Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


Download 1.31 Mb.
bet54/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

Identiv o’quv maqsadlari:


1. O’rta maktab dasturida epik asarlar salmoqli o’rinni egallashi haqida so’z yuritadi.
2. Asar syujetini tahlil qilish yo’llari xususida gapiradi.
3. Nasriy asarda qahramonlar obrazi, yozuvchining nasriy asarda tutgan o’rni to’g’risida fikrlarini bildiradi.
Umumiy tushunchalar: Darsda qahramon obrazini tahlil qilishda unga xos xislat-fazilatlar ochilgan taqdirdagina o’quvchilar o’z-o’zini va atrofidagi odamlarni tushunadilar, anglaydilar, inson shaxsining kamol topishi, rivojlanishi uchun nimalar qilish, qanday hislatlarni egallash kerakligini bilib oladilar. Ularning bunday tushunchaga ega bo’lishlari uchun darsda qahramon obrazi tahlil qilinayotganda quyidagilarga e’tibor beriladi:

      • obrazning hayotga va hayotda yuz bergan voqea-hodisalarga bo’lgan munosabatiga;

      • o’z maqsadini amalga oshirish yo’lida olib borgan kurashiga;

      • xulq-atvori va qobiliyatiga;

      • kitobxonga ko’rsatgan ta’siriga, o’z davri uchun qanchalik tipikligiga.

Yirik epik asarlarni o’rganishni yuqori sinflarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida amalga oshirish rejalashtirilgan. Epik turga mansub asarlar matni ustidagi ish adabiy ta’limning o’zak masalalaridan biridir
Kerakli jihoz va materiallar: kompyuter, proektor, tarqatmalar, marker, A4 bichimdagi qog’oz, flipchart qog’oz
Ishni bajarish tartibi: Yozuvchining nasriy asarda tutgan mavq’eini o’rganing. Dramaning adabiy tur sifatida o’ziga xos xususiyatlarini tahlil qiling. Lirikani o’rganishda yangi innovatsiyalardan foydalanish yo’llarini aniqlang.
Adabiyotlar:
1. Yo’ldoshev Q. Adabiyot o’qitishning ilmiy-nazariy asoslari. –T.: “O’qituvchi”, 1996. 126-127 b.
2. Zunnunov A. Adabiyot o’qitish metodikasi. - T.: “O’qituvchi”, 1992. 16-b.
3. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014.
4. Sariboyeva M. Alisher Navoiy epik asarlarini interfaol usullarda o’rganish. –T.: “Adib” 2014. -136 b.


Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling