Ona tili va bolalar adabiyoti
-mashq. Gaplarni o‘qing. -lar
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ega va kesim orasida tirening ishlatilishi 374-mashq.
373-mashq. Gaplarni o‘qing. -lar qo‘shimchasining kesimga ortiqcha, noo‘rin
qo‘shilganligini qoida asosida tushuntiring. 1. Namangan, toshkent, qashqadaryolik san’atsevar talabalar faxrli uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldilar (“Ma’rifat” gazetasidan) 2. Muso- baqada 1-, 2-, 4-, 5-, 9-, 10-, 11-, 15-, 31- o‘rta maktablardan 64 nafar sportchilar ishtirok etdilar. (“Ma’rifat” gazetasidan) 3. Tinglovchilar zamonaviy o‘t o‘chirish mashinasini ishlatish jarayoni bilan tanishmoqdalar (“Ma’rifat” gazetasidan) 4. Bu gal ham qizg‘in bahslar ostida o‘tgan «Yil o‘qituvchisi – 2001» ko‘rik tanloviga turli vilo- yatlardan kelgan 14 nafar sara o‘qituvchilar qatnashdilar (“Ma’rifat” gazetasidan) 5. Bola xalqi har bir so‘zing, har bir xatti-harakating, yurish-turishingdagi kichik xatolarni ham tez ilg‘ab oladilar. («Bosh- lang‘ich ta’lim» jurnalidan) 6. Dengizchilar safarlarining qolgan qis- mini Enrikesiz davom ettirishga majbur bo‘ldilar (“Gulxan” jurna- lidan) 7. Shu sababli inglizlar ham raketalarni harbiy ishda qo‘llay boshladilar. (“Gulxan” jurnalidan) 8. Chiriyotgan o‘tlar suvda erib, to‘yimli muhit barpo qiladilar. (“Jahon jug‘rofiyasi” ko‘rsatuvidan) 9. Mamlakatimiz terma jamoasi Eronda o‘z tengqurlari bilan uchrashuv o‘tkazdilar. (“Ma’rifat” gazetasidan) 10. Ikki guruhga bo‘linib, o‘quvchilar bu ishni bajarishga kirishadilar (“Boshlang‘ich tahlim” jurnalidan) 11. Sho‘r botqoqlar million yillar davomida o‘z qiyofalarini o‘zgartirib boradilar. (“Jahon jug‘rofiyasi” ko‘rsatuvidan) Matbuot, radio, televideniyedan kesimga -lar qo‘shimchasi ortiqcha, noo‘rin qo‘shilgan 10 ta misol topib yozing. 180 Ega va kesim orasida tirening ishlatilishi 374-mashq. O‘qing. Ega va kesim orasiga qaysi qoidaga muvofiq tire qo‘yil- ganini tushuntiring. 1. O‘zbekistonning poytaxti – Toshkent. 2. 1-Sentabr – O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik bayrami. 3. Millatni uyg‘otish – uyg‘on- ganlarning vazifasi. (Cho‘lpon) 4. Maqsadimiz – o‘qish. 5. Aytilgan so‘z – otilgan o‘q. (Maqol) 6. O‘qish – hayotni tushunish. 7. Bir hafta – yetti kun. 8. Salomatlik – tuman boylik. 9. Bu – buloq suvi. 10. Otalar so‘zi – aqlning ko‘zi. 11. Bulbul – sayroqi qush. 12. Maqsadim – o‘qituvchi bo‘lish. 375-mashq. Zarur o‘rinlarga tire qo‘yib ko‘chiring. Tireni qaysi qoida asosida qo‘yganingizni tushuntiring. 1. Navro‘z bahor bayrami. 2. El sog‘lig‘i yurt boyligi. 3. Olti karra olti o‘ttiz ol-ti. 4. U tajribali shifokor. 5. Bu qovun shirin. 6. Bolani televizor va internetga nazoratsiz topshirib qo‘yish katta xato.7. Sog‘- lom bo‘lishning muhim sharti sport bilan shug‘ullanish. 8. Bu majnuna Zaynab edi. (A. Qodiriy) 9. Talabalar soni yigirmata. 10. Yaxshi so‘z jon ozig‘i, yomon so‘z bosh qozig‘i. (Maqol) 11. Bu Yaponiyada chiqa- rilgan kompyuter. 12. Maktab ilm o‘chog‘i. 13. Boylikning eng yax- shisi ko‘ngil boyligidir. 14. Mana shu bizning qishlog‘imiz. 15. Mening orzularim ko‘p. 16. Botir ham haydovchi. 17. Har bir talabaning eng sharafli, eng muqaddas burchi o‘qishdir. 18. Akam uchuvchi bo‘ldi. Qanday hollarda ega bilan kesim orasiga tire qo‘yilmaydi? Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling