Ona tili va adabiyot
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
09 Toshkent 2018-30ta
6-variant
1. Qaysi gapda beshta morfemadan iborat yasama so‘z mavjud? A) Shu boisdan u o‘ttizinchi yillarning boshida adabiyotdan chetlatilgan. B) O‘zligini anglamagan odamlar bilan yangi jamiyat qurib bo‘lmaydi. C) Ona tabiat, donoligingga tan bermay ilojimiz yo‘q. D) Hammamizning yo akamiz, yo otamiz urushda bo‘lgan zamonlar edi. 2. Quyida keltirilgan gapda nechta fonetik o‘zgarish hodisasi ro‘y bergan? Hadisi sharifda shunday deyilgan: “Odamlarga nisbatan yomonligingni to‘xtat, shu o’zingga sadaqa bo’ladi”. A) bitta B) uchta C) ikkita D) to’rtta 3. Ey, mendan keyin bu gapni aytarsan. Ushbu gapda atash ma’nosiga ega bo'lgan birliklar sonini ko‘rsating. A) 5 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 3 ta 4. Qaysi gapda barcha to‘ldiruvchilar mustaqil to‘ldiruvchilar sanaladi? A) Uning osongina yozilgandek ko‘ringan misralarini o‘qigan muxlislar yig‘laydi, kuladi, hayajonga tushadi. B) U dastlabki ta’limni ona shahrida oladi, yoshligidan aniq fanlarni o'rganadi, til va adabiyot bilan ham shug'ullanadi. C) Muhammad Yusuf qo‘shiqlari bilan emas, avvalo, xalq dardini baralla aytgan, yurt muhabbatini hech kimnikiga o’xshamagan misralarda ta’riflagan she’rlari bilan tanildi. D) Odamlar uning she’rlarini hayajon bilan o‘qir, kitoblarini do‘konlardan sotib olishga shoshilar edilar. 5. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra bir guruhga kiruvchi undoshlar qatnashgan vazifadosh ko‘makchi mavjud bo‘lgan gapni aniqlang. A) Tinchlik deb kurashgan ota-bobolarimiz tufayli shu kunlarga yetib keldik. B) Bitmas-tuganmas bilimning tagida mashaqqatli mehnat yotadi. C) Barchasidan qovun soz, paykal uzra dumalar. D) Temur tig‘i yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher. 6. Nechta jarangsiz til oldi undoshining jarangli jufti bor?
A) 6 ta B) 4 ta C) 7 ta D) 8 ta 7. Kimyoviy tolalardan to‘qilgan matolar dazmollanayotganda, dazmol qattiq qizdirilmasligi kerak. Gapning markazi haqidagi hukmlarning nechtasi to‘g‘ri? 1) turlangan; 2) murakkab; 3) bog‘lamasiz; 4) ismlar guruhiga mansub; 5) yasama so‘z; 6) tarkibida tovush tushishi holati kuzatiladi; 7) tarkibida tovush almashishi holati kuzatiladi. A) 4 tasi B) 5 tasi C) 6 tasi D) 7 tasi 8. Ma’no urg‘usi yana qanday nomlanadi? A) leksik urg’u B) frazaviy urg’u C) ko’chib yuruvchi urg’u D) so’z urg’usi 9. Qaysi gapdagi tushum kelishigini belgisiz qo‘llab bo‘lmaydi? A) Ikki hafta davomida erta tongdan qorong'i tushguncha loyni tashishdi. B) Saidiy o‘zining ish bo'lmasiga kirib, deraza yonidagi kresloga o‘tirdi-da, kitobni o‘qiy boshladi. C) Onam har gal gilamni qoqqanda qop-qora chang ko‘tariladi. D) Tushuntirishning hozirgi ilm-fan uchun, ayniqsa, tarix, falsafa hamda mafkura uchun qanchalar muhim ekanligini hayot ko‘rsatmoqda. 10. Qaysi javobda ikki xil keng unli qator kelgan so‘zlar to‘g‘ri ko‘rsatilgan? 1) soat; 2) muallif; 3) oila; 4) matbaa; 5) saodat; 6) sharoit; 7) zoomagazin; 8) maosh; 9) taom. A) 1, 5, 8, 9 B) 1, 4, 5, 6, 7, 9 C) 2, 3, 4. 7, 8 D) 1, 2, 4, 5, 7, 8, 9 11. Xadichaning uzunchoq sarg'ish yuzi qizargandi. Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida tushib qolgan tovushlarga ta’rif bering. A) 2 o'rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 1 o’rinda til oldi, sirg’aluvchi, jarangli undosh; 1 o’rinda o’rta keng, lablanmagan, til oldi unlisi B) 1 o‘rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 1 o‘rinda til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh C) 1 o'rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 1 o‘rinda til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh; 1 o‘rinda o‘rta keng, lablanmagan, til oldi unlisi D) 2 o'rinda yuqori tor, lablanmagan, til oldi unlisi; 1 o‘rinda til oldi, sirg‘aluvchi, jarangli undosh 12. Kesimi faqat til undoshlaridan tashkil topgan yasama so‘z bilan ifodalangan gapni aniqlang. A) Do'stlikka yaramaydigan shaxsning eng yaramasi - chaqimchi. B) Tarixni anglash orqali insonda hayotini anglash qobiliyati shakllanadi. C) Hasad va baxillik nafratdan ham murosasizroqdir. D) Oshkora yomonlikka nisbatan yasama ezgulikdan inson ko‘proq nafratlanadi. 13. Quyida berilgan gapdagi tovush almashinishi yuz bergan so‘zlar sonini aniqlang. Ahmoqlarning yuragi og‘zida, donolarninig tili esa yuragidadir. A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta 14. Islohotlarning taqdiri va samarasi, birinchi navbatda, kadrlarning saviyasiga, darning zamon va taraqqiyot talablariga nechog‘liq javob berishiga bog‘liq. Berilgan gapdagi moslashuvli bog‘lanishlar soni nechta? A) 4 ta B) 6 ta C) 8 ta D) 10 ta 15. Berilgan so'zlardan qaysi biri fonetik o'zgarish asosida yozilgan? A) ulg‘aymoq B) ishda C) stol D) ketdi 16. Berilganlardan nechtasi shakldoshlik xususiyatiga ega?
1) bo'shamoq; 2) ko‘nglini bo'shatmoq; 3) ko'nglini ochmoq; 4) ko‘ngildan o‘tkazmoq; 5) boshga ko‘tarmoq; 6) jon bermoq; 7) ko‘z yummoq. A) 7 tasi B) 6 tasi C) 5 tasi D) 4 tasi 17. Hovlida qarindosh-u qo‘ni-qo‘shnilar ham yurishadi, nariroqda esa doshqozon to'la sumalak qaynaydi, ayollardan kimdir uni kovlab turadi, atrofida ikki-uch kampir choy ichishib o‘tirishadi, bolalarning qo‘llarida esa yog‘och qoshiq, galma-gal qozon girdiga yopishardilar. Ushbu gap ... . A) Qismlari uyushgan murakkab qo‘shma gap B) Aralash murakkab qo'shma gap C) Bir necha ergash gapli murakkab qo’shma gaplar murakkab qo‘shma gaplar D) Bir necha ergash gapli murakkab qo‘shma gaplar 18. Quyida keltirilgan gapdagi ma’no ko‘chishining turini aniqlang. Shunday qilib majlis qaror qabul qildi. A) sinekdoxa B) metonimiya C) vazifadoshlik D) metafora 19. Nutqimizda portlovchi jarangsiz til undoshlari soni nechta? A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta 20. Qaysi qatorda metafora usuli bilan ma’no ko‘chgan so‘z qatnashgan? A) Alisher Navoiy vafotini eshitib, butun Hirot yig‘ladi. B) Qalam ushladimmi, demak, o‘yin bas... C) Yuragini ezib turgan tuyg‘ular biroz chekinganday bo‘ldi. D) Bu darddan qora boshim oqardi. 21. Qaysi baytda ham mutlaq, ham muqayyad qofiya turi mavjud? A) Esib keldi Sharqdan bahroning yeli, Jahon ko‘rki- chun ochdi firdavs yo‘li. B) Qamar yuzungdin bo‘lur munavvar, Shakar so‘zungdin kelur mukarrar. C) Buti siyminbarim, bizni unutma, Dudoqi shakarim, bizni unutma. D) Qon bo’ldi ko’ngil firoqi birla, Kuydi jonim ishtiyoqi birla. 22. Quyidagi asarlardan qaysilari Oybek qalamiga mansub emas? 1) «Oltin vodiydan shabadalar»; 2) «Kapitan Gastello»; 3) «Ulug‘ yo‘l»; 4) «Ulug‘ saltanat». A) 1, 4 B) 2, 3 С) 1, 3 D) 2, 4 23. Haynrix Hayne faoliyati bilan bog‘liq ma’lumotni aniqlang. A) Badiiy adabiyotda birinchi bo‘lib jonivorlarni badiiy asarning bosh qahramoni qilib oldi. B) Angliyaga qilgan sayohatidan keyin «Tubanlik kishilari» degan ocherklar to‘plamini nashr ettirdi. C) Huquqshunoslik fakultetini bitirib, diplom olgan bo‘lsa-da, bu sohada biror kun ishlamagan. D) Ahamiyati jihatidan Nobel mukofotiga teng bo'lgan Hans Kristian Andersen mukofotiga sazovor bo'lgan. 24. Bobur qalamiga mansub quyidagi tuyuqda keltirilgan yoro so‘zlarining ma’nolari to‘g‘ri keltirilgan javobni toping. Vasldin so‘z derga yo‘q yoro (1) manga, Hajr aro rahm aylagil, yoro (2) manga. O‘qung etti ko‘p yamon yoro (3) manga, Marhami lutfing bilan yoro (4) manga. A) 1 - yordam ber; 2 - mador, quvvat; 3 - yara, jarohat; 4 - ey yor B) 1 - mador, quvvat; 2 - ey yor; 3 - yara,jarohat; 4 - yordam ber C) 1 - ey yor; 2 - yara; jarohat; 3 - yordam ber; 4 - mador, quvvat D) 1 - yara, jarohat; 2 - ey yor; 3 - yordam ber; 4 - mador, quvvat 25. Qaysi asarda «Qissasi Rabg‘uziy»dagi Sulaymon va chumoli suhbatiga ishora qilingan? A) Xo'jandiy «Latofatnoma»da B) Xorazmiy «Muhabbatnoma»da C) Sakkokiy «Ulug‘bek» qasidasida D) Sayfi Saroyi «Gulistoni bit- turkiy»da 26. Qaysi ijodkor o‘zining tarjimayi holida bola chog‘ida kichkina bir qushchani ko‘rganini va bir kattaroq bolaning «bu baxt qushi» degan so'zini eshitib, har yili bahorda moviy baxt qushini kutgani haqida yozadi? A) Janni Rodari B) Ernest Seton-Tompson C) Hans Kristian Anderson D) Shavkat Rahmon 27. Qaysi javobda S. Yeseninning «Xurosonda bir darvoza bor» she’ri haqida to‘g‘ri fikr keltirilgan? A) E. Vohidov bu she’rni yetti bo‘g‘inli misralar (4 + 3 turoqli) vaznida tarjima qilgan. B) Bu she’r shaklan maktub tarzida yozilgan. C) She’r satrlaridagi “choyxona”, “choy”, “tong yuzli dildor”, “shohi ro’mol”, “ohu ko’z”, «lolagun» so‘z- timsollari Sharqni eslatib turadi. D) She’rning har bir bandidagi takrorlar she’rning o‘ziga xos ohangi, jarangi va ta’sirchanligini ta’minlagan. 28. Qaysi javobda nomi keltirilgan asarda har qanday zamonda ham insonning qadri oddiy ashyolardan baland turadi, har qanday davrda ham kimgadir yaxshilik qilish eng go‘zal fazilat bo'lib qolaveradi, degan fikr ilgari surilgan? A) «Shum bola»
B) «Shahzoda Plombir» C) «Gulliverning sayohatlari» D) «Kichkina shahzoda» 29. Bir xil janrda yozilgan asarlar qaysi qatorda ko‘rsatilgan? 1) «Falak»; 2) «Qizil durrali sarvqomatim»; 3) «Ruhlar isyoni»; 4) «Bahor qaytmaydi»; 5) «Alvido, bolalik»; 6) «Jenya»; 7) «Qorasoch». A) 1, 2, 4, 5 B) 1, 3, 5, 7 C) 2, 4, 6 D) 1, 3, 7 30. «Navoiy» romanida Husayn Boyqaro kimni ko‘r- ko‘rona shahar qoziligi mansabiga tayinlaydi? A) Majididdinni B) Xo’ja Afzalni C) Shahobiddinni D) Muhammad Burnduqni
|
ma'muriyatiga murojaat qiling