Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- 380-mashq.
378-mashq. Vositasiz to‘ldiruvchilarni topib, belgili yoki belgisiz tushum
kelishigi shaklida ifodalanish sababini tushuntiring. 1. Bo‘pti, qaynoq-qaynoq choy ich-da, borib yot. (S. Ahmad) 2. Qa- nisan, bolam? Manavi choyni ich. Dolchin solib damlaganman. (S. Ah- mad) 3. Dehqonchilik qilib, paxta ham ekkanman. O‘toq qilganman, g‘o‘za chopganman, paxta terganman. (N. Safarov) 4. Paxtani terib 182 olaylik, dam olish bo‘lsa qochmas. (N. Safarov) 5. Afandim, kim qur- bonlikka qo‘y so‘ysa, qiyomat kuni qil ko‘prikdan o‘sha qo‘yni minib o‘tar emish, shu rostmi? (“Latifalar”dan) 6. Har vaqt maqtaydigan pichog‘ini qinidan sug‘urib, tarvuzni kesdi. (Oybek) Bunda bulbul kitob o‘qiydi, Bunda qurtlar ipak to‘qiydi, Bunda ari keltiradi bol, Bunda qushlar topadi iqbol. (H. Olimjon) 379-mashq. Berilgan ko‘chirma gapli qo‘shma gaplardan murakkab vositasiz to‘ldiruvchili sodda gap hosil qiling. Namuna: – Meni yolg‘iz tashlab ketmang, – dedi Qumri Qamchiga yolvorib. – Qumri Qamchiga yolvorib o‘zini yolg‘iz tashlab ketmasligini so‘radi. 1. – Meni yolg‘iz tashlab ketmang, – dedi Qumri Qamchiga yolvorib. (H. G‘ulom) 2. Juftlik yolg‘iz kishilar orasidagina emas, yer yuzidagi har bir maxluqda ham bor.. – dedi Anvar. (A. Qodiriy) 3. – Chuch- varadan keyin choy juda yaxshi ketadi-da, – dedi Boqijon Baqoyev, yuzidagi terni artib. (A. Qahhor) 4. – Xudoyi taolo insonni hamma jonivorlardan azizu mukarram etib yaratdi, – dedi Me’mor o‘rtadagi sukutni yo‘qotib. (Mirmuhsin) 5. Hozir hosil uchun kurashning avji vaqti, – dedi O‘ktam jiddiy tus bilan. (Oybek) 6. Odamning qo‘lidan kelmaydigan hech bir ish yo‘q, – dedi Saodatxon, – odam hamma narsadan zo‘r. (S. Zunnunova) 380-mashq. Vositali to‘ldiruvchilarni aniqlab, grammatik shaklini izohlang. 1. Bir soatlik tafakkur bir yillik toatdan afzal. (Oybek) 2. Bu asbob- larni o‘zlari ishlatadilar. Ketmon bilan yer chopadilar. Belkurak bilan daraxtlarning tagini yumshatadilar. (M. Ismoiliy) 3. Yaxshiga yondash, yomondan qoch. (Maqol) 4. Erim deb tug‘gan onangdan kechasanmi, yuzsiz? (A. Qodiriy) 5. Mulla Fazliddin yosh Boburga Navoiy haqida juda ko‘p ajoyib hikoyalar aytib bergan edi. (P. Qodirov) 6. Tarlonga azonda besh kilo, tushda besh kilo, oqshomda ham shuncha arpa yem berdim. (T. Murod) 7. Olmada A belgili darmondori va ancha miqdorda S belgili darmondori bor. (K. Mahmudov) 8. Ona tabiatimizni hamisha toza, pokiza saqlash haqida qayg‘urmog‘imiz lozim. (Sh. Rashidov) 183 9. Mast uchun gulzor bilan sho‘razor baravar – yanchib o‘taveradi. (Oy- bek) 10. Shoirlarda zehn va shuur o‘tkir, xayol dengizi esa teran bo‘ladi. (A. Hakimov) 13. Do‘sting uchun zahar yut. (Maqol) 14. Novvoy chol peshonasini boylab, tandirga o‘t qalayapti. (S. Ahmad) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling