Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/206
Sana21.09.2023
Hajmi2,26 Mb.
#1684038
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

403-mashq. Gaplarni o‘qing. Nima uchun ayrim gapda kelishik qo‘shimchasi 
yoki ko‘makchi uyushiq bo‘lakning oxirgisiga, ayrim gapda har bir bo‘lakka 
qo‘shilayotganini tushuntiring. 
1. Qizaloqlar onasining qo‘lidan qozon-tovoq, sidir-supur, tikish-ilis-
hni olishadi, ukalarini o‘ynatishadi. (S. Nurov) 2. – Yo‘q, otajon! – dedi 
Shermat, – tinchlikni, hurriyatni, haqiqat oftobining balqib chiqqanini 
siz ham ko‘rasiz! (Oybek) 3. Adir va tog‘larda bug‘doyiq va har xil o‘t-
lar o‘sadigan yaylovlar bor. (“O‘zbekiston geografiyasi”dan) 4. Go‘zal 
bog‘larda, ekinzorlarda endi boshvoqsiz qoramollarning diringlab 
chopganini ko‘rdi. (Oybek) 5. Oybolta, qo‘larra, tesha bilan daraxt-
larning qing‘ir-qiyshiq o‘sgan shoxlarini kallaklaydilar. (M. Ismoiliy) 
4. Yer kuch bilan, ter bilan unum beradi. (Oybek) 5. Oqbosh, supurgi, 
shuvoq, yovshan, chitir dastalarini rayhon suviga chayib, quritib, taxlab 
qo‘yibdilar soyaga.. (A. Muxtor) 6. Hovli bilan bitta bo‘lib to‘kilgan 
dovuchchalar, barglar va xascho‘plarni dastasi uzun supurgi bilan supu-
rishga tushdi. (H. Nazir) 7. Asal glukoza, fruktoza, saxaroza va mineral 
moddalardan tashkil topadi. (“Fan va turmush”jurnalidan) 8. Boshqa-
lardan o‘zini aziz tutgan havoli kishi o‘z maqsadi yo‘lida har qanday 
tubanlikdan, yaramaslikdan qaytmaydi. (M. Alaviya) 9. Tokchalarda 
dasta-dasta kosalar, piyolalar va choynaklar terilib turardi. (S. Zunnu-
nova) 10. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftoli-
lar qiyg‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom) 11. Ayniqsa, zebra, qo‘tos, be-
gemot, fil va ohularning ko‘p turi tarqalgan. («Fan va turmush» jurna-
lidan) 12. Bolbollar Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Oltoy, Janubiy Sibir
Mo‘g‘uliston va Sharqiy Yevropada uchraydi. («O‘zbekiston Milliy en-
siklopediyasi»dan) 13. Kuzdan darak beruvchi sarg‘aygan yaproqlar 
yo‘l ustida, ariq bo‘yida yotardi. (J. Sharipov) 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling