Aniqlovchi
381-mashq. Matnni o‘qing. Aniqlovchilarni topib, turi, so‘rog‘i, ifodalanishi
va qaysi so‘z bilan bog‘lanib kelganini ayting.
Bugun o‘n yetti kundirki, Bobur Hirotda Alisher Navoiy istiqomat
qilgan muh-tasham Unsiyada yashaydi. Unsiyaning baland peshtoqlari,
niliy gumbazi, oftobda jilolangan rang-barang koshinlari Boburga
Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasini eslatadi. Lekin Unsiyaning to‘rt
tomonidagi to‘rtta minorasi Ulug‘bek madrasasinikidan balandroq,
binoning hajmi ham kattaroq edi. O‘zi bundan o‘n besh yilchagina oldin
qurib bitirilgan, hali hamma bezaklari yap-yangi edi.
Unsiyaning ichidagi xonalardan bir qanchasini Navoiyning shaxsiy
kutubxonasi egallagan. Bobur kutubxonadagi kitoblarni varaqlaganda
ularning ba’zi joylarida ulug‘ shoirning dastxatini ko‘rdi-yu, Samar-
qandda undan olgan maktubini esladi. Navoiyni ko‘rishga muyassar
bo‘lolmagani uchun yuragini ma’yus tuyg‘ular chulg‘adi. (P. Qodirov)
382-mashq. Matnni o‘qing. Sifatlovchi aniqlovchilarni topib, o‘zi bog‘langan
so‘z bilan birga ko‘chiring.
Ona diyorimizga oltin kuz o‘zining barakali sepini yoydi. Salqin
kechalar, ertalab maysa-ko‘katlar, dov-daraxtlar barglarini bezaydigan
shudringlar kuz kelganidan darak bermoqda.
Tog‘ daralaridagi shaffof shalolalar sadosi pasaydi, asriy muzlar
erishdan to‘xtadi, tog‘ havzalaridagi suvlar kamaydi. Na’mataklar me-
vasi qizil rang oldi.
Bu davrda paxta dalalari ham o‘ziga xos manzara kasb etadi. Quyosh
ufqdan bosh ko‘tarishi bilan uning zarrin nurlari g‘o‘za qator oralariga
tushib, barglaridagi shudringlar rango-rang bo‘lib tovlanadi. Quyosh
nuri tushgan barglar, kech ochilgan gullar, lo‘ppi-lo‘ppi paxtalar ko‘zni
qamashtiradi. (“Saxovatli fasl” matnidan)
184
Do'stlaringiz bilan baham: |