Ona tili va adabiyot


Download 0.99 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/47
Sana14.12.2021
Hajmi0.99 Mb.
#181120
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
09 Toshkent 2018-30ta

С) 1, 4  

D) 1, 2, 3, 4  

4. Lotin grafikasiga asoslangan alifboda undosh 

tovushlar qamday ifodalanadi?  

A) 26 ta harf, 3 ta harfiy birikma bilan 

B) 23 ta harf, 2 ta harfiy birikma bilan 

C) 23 ta harf, 3 ta harfiy birikma bilan 

D) 20 ta harf, 3 ta harfiy birikma bilan 

5. Qaysi gap tarkibida imloviy jihatdan xato yozilgan 

so‘z uchraydi?  

A) Universitet faoliyati to‘g‘risidagi tashviqot ishlarini 

olib borishda faol qatnashdik. 

B) Sarvar juda qo‘rqib ketgani- dan voqeaning butun 

tafsilotini unga birma-bir gapirib berdi. 

C) Har doim onam tayyorlagan shirin-shirin taomlarni 

tanavvul qilish xush yoqadi. 

D) Bugungi ko'rik-tanlovda qatnashish uchun litseydan 

uchta o‘quvchi tavsiya etilgan. 

6. Quyida keltirilgan misralardagi tovush o'zgarish 

hodisasi ro‘y bergan tub so‘zlar sonini aniqlang. 

Unim yo‘q, bunim yo‘q, 

Uyimda unim yo‘q. 

Ishimda unum yo’q,  

Aytishga unim yo’q.  

A) 1 ta  

B) 3 ta  

C) 2 ta  

D) 4 ta 


7. Qaysi so‘zlarda f undoshi jarangsiz lab-lab undoshi 

sifatida aytilsa-da, asl holicha yoziladi? 

A) tafovut, afg‘on, fasl 

B) latifa, vafo, tavsif 

C) latif, isrof, safar 

D) safar, fasl, vafo 

8. Qaysi maqolda qo‘llangan son «yarim» so‘ziga 

ma’nodosh bo‘la oladi? 

A) Birni sochsang yerga, 

Mingni berar elga. 

B) Yetti o‘lchab, bir kes. 

C) Bir kun tuz ichgan joyingga qirq kun salom qil! 

D) Oyning o‘n beshi qorong‘i bo‘lsa, o‘n beshi yorug‘ 

bo‘ladi. 

9. Qaysi qatorda metonimiya usuli bilan ma’no 

ko‘chishi ro‘y bergan so‘z qatnashgan? 

A) Bu darddan qora boshim oqardi. 

B) Yuragini ezib turgan tuyg‘ular biroz chekinganday 

bo‘ldi. 

C) Qalam ushladimmi, demak, o‘yin bas. 

D) Bugun bozorda savdo qaynaydi. 

10. Quyida keltirilgan misralarda qanday fonetik 

o‘zgarishlar kuzatiladi?  

Ona – u, bag‘rida millat beshigi,  

Qalbida yopilmas qadr eshigi,  

Allasi oromdir – hayot qo‘shig‘i,  

Ayol omon bo‘lsa, dunyo go'zaldir. 

A) tovush ortishi, tovush tushishi 

B) tovush almashishi, tovush tushishi 

C) tovush almashishi, tovush ortishi 

D) tovush almashishi, tovush orttirilishi, tovush 

tushishi 

11. Urish so‘zining paronimi bilan antonim bo‘la 

oladigan so'zni aniqlang.  

A) tinchlik  

B) bosqin  

C) osoyishta   D) do‘pposlash  

12. Berilgan qaysi maqollar o‘zaro ma’nodosh 

maqollar sanaladi? 

1) Ignadek teshikdan tuyadek sovuq kiradi. 2) Yolg‘iz 

baloga, indamasang, ko‘payadi. 3) Shamol bo‘lmasa, 

daraxtning uchi qimirlamaydi. 4) Oz-oz o‘rganib dono 

bo‘lur.  

A) 1, 2, 3  

В) 1, 2, 3, 4  

С) 1, 2  

D) 1, 3, 4 

13. Ham hokim, ham tobe gap egasi turlangan kesim 

ergash gapni toping.  

A) Endi sizlarga muborak topshiriq shuki, har biringiz 

alohida-alohida ketasiz. 

B) Toleyim shulki, jahonda bir guliston tanladim. 

C) Muhammad Yusuf ijodining o‘ziga xos xususiyati 

shundaki, u juda oson o‘qiladi, sodda, xalqchil. 

D) Qizig'i shundaki, shu ko‘rinishiga ovozi muloyim 

edi. 


14. Yunoncha «harf o‘qish va yozish san’ati», «harf» 

ma’nosini anglatuvchi tilshunoslik bo’limi qaysi? 

A) grafika 

B) orfografiya 

C) sintaksis 

D) grammatika   

15. Karimjon, chalajon. Berilgan so'zlar haqidagi qaysi 

fikr xato?  

A) ushbu so‘zlar tuzilishiga ko‘ra qo‘shma so‘zlar 

sanaladi 

B) ushbu so‘zlar shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra 

ma’nodosh so‘zlardir 

C) ushbu so‘zlarning tarkibi sifat + ot dan tashkil 

topgan 


D) ushbu so‘zlar kompozitsiya usulida yasalgan 

yasama so‘zlardir 

16. Qaysi javobda 2 tadan fonetik o‘zgarish 

kuzatiladigan so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan?  




1) sanog‘i; 2) tilagi; 3) tarog‘i; 4) o‘rtog‘i; 5) so‘rog‘i; 

6) tuprog‘i; 7) sovug‘i.  

A) 1, 3, 4, 5   В) 1, 3, 5, 7 

C) 2, 3, 5, 7   D) 3, 5, 7 

17. O'zbek tilida shovqinli, jarangsiz, sirg‘aluvchi til 

undoshlari soni nechta?  

A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 

18. Adabiyot o‘qituvchisi jurnalni stol ustiga qo‘ydi-

da, dumaloq ko‘zoynagini burni uchiga qo‘ndirib, 

sinfga razm soldi.  

Berilgan gapdagi so‘zlarda qanday tovush o'zgarishlari 

sodir bo'lgan? 

1) tovush almashishi; 2) tovush tushishi; 3) tovush 

ortishi.  

A) 1, 2, 3  

В) 1, 2 


C) 1 

 

D) 2, 3 



19. Tumanlik qo'ynida jimgina mudragan tonglar, ilk 

sovuq og'ushida junjikkan seryulduz oqshomlar 

boshlandi.  

Ushbu gapdagi tagiga chizilgan so‘zda ma’no 

ko‘chishining qaysi turi mavjud? 

A) metafora 

B) vazifadoshlik 

C) metonimiya 

D) sinekdoxa 

20. Qaysi maqolda to‘rt o‘rinda fonetik o‘zgarish 

asosida yozilgan so‘z mavjud?  

A) Oltovlon ola bo‘lsa,  

Og‘zidagini oldirar.  

To‘rtovlon tugal bo‘lsa,  

Tepadagini endirar. 

B) Ilm - dilning chirog‘i,  

Maktab - ilm chorbog'i. 

C) Yeridan ayrilgan yetti yil yig‘lar, 

Elidan ayrilgan o‘lguncha yig‘lar. 

D) O‘g‘li borning o‘rni bor, 

Qizi borning qadri bor. 

21. Charxi ranjinmu deyin, dahr shikanjinmu deyin, 

Jonima har birining javr-u jafosinmu deyin!  

Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. 

A) tanosub B) talmeh 

C) ruju’ 

D) tazod 

22. «Yatimat ad-dahr»da keltirilgan she’rlar qaysi 

janrga mansub? 

1) qasida; 2) vasf; 3) hajv; 4) marsiya; 5) fard; 6) 

masnaviy; 7) qit’a; 8) g‘azal; 9) mustazod; 10) urjuza; 

11) musaddas. 

A) 1, 2, 3, 4, 8, 9, 10 

B) 1, 2, 3, 5, 6, 8, 10 

C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 8, 10, 11  

23. Saida Zunnunovaning ilk she’ri nomi berilgan 

javobni aniqlang. 

A) «Tuyg‘ular» 

B) «Gulxan» 

C) «Qizingiz yozdi» 

D) «Salom senga» 

24. «Yurtimga farzandim ega bo‘ldi, deb  

Xaloyiqni xabar qilib yig'dirdi, 

Qancha so‘qim, qancha qo‘yni so‘ydirdi. 

Necha yoqdan endi o‘choq o‘ydirdi...» 

Ushbu parchada xalq dostonlaridagi qaysi qahramon 

otasining el-u xalqqa to‘y berishi tasvirlangan?  

A) Alpomishning 

B) Kuntug‘mishning 

C) Rustamxonning 

D) Ravshanning 

25. «Fors shoiri Umar Hayyom», «O‘zbek klassik 

musiqasi va uning tarixi» nomli ilmiy asarlar 

muallifini aniqlang. 

A) Behbudiy B) Fitrat 

C) Avloniy D) Hamza 

26. Poshshoxo‘ja lirik shoir sifatida qanday janrda 

asarlar yozgan? 

A) g‘azal, qit’a va fardlar 

B) g‘azal, ruboiy va muxammaslar 

C) g'azal, ruboiy va qit’alar 

D) g‘azal, ruboiy va fardlar 

27. «Shohnoma» qaysi vaznda yozilgan?  

A) ramali musammani mahzuf  

B) mutaqoribi musaddasi mahzuf  

C) ramali musaddasi mahzuf 

D) mutaqoribi musammani mahzuf  

28. Qaysi javobda S.  Yeseninning «Xurosonda bir 

darvoza bor» she’ri haqida to‘g‘ri fikr keltirilgan?  

A) E. Vohidov bu she’rni yetti bo‘g‘inli misralar (4 + 3 

turoqli) vaznida tarjima qilgan. 

B) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan.  

C) She’r satrlaridagi «choyxona», «choy», «tong yuzli 

dildor», «shohi ro'mol», «ohu ko‘z», «lolagun» so‘z-

timsollari Sharqni eslatib turadi. 

D) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning 

o‘ziga xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini 

ta’minlagan.  

29. «Otello» tragediyasini kim o‘zbek tiliga tarjima 

qilgan? 


A) Oybek 

B) Cho‘lpon 

C) M. Kenjabek 

D) G‘. G‘ulom 

30. Quyidagi ruboiyda qo‘llangan she’riy san’at turini 

aniqlang. 

Ko‘z birla qoshing yaxshi, qabog‘ing yaxshi, 

Yuz birla so‘zing yaxshi, dudog'ing yaxshi, 

Eng birla menging yaxshi, saqog‘ing yaxshi, 

Bir-bir ne deyin, boshdin oyog’in yaxshi. 

A) talmeh 

B) tanosub 

C) tajnis 

D) irsoli masal  

 

 




Download 0.99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling