Asar syujetini tahlil qilish
Kitobxon, u kim bo’lishdan qat’i nazar, avvalo, asar mazmunini bilib oladi. Har bir yozuvchi asarni turlicha ko’rilishda yaratadi, voqealarni turli tartibda bayon etadi, syujetni turli shaklda ifodalaydi. Shu sababli, har bir asar takrorlanmas badiiy xususiyatga ega bo’lib, unda yozuvchi va qahramonning o’zaro munosabati o’ziga xos tarzda ifodalanadi.
Kitobxon asar mazmunini, ifodaligili va badiiyligini birinchi bobni o’qish bilanoq his etadi. Masalan, Abdulla Qodiriyning «Mehrobdan chayon» romanining mazmuni birinchi qismda «Ra’noning egasi» Anvar ekanligi bayoni bilan boshlanadi. uni o’qigan kitobxon roman mazmunini to’liq bilib olishga oshiqadi. Shunga ko’ra, o’qituvchiga nasriy asrani o’rgalash (yoki suhbat) bilan boshlash tavsiya etiladi. O’qituvchi asarni o’rganishni shu tartibda boshlash bilan o’quvchilarda navbatdagi tahlilga ishtiyoq, intilish hissini uyg’otadi.
Maktabda asarning mazmunini o’zlashtirish butun boblari yoki bir qismi bo’yicha reja tuzishga hikoyalashga yordam beradi. Reja o’qituvchi yordamida tuziladi.
Nasriy asarda qahramonlar obrazini o’rganish
Kitobxon asarda hikoya qilingan voqea bilan birga obrazlar xarakterini, taqdirini bilishga ham qiziqadi. Adabiy qahramon badiiy haqiqat bo’lib, usiz asarni ham, yozuvchining mavqeini ham bilib bo’lmaydi.
Darsda qahramon obrazini tahlil qilishda unga xos xislat-fazilatlar ochilgan taqdirdagina o’quvchilar o’z-o’zini va atrofidagi odamlarni tushunadilar, anglaydilar, inson shaxsining kamol topishi, rivojlanishi uchun nimalar qilish, qanday hislatlarni egallash kerakligini bilib oladilar. Ularning bunday tushunchaga ega bo’lishlari uchun darsda qahramon obrazi tahlil qilinayotganda quyidagilarga e’tibor beriladi:
obrazning hayotga va hayotda yuz bergan voqea-hodisalarga bo’lgan munosabatiga;
o’z maqsadini amalga oshirish yo’lida olib borgan kurashiga;
xulq-atvori va qobiliyatiga;
kitobxonga ko’rsatgan ta’siriga, o’z davri uchun qanchalik tipikligiga.
Do'stlaringiz bilan baham: |