Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


Download 1.31 Mb.
bet9/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

1-asosiy savolning bayoni:
Mustaqillik yillari adabiyot o‘qitish metodikasi bo‘yicha bir qator jiddiy tadqiqotlar amalga oshirildi. Q.Yo‘ldoshev, S.Matchonov, B.To‘xliyev, M.Mirqosimova, Q.Husanboyeva kabi metodist olimlar soha rivojiga katta hissa qo‘shdilar.
*Qozoqboy Yo‘ldoshev. Adabiyot o‘qitish sohasidagi sifat va mazmun jihatdan jiddiy o‘zgarishlar taniqli metodist va adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‘ldoshevning ilmiy izlanishlari hamda amaliy faoliyati bilan chambarchas bog‘liq. Olimning "Yangilangan pedagogik tafakkur va umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitishning ilmiy-metodik asoslari" mavzusidagi doktorlik ishi hamda "Adabiyot o‘qitishning ilmiy-nazariy asoslari" nomli monografiyasi49 adabiy ta’lim metodikasida tub burilishlarga asos soldi. Monografiya respublikamizning filolog mutaxassislar tayyorlaydigan oliy o‘quv yurtlarida, o‘z ishiga vijdonan yondashadigan o‘qituvchilar uchun amaliyotda asosiy qo‘llanma sifatida foydanilmoqda. U "yangilanayotgan pedagogika ilmida hamda adabiy ta’lim metodikasi fanida ro‘y bergan, berayotgan va bo‘lishi kutilayotgan o‘zgarishlarning o‘ziga xos xususiyatlarini nazariy jihatdan umumlashtirish va pedagogik tajribaga tayangan holda amaliy jihatdan tadbiq qilishni asoslash samarasi o‘laroq vujudga keldi"50. Risolaning umumiy yaxlitlangan holdagi fazilatlari, bizningcha, quyidagilardan iborat:
Ishda maktabda adabiyot o‘qitishning maqsad, vazifalari, mazmuni singari masalalarga alohida e’tibor qaratilgan va bu tushunchalarga ilk bor uzil-kesil aniqlik kiritilgan.
Adabiyot o‘qitish ishini sinfiylik, ijtimoiylik, g‘oyaviylik nuqtai nazaridan tadqiq etilishini tanqid ostiga olinib, endilikda amal qilinishi kerak bo‘lgan sof badiiy-estetik va ma’naviy-pedagogik yondashuv tamoyillari belgilab berilgan.
Metodikada birinchi marta o‘quv tahlili to‘liq umumnazariy tarzda o‘rganilgan va tahlil turlari, ularga qo‘yiladigan talablar, didaktik tahlilning tamoyillari, tahlilni amalga oshirish usullari haqida batafsil fikr yuritilgan.
O‘quvchilar badiiy adabiyotni nima uchun o‘qishlari kerakligi, ularga qanday asarlar tavsiya etilishi lozimligi, bu asarlarni o‘zlashtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda qanday sifatlar shakllantirish ko‘zda tutilishi aniq-ravshan belgilab berilgan.
Badiiy adabiyotni o‘rganish mashg‘ulotiga jamiyat tomonidan belgilab berilgan bosh umumiy maqsaddan tashqari har bir o‘qituvchi va o‘quvchining xususiy maqsadi ham bo‘lishi mumkinligi singari butunlay yangicha fikrlar ilgari surilgan.
Mazkur qo‘llanmada, shuningdek, adabiy ta’lim ishtirokchilarining siyosatdan, mafkuradan holi turishi hamda dunyoqarashlar xilma-xilligi sharoitida ish ko‘rishiga moslashish tamoyillari tadqiq qilingan.
Adabiyot o‘qitishda sog‘lom falsafiy asoslarga tayanish, ayni vaqtda, dunyoqarashni shakllantirishda o‘quvchi shaxsi va uning tafakkur tarziga tazyiq o‘tkazishga yo‘l qo‘ymaslik kerakligi ta'kidlanib, didaktik plyuralizm komil shaxsni shaklantirishning eng maqbul yo‘li ekanligi hisobga olingan holda xulosalar chiqarilgan va tavsiyalar berilgan.
O‘zbek adabiyotini o‘qitishga doir yangicha xulosalarga kelishda o‘tmish tajribasi bilan birga zamonaviy o‘zbek metodika ilmining namoyondalari qarashlari ham atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek, qardosh va jahon metodist olimlarining ilg‘or fikrlarini sinchiklab o‘rganilgan va o‘zbek adabiy ta’limi nazariyasi hamda amaliyotiga muvofiq keladigan xulosalar saralangan.
Nazariy va amaliy jihatdan beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan bu risola yaratilgandan buyon adabiy ta’limning davlat ta’lim standartlarini belgilashda, uning konsepsiyasini yaratishda, o‘quv rejalarini tuzishda, o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va darsliklar yozishda tayaniladigan sog‘lom ilmiy asos bo‘lib xizmat qilib kelmoqda. Bayon etilgan ilmiy-nazariy qarashlarni, amaliy natijalarni bevosita, to‘g‘ridan to‘g‘ri mumtoz adabiyot namunalarini o‘qitish jarayoniga tadbiq etish mumkin.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling