Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi


Download 1.31 Mb.
bet20/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

3-asosiy savol bo’yicha darsning maqsadi: Dramaning adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlari haqida ma’lumot berish.

Identiv o’quv maqsadlari:


1. Dramatik asarlarda ohang, pauza va ovozning baland –pastligi nutqning o’ziga xos xususiyatlari to’g’risida ma’lumot beradi.
2. Dramatik asar syujetining o’ziga xos xususiyatlari borasida fikr bildiradi.
3. Maktabda dramatik asarni o’rganish usullari haqida so’zlaydi. (o’z vohasida).
3-asosiy savolning bayoni:
Dramaning adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlaridan biri , uning sahnada ijro etilishi hisoblanadi. Shu sababdan dramatik asarlarda kishilar obrazi faqat harakatda ifodalanadi, o’zaro so’zlashuvlarida, bu holat qahramonlarning bahs va munozaralarida namoyon bo’ladi. Shuning uchun drama janri so’z san’atinga mansub bo’la ham, sahnada ijro etilishi bilan roman va qissa janridan farq qiladi. Dramada har bir obraz o’z xarakteriga xos xislatlarni jonli tili, hatti-harakati orqali namoyish qiladi. Shunga ko’ra, dramada muallif nutqi bo’lmaydi, balki uning nutqi qavs ichida izohlanadi. Kitobxon yoki tomoshabin dramada sodir bo’layotgan qahramonlarning o’zida payqab oladi. Binobarin dramaturg o’z qahramonlarining hayoti haqida hikoya qilmaydi, balki ularni harakatda ko’rsatadi. Dramatik janr asarlari adabiyotning eng murakkab shakli bo’lib, unda har bir shaxs muallifning izohisiz, o’z so’zi va ismi bilan harakat qiladi, harakat, qarama-qarshilik va dialoglar qahramonlarning xarakterini ochishda asosiy vosita sanaladi.
Dramatik asar qahramonlari o’zlarini faqat harakatda namoyish qiladilar, ularning nutqi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, xatti-harakati bilan bevosita bog’lanadi. Dramatik asarlarda ohang, pauza va ovozning baland –pastligi katta ahamiyatga ega bo’lib, nutqning o’ziga xos bu xususiyati sahnada yanada aniqroq ko’rinadi.
Dramaturg qahramonlarning harakatini ochib berish uchun zarur bo’lgan voqea–hodisalarnigina ifodalaydi. Boshqacha qilib aytganda, tanlab olingan voqea–hodisalar dramada ishtirok etuvchi shaxslar o’rtasidagi qarama-qarshilikni asoslash uchun xizmat etadi. Tasvirlangan masalaga bevosita aloqasi bo’lmagan yoki harakat rivojini susaytiruvchi hayotiy dalillar olinmaydi. Shuning uchun ham dramada biror hayotiy voqea boshdan – oyoq batafsil tasvirlanmaydi, unda inson hayotining eng muhim nuqtalari aks ettiriladi, ya’ni dramaturg o’z g’oyaviy niyatlariga qarab butun voqealarni shunday markazlashtiradiki, tomoshabin katta-katta voqealar mohiyatini kichkina shtrixlardan ham anglab oladi.
Drama syujeti o’zining rivojlanish tezligi va g’oyat siqiqligi bilan xarakterlidir. Dramatik asar syujeti o’ziga xos bu xususiyati bilan nasriy asar syujetidan farq qiladi.
Shuningdek, dramatik asar nasriy va lirik asardan teatr uchun yoziladigani va sahnada ijro etilishi bilan farq qiladi.
Dramatik asar syujeti hayotiy qarama-qarshiliklar asosiga quriladi, hayotiy kurashlarni aks ettirish o’ringa qo’yiladi.
Yuqorida qayd qilingan xususiyatlariga qarab maktabda dramatik asarni o’rganish usullari belgilanadi.



Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling