Tuzuvchi: dots.M.Jumaniyozova
UrDU Maktabgacha ta’lim yo`nalishi sirtqi bo`limi 20/11- guruh talabalari uchun “Ona tili va bolalar adabiyoti”dan sessiya oraliq nazorat ishi
3-variant
Topshiriqlar:
Matnni bo`g`inlarga ajratish va urg`usini qo`yish.
Tagiga chizilgan so`zni fonetik tahlil qilish.
Matndagi so`zlarni morfemik tahlil qilish.
Matndagi gaplarni so`z birikmasiga ajratib tahlil qilish.
Matndagi gaplarni sintaktik tahlil qilish
Matn.
1. Quyoshning so`nggi nurlari qadalgan bulut parhalari shamday so`nib, shamol asta-sekin tina bordi(Jyul Vern). 2. Alimardon parparonday yelib ketgan mashinaning orqasidan qarab tishlarini g‘ijiriatib qoldi. (O’.Hoshimov.). 3. Baholarni boshqarib turmasdan O`zbekiston sharoitida bozor munosabatlariga o`tish qiyin. (Islom Karimov). 4. Ular tepani kamardek o’rab o’tgan so’qmoqlarni zinadek bosib pastga tushishdi. (Sh. Xolmirzayev.). 5. Quduqdan sal narida ko’xna tosh qo’rg’onning vayronalari saqlanib qolgan edi. (A.S.Ekzyuperi.). 6. Anvar yumshoq o’rindiqli kresloni Alimardonning oldiga surdi. (O’.Hoshimov.). 7. Bekat kasalxonasining bosh vrachi Qamariddin Shamsiddinovning otasi mashhur tabib o’tgan. (Sh. Xolmirzayev.). 8. Negaligini xudo biladiyu dilimni yana qo’rg’oshindek g’ashlik qopladi. (A.S.Ekzyuperi.).
Do'stlaringiz bilan baham: |