Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 387-mashq.
386-mashq. O‘qing. Gaplardagi izohlovchilarni topib, izohlanmish bilan birga
ko‘chiring va izohlovchining ma’nosini tushuntiring. 1. Usta Olim o‘z uyiga do‘kon qurgan ekan, ginalab yurmasin, deb fotihaga kelgan edim. (A. Qodiriy) 2. Mahallada, shoir Shukrullo taxta 185 imorat qurib, ko‘chamizning husnini buzdi, unda did yo‘q ekan-ku, de- gan gap tarqalibdi. (Shukrullo) 3. Butun borliq og‘ir uyquga cho‘mgan- day. Faqat Begmat boyo‘g‘ligina uxlayolmasdi. (O‘. Usmonov) 4. Do‘stining dov-daragini surishtirish uchun Qoratoy temirchi yelib- yugurdi. (Oybek) 5. O‘zbek sistemaviy tilshunosligining shakllanishi va rivojlanishi professor Abdulhamid Nurmonovning nomi bilan bevosita bog‘liq. (“O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali) 6. Biz o‘zimiz yashab turgan mamlakatni ona-Vatan deb ataymiz. (M. Hamidova) 7. Qo‘qon- da nomerda bir o‘ris injener bilan tanishdim. (Oybek) 8. Bilasan-ku, G‘anijon akam mo‘min-qobil, mehnatkash, zehni baland yigit edi. (Oy- bek) 9. Saodat xola bir bo‘yracha joydagi jo‘xorizordan uch-to‘rtta so‘ta olib kelgan edi. (H. Nuriy) 10. Soli sovuq mingboshining o‘ng qo‘li bo‘lsa, Juman pismiq Soli sovuqning o‘ng qo‘li. (M. Ismoiliy) 11. Orol- ni asrash komitetining tashabbusi bilan O‘zbekiston melioratsiya va suv xo‘jaligi vaziri K. Sapaev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. (Gazetadan) 12. Xolasi chevar-jomado‘z edi. (Oybek) 13. Hovli eshigidan yosh-yosh o‘g‘il va qiz bolalar chuvullashib chiqishdi. (Oybek) 14. Yubiley komissiyasining raisi – bosh injener Umrzoq minbarga chiqdi. (S. Ah- mad) 15. Ko‘prikdan qochib ketayotgan oxirgi soldatlar orasida nemis kapitanining mundiri ko‘rinib koldi. (I. Rahim) 16. Norin daryosi tog‘ oralaridan buralib, ko‘pirib oqib chiqyapti. (S. Ahmad) 17. Men “Tafak- kur” jurnalini sevib mutolaa qilaman. 18. Navoiy ko‘chasi tun qo‘ynida g‘oyatda so‘lim edi: behisob chiroqlar yulduzdek miltirab yonib yotibdi. (Mirmuhsin) 19. Ular Kamoliddin Behzod nomidagi Rassomlik va dizayn institutiga imtiyozli tarzda, imtihonsiz qabul qilinadilar. (Gazetadan) 20. Zokirjon Xolmuhammad o‘g‘li Furqat o‘z vatandosh- larini zamonaviy bilimlarni puxta egallash va ilg‘or xalqlar qatoridan o‘rin olishga chaqirgan. 387-mashq. Berilgan namunalar asosida izohlovchili birikmalarga besh-oltita- dan misol toping. Topgan misollaringizni qatnashtirib 4-5 ta gap tuzing. 1) direktor Qodirov, professor Ne’matov, … 2) qirg‘iz ayol, o‘zbek shoiri, … 3) ayol qo‘shiqchi, erkak shaxmatchi, … 4) oshpaz Mamat, Nodir duradgor, shoir Abdulla Oripov, … 5) Salim chaqqon, Halim puchuq, Ahmad kalla, … 6) Baykal ko‘li, Zarafshon daryosi, …. 186 7) “Yoshlik” jurnali, “Ma’rifat” gazetasi, … 8) Navoiy ko‘chasi, Muqimiy nomidagi teatr, … Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling