Ona tili va adabiyoti fanidan


Download 223 Kb.
bet26/51
Sana05.01.2022
Hajmi223 Kb.
#222552
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51
Bog'liq
Diktantlar to`plami

(110 ta so‘z)
Uloqda

Handalak tilimi shaklidagi jarlik tepasida tumonat odam. Baqir-chaqiriqlar avjida. Ko‘pchilikning ko‘zi uloq olib ketayotgan chavandozga qadaldi. Chavandozning birinchi bor omadi yurgan bo‘lsa kerak, otining tez chopayotganiga ham qoniqmay, qamchilagani-qamchilagan. Hovliqqanidan atrofdagilarga qo‘shilib ovozi boricha “hayt-huyt” lab, o‘zini ko‘rsatish uchun pakkaga to‘g‘ri yo‘l qolib, egri yo‘ldan aylanib borardi.

Yigit uloqni pakkaga tashlagach, ortidan quyundek yopirilib kelgan uloqchilar uymalashib qolishdi. Ular yerdan echkini olgunlariga qadar orqadan yana bir to‘da uloqchilar ham yetib kelishdi.

Chavandozlar uloqqa yopishar, otlar tuyog‘idan qadam bosishga joy yo‘q. G‘ij-gij to‘daning ustidan quyuq hovur ko‘tariladi. Ur-sur, to‘polon. Qamchilar havoda uchar, otlar jon-jahdlari bilan kishnar, chavandozlar baqirardi. Qo‘llar uloqqa cho‘zilgan, ba’zilar tutgan, ba’zilari tutolmagan.

Chavandozlar soydan esayotgan izg‘irinni ham, kutilmaganda kelib tushgan qamchi zarbini ham o‘yin qizig‘ida sezishmasdi. Go‘yo ular tasodiflarga boy mana shu uloq o‘yini uchun tug‘ilishgandek.

(133 ta so‘z)



Navro‘z

Navro‘z juda ham qadimiy, shu bilan birga muttasil yangilanib borayotgan bayramlarimizdan biridir. U sharq xalqlarining muhtarak ijodi bo‘lib, har bir millat va elat o‘z turmush va yashash tarzi, uf-odatalri doirasida uni nishonlab keladi. Shuning uchun ham Navro‘z, bir tomondan sof milliy, ikkinchi tomondan, baynalminal bayram sifatida rivojlanishda davom etmoqda. U uzoq o‘tmishdan bizning kunimizgacha ulug‘vor qadryatlarimizdan biriga aylandi.

Navro‘z bayrami, uning tarkibi va ota-bobolarimizning ko‘klamni e’zozlashi, suv, olov, tuproq, quyoshga e’tiqod bilan bog‘liq urf-odatlari, marasimlari, qadimiy e’tiqodlardan tortib, bugungi zamondoshlarimizning ilmiy, badiiy qarashlarigacha bo‘lgan ma’naviyat olami singib ketgan bo‘lib, bu bayramn insoniyat, madaniyat rivojining har bir yutug‘idan doimo, kuch va quvvat olib turdi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot va insoniyat falsafiy-estetik tafakkuri darajasiga ko‘ra doimo boyib boradi.

(117 so‘z)



To‘g‘rilik

Aytishlaricha, qadim-qadim zamonda bir podsho koshona qurdirishni ixtiyor etibdi. U mashhur hunarmand ustalarni huzuriga chaqirib, maqsadini aytibdi. Ustalar reja tuzib, eng to‘g‘ri, kam-ko‘sti yo‘q, baland ustun axtarishib, shahar-u qishloqlarni kezib chiqishibdi. Nihoyat, yolg‘iz yashovchi keksa ayol hovlisidagi azim terakni tanlashibdi. Ular kampirga tilla tangalar berib, terakni kesib olib ketibdilar.

Uni saroyning o‘rtasiga o‘rnatibdilar, zarhal naqshlar bilan-ishlov beribdilar. Ustun esa saroy chiroyini yana ham ochib yuboribdi. Saroy bitgach, odamlar uni tomosha qilgani kelishibdi. Saroyni ko‘rish uchun kelgan kampir ham ustunga qarab: «To‘g‘ri o‘sganing uchun mana shunday bezanib, el e'tiborini tortib turibsan. Egri bo‘lib o‘sganingda o‘tin bo‘lib, yonib kul bo‘larding. To‘g‘rilik senga shunchalar izzat-ikrom baxsh etdi. Shu tufayli men ham yo‘qchilikdan qutulib, turmushim yaxshilanib ketdi», - degan ekan.

Demak, to‘g‘rilik, halollik insonni kamolot sari yetaklaydi.




Download 223 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling