Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU Maktabgacha ta’lim yo`nalishi sirtqi bo`limi 20/11- guruh talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan sessiya oraliq nazorat ishi
15-variant
Topshiriqlar:
Matnni bo`g`inlarga ajratish va urg`usini qo`yish.
Tagiga chizilgan so`zni fonetik tahlil qilish.
Matndagi so`zlarni morfemik tahlil qilish.
Matndagi gaplarni so`z birikmasiga ajratib tahlil qilish.
Matndagi ko`chirma gaplarni o`zlashtirma gapga aylantiring.
Matn.
Mayli endi, azizim besh-olti yil emas, besh -olti, kun deyapti-ku? Kep qolar erta-indin. (O.Y.) 2. Qani bir nay bo‘lsa, Yo‘lchi ham chalsa-da, butun ko‘ngil qayg‘ularini, oila o‘chog‘idan ayrilgan g‘arib, tanho ruhning to‘lqinlarini kechaning sukut to‘la og‘ushiga qo‘ysa... 3. – Shunaqami? U kishi ham diplom yoqladilarmi? – dedi Otaqo‘zi kesatib. 4. Ona yerim – oltin tuprog‘im. 5. “Ie, Hoji aka, sizga dori berish esimdan chiqibdi-ku, yuring!” – dedi va Hojini yetaklab chiqib ketdi. (A.Q.) 6. Kampirlar bir-biriga qarashdi va hamma birdan: - Nega, nega bo‘lmas ekan!- dedi. - Bo‘lsa nega indamaysizlar? Qani, To‘xta xola, gapiring! (A.Q.) 7. Hozirgi kunda xalqaro maydonda O`zbekistonning yuksak e’tirof va obro`-e’tibor qozonayotgani haqida to`xtalmasdan o`tolmaymiz. (Islom Karimov) 8. Mamlakatimiz tarixan qisqa vaqt mobaynida dunyo hamjamiyatida munosib o`rin egalladi, kerak bo`lsa, o`zining mustaqil ovoziga ega bo`ldi. (Islom Karimov)
Do'stlaringiz bilan baham: |