Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
361-mashq. O‘qing. Sodda yig‘iq va yoyiq gaplarni aniqlang. Ikki bosh bo‘lak-
li sodda yoyiq gaplarni yig‘iq gapga aylantirib ko‘chiring. 174 1. Qani, yur! (X. To‘xtaboyev) 2. Kelinoyim tuzalib ketdi. Keyin akam urushdan yarador bo‘lib qaytib keldi. (P. Qodirov) 3. Ertalabki shirchoyni bobom bilan birga ichdik. (G‘ayratiy) 4. Ahmad ko‘chaga chiqdi. Kun issiq, borliq lov-lov yonardi. (F. Musajonov) 5. – Chida, o‘g‘lim, chida. Shaharga tushaverishda buloq bor. O‘shandan ichasan. Biz ham ichamiz. Ulovlarni ham sug‘oramiz. (Sh. Xolmirzayev)6. Ham- roboy ota hasrat bilan o‘rikning g‘adir-budur tanasini qo‘llari bilan ohista siypaladi. (S. G‘afurov) 7. O‘qishlar ham tugadi. Karim ertaga buvasi bilan tog‘ga jo‘naydi. (S. Anorboyev) 8. – Ko‘ylaging juda chiroyli ekan, ortoqjon. (M. Murodov) Gap bo‘laklari Bosh bo‘laklar 362-mashq. O‘qing. Gaplarning ega va kesimini topib, qaysi so‘z turkumi bilan ifodalanganini ayting. Gaplarni ikkinchi darajali bo‘laklarni tushirib o‘qing. Bosh bo‘laklarning gap tuzilishidagi ahamiyatini tushuntiring. 1. Saman qo‘rquv ichida butun kuchini to‘plab yana oldinga sakradi. (N. Fozilov) 2. Unsin uy ishlarida kampirga ko‘maklashadi. (Oybek) 3. Biz Vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. (X. Davron) 3. Toshkent ko‘chalaridan avtobus, tramvaylar qatnaydi. (M. Hamidova) 4. Vodil – qadimdan bozori qishloq. Bu yerda har dushanba kuni nihoyatda gavjum, tirband bozor bo‘ladi. (K. Yashin, Hamza) 5. Toshkent do‘stlik, tinchlik, birodarlik shahri sifatida butun dunyoga mashhurdir. (M. Hamidova) 6. Otasining hunarini yaxshi egal- lab olgan bu yigitcha uchun qishloqda ish ko‘p edi. (S. Ahmad) 7. Ko‘nglimga yaqin bironta do‘stim yo‘q. Hayotimdagi birdan-bir ilinjim, ovunchog‘im – ish. (S. Nurov) 8. Maktabimizning oldida kat- takon do‘nglik bor. (E. Raimov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling