Ona tili ва adabiyotini o’qitish metodikasi


Download 1.31 Mb.
bet5/60
Sana21.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1790692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
portal.guldu.uz- Majmua. O‘zbeki tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi

Abdulla Avloniy 1878 yil 12 iyulda Toshkent shahridagi Mergancha mahallasida Miravlon aka hamda Fotima opalar xonadonida dunyoga kelgan. U dastlab Akramxon domlaning xususiy maktabida savod chiqaradi, 1890 yildan avval mahalladagi madrasada o‘qiy boshlaydi, so‘ng uni Shayxontahurdagi Abdul-malikboy madrasasida davom ettiradi. «Adabiyotga havas unda shu yillari uy-g‘ondi. Navoiy she’riyatiga, Fuzuliy g‘azallariga mehr qo‘ydi. So‘ngsiz bir ishti-yoq bilan fors tilini o‘rgandi. Sa’diy va Hofizning sehrli olamidan zavq-shavq oldi»27. Avloniy shoir, nosir, dramaturg, publitsist va mudarris sifatida shuhrat qozonadi. U dastlabki milliy darslik va qo‘llanmalar muallifi hamdir.
Toshkentdagi dastlabki usuli jadid maktablarining tashkil etilishi Avloniy (1904) nomi bilan bog‘liq. Uning Mirobod (1907-1908), Degrez mahallalarida (1909) maktab ochganligi yaxshi ma’lum. Muhimi, u mazkur maktablar uchun zarur bo‘lgan darsliklarni ham yaratadi.


«Birinchi muallim», «Ikkinchi muallim», «Turkiy Guliston yoxud Axloq», «Maktab gulistoni» shular jumlasidandir. B. Qosimov uning o‘z davrida bosilmay qolgan «Uchinchi muallim», «Maktab jug‘rofiyasi», «Hisob masalalari» darsliklarini ham ko‘rsatgan edi28.


«Muhtaram muallim afandilarimizdan rijo qilurmanki, bizning «Birinchi muallim»imizdan ham olub, tajriba qilub, o‘qutub ko‘rsalar», – deydi muallifning o‘zi. Unda didaktik ruh nihoyatda kuchli bo‘lgan hikoya va ibratnomalar jamlangan. Yolg‘onchilikni qoralash («Yamonliq jazosi»), sabr-toqatli va qanoatli bo‘lish («Qanoat»), yaxshilik qilishga da’vat («Yaxshilik yerda qolmas») singari ezgu g‘oyalar ularning asosiy mazmunini tashkil etadi.
«Ikkinchi muallim» kitobining muqaddimasida muallif «Birinchi maktablarimizning shogirdlarina alifbodan so‘ng o‘qutmak uchun ochuq til va oson tarkib ila yozulub, axloqiy hikoyalar, adabiy she’rlar ila ziynatlanmish»29,– deb ta’kidlagan bo‘lsa, «Turkiy guliston yoxud Axloq» asari muqaddimasida «Men bu asari nochizonamni30 birinchi maktablarimizning yuqori sinflarida ta’lim bermak ila barobar ulug‘ adabiyot muhiblari31, axloq havaskorlarining anzori32 oliylarina taqdim qildim»33,– deydi.
A. Avloniy tarbiyaning bu o‘zgartiruvchi kuchiga, odamzod tabiatini o‘zgartirish ta’siriga katta baho beradi: «Axloqimiz binosining go‘zal va chiroyli bo‘lishiga tarbiyaning zo‘r ta’siri bordur. Ba’zilar tarbiyaning axloqqa ta’siri yo‘q, insonlar asl yaratilishida qanday bo‘lsalar, shunday o‘sarlar, tabiat o‘zgarmas….. – demishlar. Lekin bu so‘z to‘g‘ri emasdur. Chunki tarbiyaning axloqqa, albatta, ta’siri bo‘ladur. Oramizda masal borki, «sut ila kirgan jon ila chiqar», mana bu so‘z to‘g‘ridur»34. Tadqiqotchi R. Barakayev Avloniyning «Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom» kitobini bolalar uchun maxsus moslashtirilgan kitob sifatida baholaydi: «Aslida Qur’oni Karimdagi oyatlarning yettidan bir qismini ajratib olib, boshlang‘ich maktablarda aynan shu qismni o‘rgatishning o‘zi ham kattalar uchun yaratilgan asarni bolalarga moslashtirish (adaptatsiya)ning bir usuli sifatida baholanishi joiz»….. «Inchunin, «Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi islom» ham an’anaviy «Tarixi anbiyo»larni soddalashtirish va yosh kitobxonlar saviyasiga moslashtirish mahsuli sifatida XX asr boshlaridagi o‘zbek bolalar adabiyotidagi o‘ziga xos izlanishdir»35.
Abdulla Avloniy muharrir sifatida «Shuhrat» gazetasini (1907-yil 4-dekabr) nashr etadi. 1917-yil Fevral inqilobidan keyin esa «Turon» gazetasini chiqara boshlaydi. Bu gazetaga «Yashasin xalq jumhuriyati!» degan shior tanlangan edi. Avloniy «Hijron» taxallusi bilan she’rlar yozadi, publitsistik maqolalari ostiga esa «Mulla Abdulla», «Avloniy», «Abdulla Avloniy», «Indamas» deb imzo chekardi. U teatrda ayrim rollarni ijro etgan aktyor sifatida ham mashhur edi. O‘zi «Advokatlik osonmi?», «Pinak», «Biz va Siz», «Ikki sevgi», «Portugaliya inqilobi» singari dramalarini yozadi. Abdulla Avloniy «Maktab Gulistoni» darsligida adabiy asarlarni ifodali o‘qishning yakka va ko‘pchilik bo‘lib o‘qish, ifodali o‘qish, dialog, drama holiga keltirish turlarini ko‘rsatadi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling