Ona tili va bolalar adabiyoti


Gapning ajratilgan bo‘laklari


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Gapning ajratilgan bo‘laklari 
406-mashq. Gaplarni o‘qing. Qaysi gap bo‘lagi ajratilganini aniqlang. 
1. Bolalar ana shu yoyilma chetrog‘ida, suv kun taftida ilib qolgan 
joyda cho‘milishayotgan ekan. (Y. Shamsharov) 2. Yo‘lchi o‘zi uchun 
mushkul masalani, ya’ni xo‘jayin oldiga kirib, undan pul talab qilishni 
o‘yladi. (Oybek) 3. Jazirama yozda ham, qahraton qishda ham geolog-
larning qiladigan ishi asosan bitta – muttasil izlanish. («Fan va tur-
mush» jurnalidan). 4. Men – Po‘latova Madina, Buxoro davlat univer-
sitetining pedagogika fakultetida o‘qiyman. 5. Negadir bu voqeaga ke-
ragidan ortiqcha baho berib, unga, Oqilaga sinovchan nazar tashlab 
yuradigan bo‘lishdi. (M. Jaloliddinova) 6. Siyrak daraxtli ikkinchi bir 
tepalikda bir necha kishining, erkak va ayollarning, qorasi ko‘rindi. 
(Oybek) 


194 
Savollar: 
1. Gapning ajratilgan bo‘lagi deganda nima tushuniladi? 
2. Gapning qaysi bo‘laklari ajratilishi mumkin? 
407-mashq. Gaplarni o‘qing. Kerakli o‘rinlarga tinish belgilarini qo‘yib ko‘-
chiring. 
1. Uzoqda tog‘ yonbag‘irlarida behisob qorako‘l qo‘ylari o‘tlaydi. 
(Mirmuhsin)  2. Unsin qo‘lidagi tugunni bir eski paxtalik nimcha, bir 
chit ko‘ylak, onasidan qolgan eski shol ro‘molni akasiga berdi. (Oybek) 
3. Toshkentda respublikamiz poytaxtida metro qatnovi yaxshi yo‘lga 
qo‘yilgan. 4. Biz ya’ni ota-bola tramvaydan tushdik. (G‘. G‘ulom)
5. Endi odamlar otliq, piyoda, yosh-qari uchray boshladi. (Oybek).
6. Men G‘ani Jo‘rayev 1978-yilda tug‘ilganman. 7. Otam Safar Barno-
yev bolalar yozuvchisi. 
 
408-mashq. Gaplarni o‘qing. Ajratilgan izoh to‘ldiruvchini aniqlang. 
1. Nerv to‘qimasi nerv hujayralaridan, ya’ni neyronlardan hosil bo‘-
ladi, neyronlar esa tana va o‘simtalardan iborat. («Anatomiya» kitobi-
dan) 2. Odam tanasida A vitamini faqat boshqa biror moddadan, chu-
nonchi, sabzavotlar, ko‘katlardan ajralib chiqadigan karotin degan 
moddadan hosil bo‘ladi. (F. Mahkamov) 3. Suvga, uning oynaday tiniq-
ligiga G‘ulomjon juda havaslanib qarab turdi. (M. Ismoiliy) 4. Siddiqa 
dorilarning xillari, dozalarini, ya’ni qaysi dorida qanday aralashmalar 
borligini va bu aralashmalar miqdori qancha ekanligini ham ayta oladi. 
(N. Hakimova) 5. U kishi rayhonni, ayniqsa Namangan sadarayhonini 
juda xush ko‘rardi. («Guldasta» to‘plamidan) 6. Smetana tarkibida sut 
yog‘idan tashqari oqsil, sut qandi, organik kislotalar, mineral tuzlar
shuningdek, vitaminlar mavjud. («O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi»-
dan)
Ajratilgan izoh to‘ldiruvchi ishtirok etgan ikkita gap tuzing. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling