383-mashq. Quyidagi so‘zlardan sifatlovchili birikmalar tuzing. Shu birik-
malardan 4-5 tasini qatnashtirib gap tuzing.
Keng, moviy, zilol, unumdor, birinchi, boshlang‘ich, ertapishar,
temir, zumrad, xushbo‘y, muattar, duv-duv, to‘rt tup, bu, dukur-dukur,
oqayotgan, to‘kilgan, qizil, tinch, mahoratli, serqatnov.
Osmon, tuproq, tovush, terak, gap, ko‘cha, hayot, ta’lim, suv, o‘rik-
lar, qiz, gul, hid, muallim, daryo, bahor, olma, qoshiq, hovli, aktyor.
384-mashq. “Go‘zal bahor”, “Daryo sohilida”, “Bog‘imiz”, “To‘y”
mavzularidan birida matn tuzing. Tuzadigan matningizda sifatlovchi
aniqlovchilardan foyda-laning.
385-mashq. Gaplardagi qaratqich aniqlovchilarni o‘zi bog‘langan so‘z bilan
birgalikda ko‘chiring. Qaratqichli aniqlovchini qaysi so‘z turkumiga mansubligini
aniqlang.
1. Safarali – bizning tegirmonchimiz. Juda qiziq yigit. (A. Qahhor)
2. Kambag‘alchilik odamning yorug‘ dunyodan bo‘lgan umidini kemi-
rib, zangday yeb tashlar ekan. (A. Qahhor) 3. Otning oyog‘iga yem
tushsa, oyog‘i qotib qoladi. Paylari dirillab uchadi. (T. Murod) 4. E, e,
bolam, tog‘ havosiga nima yetsin. Turgan-bitgani shifo-ku. (S. Anorbo-
yev) 5. O‘nning ikkinchi darajasi yuz. 6. Qo‘y sog‘dirishning o‘ziga
yarasha gashti bor. (Sh. Xolmirzayev) 7. Bu qishloq suvini bir ichgan
odam, tamom, shu yerda tub qo‘yib, ildiz otib ketmay iloji yo‘q.
(F. Nasriddinov) 8. – Madaniyatli bo‘lishning eng birinchi sharti –
soddalik, tabiiylik, – deb yubordim. (F. Musajonov) 9. Maqtanganning
uyiga bor, kerilganning to‘yiga bor. (Maqol) 10. Yaxshining so‘zi –
qaymoq, yomonning so‘zi – to‘qmoq. (Maqol) 11. Bizning vazifamiz
ilmni xalq tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq tajribasini
ilmning elagidan o‘tkazishdir. (A. Qahhor)
Qaratqich va qaralmish deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |