Ona tili va adabiyoti fe’lli so‘z birikmalari berilgan javobni aniqlang


Download 22.16 Kb.
bet3/4
Sana04.05.2023
Hajmi22.16 Kb.
#1426151
1   2   3   4
Bog'liq
Ona tili va adabiyot test (2)

U har kuni tushda kelib, laganbardorlarcha itni o‘ynatardi.

Ushbu gapda qatnashgan yasama so‘zlar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri?





    1. Fe’ldan yasalgan ot qatnashgan




    1. Ravishdan yasalgan sifat qatnashgan




    1. Sifatdan yasalgan ot qatnashgan




    1. Otdan yasalgan fe’l qatnashgan




  1. Fitratning “Abulfayzxon” dramasida urishmaslik tarafdori bo‘lib ko‘rinsa ham, o‘z yurtini dushman qo‘liga topshirgan, dushman bilan yashirincha til biriktirgan, buning evaziga esa o‘z o‘g‘lini taxtga

o‘tqazish va’dasini olgan adabiy qahramon kim?


A) Ulfat B) Ibrohimbiy


C) Farhod otaliq D) Hakimbiy





  1. Qaysi javobdagi barcha so‘zlarda nuqtalar o‘rnida o unlisi yoziladi?




    1. tob…ra, mutl…q, muhok…ma




    1. muloq…t, mab…do, muz…kara




    1. mutl…q, munos…bat, far…von




    1. taq…zo, muom…la, taassur…t




  1. Bu shahar haqida nimani bilsangiz, o‘z yurtdoshlaringizga aytib berishingizni iltimos qilaman.

Quyida berilganlardan ushbu ergash gap qismi haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotlarni aniqlang.


1. Ushbu gap egasi ma’lum gap. 2. Ushbu gapda vositali to‘ldiruvchining vositasiz to‘ldiruvchiga tobelanishi kuzatiladi. 3. Ushbu gapda to‘ldiruvchining yasama so‘z bilan ifodalanishi kuzatiladi. 4. Ushbu gapda aniqlovchi va to‘ldiruvchi vazifasini bajargan olmoshlar qatnashgan.





A)1,4

B)2,3

C)1,2,4

D)1,3




  1. Xaloyiq harne qilsa tergamak yo‘q,




Parchada ifodalanishicha, farzand ko‘rganidan sevinib xalqining uch yillik xirojidan voz kechgan xoqon obrazi Navoiyning qaysi asarida uchraydi?

A) “Mahbub ul-qulub” B) “Farhod va Shirin” C) “Hayrat ul-abror” D) Sab’ai sayyor”



  1. Qaysi javobdagi ajratib ko‘rsatilgan so‘zda metafora usuli orqali ma’no ko‘chishi yuz bergan?




    1. Mustaqillik tufayli millatning g‘ururi, obro‘-e’tibori o‘sdi.




    1. Albatta, yurtimizdagi bunday o‘zgarishlarni ko‘rgan ko‘zlar xursand bo‘ladi.




    1. Yanvarning o‘n beshlarida butun qishloq to‘g‘on qurishga otlandik.




    1. Har shanba “Muqimiy”da “Advokatlik osonmi?” dramasi qo‘yilayotgan ekan.




  1. Qaysi javobda Zavqiyning “Ajab ermas” she’ri haqida ma’lumot berilgan?




    1. Ushbu she’r g‘azal shaklida yozilgan bo‘lib, tabiat lirikasining go‘zal namunasi sanaladi. Unda shoir navro‘zni madh etadi. Ko‘klam go‘zalligi islomiy tushunchalar vositasida tasvirlanadi.




    1. Ushbu she’rda dunyo omonat binoga, bo‘yi, vafosi yo‘q gulshanga, jafokor tuban ayyoraga o‘xshatiladi va insonni unga ko‘ngil berib aldanib qolmaslikka chaqiradi.




    1. Ushbu she’rdan shoirning O‘zbekiston gerbidagi tasvirni yodga soluvchi “boshlar uzra soyalar solsun, Humo yetkur” kabi shoirona bashorati o‘rin olgan.




    1. Ushbu she’rning birinchi bandida shoir o‘zini bo‘stonidan adashgan sho‘ridan bulbulga o‘xshatadi. Maqta’da o‘z taxallusiga ham izoh berib o‘tadi.




  1. Qaysi javobda Chingiz Aytmatov qalamiga mansub “Oq kema” qissasiga oid ma’lumot keltirilgan?

+A) Ushbu asarda o‘ziga xos xayolot olami bilan yashaydigan, toshlarni “tuya”, “tank”, “bo‘ri” singari nomlab olgan, o‘tlarni ham “eng birinchi dushman”, “sadoqatli do‘st”, “aqlli va quvnoq” singari turlarga ajratib olgan bola obrazi uchraydi.





    1. Ushbu asarda bolalikda to‘n kiyishib do‘st bo‘lgan sadoqatli do‘sti sevgan qiziga uylanib ketgach, bu xiyonatni umrining so‘ngiga qadar unuta olmagan, ayni paytda yuragida sevgan qiziga va do‘stiga mehr saqlanib qolgan polvon obrazi uchraydi.




    1. Ushbu asarda o‘g‘irlagan pulini “halollab”, “egasini rozi qilib” olishga bahs boylab, bozorda kosib yigitning hamyoniga uzugini solib qo‘yib, uni o‘g‘irlikda ayblagan, ammo mirshab qo‘lidan qutqarib yuborib bahsda yutgan kissavur obrazi mavjud.




    1. Ushbu asarda bir-birlarini ko‘rarga ko‘zi yo‘q, noahil Ilhaq va Is’hoq ismli aka-ukalarning xudoning qahriga yo‘liqib, haqqushga aylantirib qo‘yilgani haqidagi cho‘pchak aytib bergan ona obrazi mavjud.

  1. Qaysi baytda tanosub, tashxis va husni ta’lil she’riy san’atlari qo‘llangan?




    1. Labingdin chun suchuklik qand o‘g‘urlar, Solurlar el ani suvg‘a yalang‘och.

    2. Boshimg‘a yoqqan g‘am toshi mingdin biricha bo‘lmag‘ay,



Gardun agar min Besutun yog‘dursa Farhod ustina.



  1. Hech kim mendek, ilohi, yoridin ayrilmasun,

Mehribon munis o‘shal dildoridan ayrilmasun.





  1. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas.




Download 22.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling