Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet148/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

367-mashq. Gaplardagi kesimni aniqlab, sodda kesim va murakkab kesimga 
ajratib yozing. Murakkab kesimlarni murakkab fe’l kesim va murakkab ot kesim-
ga ajratib, tuzilishini tushuntiring. 
1. Bu yer bo‘lsa dengiz sathidan ikki-uch ming metr baland, havo 
ancha siyrak. (S. Anorboyev) 2. Ertalab soat yettilarda yotoqxona oldiga 
usti yopiq yuk mashinasi keldi. (S. Siyoyev) 3. Charos allaqanday o‘y-
chan, jizzaki bo‘lib qoldi. (O‘. Hoshimov) 4. Baland, serbezak shiftda, 
oltin suvi yugurtirilgan kuchli zanjirda kattakon qandil hisobsiz chiroq-
lari bilan gavharday tovlanib turar edi. (M. Ismoiliy) 5. Ahmad Husayn 
yana bir necha kun uydan qo‘zg‘almadi. Uning ermagi yolg‘iz kitoblar 
bo‘ldi. (Oybek) 6. Omon mustaqil fikrli, cho‘rtkesar, uzoqni ko‘ra ola-
digan, tadbirkor, yaxshi do‘st edi. (S. Karomatov) 6. Biroq hayotning 
ravon yo‘lidan ko‘ra so‘qmog‘i ko‘p. (S. Karomatov) 7. Yer! Qanday 
boysan, saxiysan, go‘zalsan. (R. Fayziy) 8. Qimirlagan jon yo‘q emish. 
Behishtday bir olam emish. (T. Murod) 9. Sharofatxon bir katta kosada 
semiz qo‘y go‘shtidan pishirilgan sho‘rvadan keltirdi. (Oybek)10. Qish-
loqda birovdan kaltak eyish azal-azaldan er yigit uchun or sanaladi.
(N. Norqobilov) 11. Saroy vaziri podsho huzurida o‘zini sokin va beta-
kalluf tutgan hakimni birinchi marotaba ko‘rishi edi. (M. Osim) 12. Arra 
ham qilichdekkina ekan. (X. To‘xtaboyev) 13. Boshlang‘ich ta’lim 
bilimlar poydevori hisoblanadi. (Fan va turmush” jurnalidan)  
14. O‘qish tugarmidi? O‘la-o‘lguncha o‘qish kerak. (Uyg‘un) 


177 
368-mashq. Berilgan gaplardagi kesimlarning mustaqil yoki nomustaqilligiga 
ko‘ra turini ayting.
1. Yerda ham xosiyat ko‘p.. Yerga cho‘pni tiqib qoʻysang, ko‘karib, 
qulochga sig‘mas daraxt paydo bo‘ladi. (Oybek) 2. Boylik botqoqqa 
o‘xshagan narsa. Domiga bir tortsa, bir umrga g‘arq bo‘lib ketishing 
turgan gap. (F. Musajonov) 3. Do‘stim, hayotga chuqurroq qarasangiz, 
to‘g‘ri bilan egrini ayira bilasiz.. (Oybek) 4. Bir tup tok eksang, bir tup 
tol ek. (Maqol) 5. To‘g‘ri bo‘lsang, o‘sib borib, gul bo‘lasan, egri bo‘l-
sang, o‘sib borib, kul bo‘lasan. (Maqol) 6. Dadamga mening arzimni 
aytsangiz, albatta, qaytarmas. (A. Qodiriy) 7. Siz shu yo‘sinda yura ber-
sangiz, erta-indin o‘g‘ildan ajralasiz. (A. Qodiriy) 8. Sen xafa bo‘lsang, 
men ham xafa bo‘laman-da, qo‘zichog‘im. (H. Nazir)

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling