Umumiy tushunchalar: Metod pedagogik kategoriya sifatida ko’zda tutilgan o’quv-tarbiyaviy jarayonning umumiy maqsadiga erishishning yo’llarini anglatadi. O’qitish jarayonida metod qo’llanishi uchun a) o’quvchilar, b) o’qituvchi, v) o’zlashtiriladigan mazmun yoki erishiladigan natija kabi uch unsur bo’lishi kerak.
O’qituvchi o’quvchilardagi adabiy tushunchalarning rivojlanish bosqichlarini bilmasdan turib, ta’limda usullarni qo’llash samarali natijalarga erisha olmaydi. Psixolog olimlarning fikricha, o’quvchi o’z rivojida turli bosqichlarni – kichik (10-12 yosh), katta (13-14) va o’spirinlik (15-17 yosh) davrini boshdan kechiradi.
O’quvchilarni adabiy tushunchalarning rivojlanishi ma’lum sinfda o’qishiga ham mos bo’ladi. Ya’ni kichik o’smir V – VIII sinflarda , katta o’smir VIII – IX siflarda o’qiydi. Adabiyotni o’rganish prinsiplarini tushunish, bu fanga oid ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’ziga xoslik va qonuniyatlarni, o’quvchilarning yosh xususiyatlarini o’rganish va ularni hisobga olish zarur.
Kerakli jihoz va materiallar: Vatman, rangli markerlar, flipchart qog’oz, doska, skotch, tarqatma jihozlar, A4 bichimdagi qog’oz.
Ishni bajarish tartibi: Ta’lim metodlarining afzallik va kamchilik tomonlarini aniqlang. Ta’lim metodlarini dars mobaynida qo’llashda o’quvchilarning yosh xususiyatlari hisobga olinishi masalasini o’rganing. Ta’lim metodi tushunchasini olimlar qanday izohlaganliklarini tahlil qiling
Adabiyotlar:
1. To`xliyev B. Adabiyot o’qitish metodikasi. –T.: “Yangi asr avlodi” 2006. -152 b Sayidahmedov N. Ochilov A. Yangi pedagogik texnologiya mohiyati va zamonaviy loyihasi. –T.: RTM, 1999. –55 b.
2. Sariboyeva M. Alisher Navoiy epik asarlarini interfaol usullarda o’rganish.
–T.: “Adib” 2014. -136 b.
3. Tolipov O’, Usmonboeva M. Pedagogik texnologiyalarning tatbiqiy asoslari. –T.: “Fan” nashriyoti. 2006. – 261 b.
4. Farberman B.L. Ilg’or pedagogik texnologiyalar. –T.: “Fan”, 2000. -128 b.
3-seminar mashg’ulot. Ijodkor tarjimai holini o’rganish
Do'stlaringiz bilan baham: |