘lishsizlik, mayl 20. Yasama ravishning yetakchi morfemasida unli va birgina jarangsiz undosh qatnashgan gapni toping. A) Yaxshilikcha quloq soling gapimga. B) Qiz yer ostidan mayin kulib yigitga qaradi. C) O‘z fikringizni ochiqchasiga bayon etsangiz, tushunamiz. D) Kelajakda yorqin hayotga erishish uchun astoydil harakat qilmoq lozim. 21.Qaysi shoh sho‘ro davrida ko'plab mevazor bog‘lar, poliz mahsulotlari, sholi va boshqa dehqonchilik ekinlari yetishtiriladigan yerlarni yoppasiga paxta bosib ketgani natijasini aks ettirib, «Bizning joylar o‘rni hozir paxtazor», deb yozgan edi? A) Ibroyim Yusupov B) Saida Zunnunova C) Asqad Muxtor D) Mirtemir 22. Bobur g'azalidan keltirilgan quyidagi parchada qo‘llangan badiiy san’at turini aniqlang. Qaro zulfing firoqida parishon ro‘zg‘orim bor, Yuzingning ishtiyoqida ne sabr-u qarorim bor. Labing bag‘rimni qon qildi, ko‘zimdin qon ravon qildi, Nechun holim yamon qildi, men andin bir so'rorim bor.
A) ruju’ B) talmeh C) tazod D) tanosub 23. Usmon Nosirning «Yana she’rimga» she’rining birinchi misrasi qaysi shoirning satrlarini yodga soladi? A) Zulfiyaning «Oydinda» she’rini B) Cho‘lponning «Go‘zal» she’rini C) Atoyining «Jamoling vasfini» g‘azalini D) Maxmurning «Hapalak» g‘azalini 24. Ilm-u fan uyig‘a yuboringlar bolangizni, Onda o‘qig‘onlar bori yaktoyi zamondur. Ushbu misralar muallifini aniqlang. A) Hamza B) Avaz O‘tar C) So‘fizoda D) Zavqiy 25. Zavqiyning “Hajv ahli rasta” satirasi qofiyalanish tizimi to’g’ri ko’rsatilgan qatorni toping. A) b-a, d-a B) a-a, b-a, d-a C) a-a, b-b, c-c D) a-a-a-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a 26. Berilgan asarlardan qaysi biri hajviy yo'nalishda bitilgan pyesa hisoblanadi? A) «Qiyshiq oyna» (Chexov) B) «Tubanlik kishilari» (Jek London) C) «Maysaraning ishi» (Hamza) D) “Oltin buzoqcha” (Ilf va Petrov) 27. 1) Sakkokiyning tug‘ilgan va vafot etgan yillari ma’lum emas; 2) Sakkokiy yozgan asarlar orasida bir necha qasidalar mavjud; 3) Sakkokiy qasidalari aniq bir qahramonlarga bag‘ishlangan; 4) Xalil Sultonning hukmronlik yillari 1405-1409-yillarga to‘g‘ri keladi; 5) Xalil Sulton Ahmad Yugnakiyning «Hibbat ul- haqoyiq» asarini 1444-yilda Samarqandda ko‘chirtirgan; 6) Sakkokiy XVI asrning ikkinchi yarmida, ehtimolki, oxirgi choragida tug'ilgan deb qaraladi; 7) Sakkokiy qasidanavis shoir; 8) Sakkokiyning g‘azallarida ishq, oshiqlik, hijron iztiroblari, visol lazzati, oshiq qalb kechinmalari juda ustalik bilan tasvirlanadi. Ushbu hukmlardan qaysi birlari noto’g’ri? A) 3, 5, 6, 7 B) 1, 3, 5, 6, 8 C) 1, 2, 3, 4, 6, 8 D) 1, 2, 4, 5, 8 28. «...umid achchiq haqiqat bilan hisoblashishni istamas edi». Ushbu misralar qaysi asardan olingan? A) J. London “Hayotga muhabbat” B) O‘. Hoshimov «Bahor qaytmaydi» C) Shuhrat “Oltin zanglamas” D) Ch. Aytmatov «Jamila» 29. Zahiriddin Muhammad Bobur «Qaro zulfing firoqida...» matla’li g‘azalida qanday she’riy san’atdan unumli foydalangan? A) takrir B) tanosub C) kitobat D) tajohuli orif 30. «Men urush vaqtining nozik paytlarida bo‘lgan bu o'ldirishga oddiy o'ldirish kabi qarayolmayman... Mana shu nuqtalardan qarab, men bu «soddadil», «yuvosh» va «gunohsiz» sart qiziga eng oliy jazo talab qilmoqchi bo‘laman». Zebiga qarshi aytilgan yuqoridagi mulohazalar «Kecha va kunduz» romanining qaysi qahramoniga tegishli? A) sud raisi B) zakunchi C) garnizon boshlig’i D) prokuror
|
ma'muriyatiga murojaat qiling