Ona tili va bolalar adabiyoti


-mashq. Gaplarni o‘ing. Yig‘iq va yoyiq undalmalarni aniqlang


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

417-mashq. Gaplarni o‘ing. Yig‘iq va yoyiq undalmalarni aniqlang. 
1. Bu nima degan gap, qizlar, ish qolib, tariqday sochilib, tuproqday 
to‘zib, yallo qilib yuribsizlar. (Sh. Sa’dulla) 2. Azizim, qizingizning 
baxtini birovlarning ostonasidan qidirmang. (A. Qahhor) 3. Siz qutlug‘ 
kunlarda yetib keldingiz, aziz birodarlar! (A. Muxtor) 4. Ey, do‘stim, 
hozirchi, tuxum qilmaydigan tovuqqa hech kim don bermaydi. (Shuk-
rullo) 5. Ey, bobo, nechuk g‘amnok ko‘rinasiz. (S. Ahmad) 
6. Xayr, ey, bearmon kezgan qirlarim.
Xayr, ey, yiroqqa qochgan so‘qmoqlar. (A. Oripov) 
7. Naqadar suluvsan, naqadar inju,
Ey, sen shimol yurtin cho‘ng o‘rmonlari. (A. Oripov) 
8. Ey, uzoq o‘lkadan kelgan paxtakor,
So‘zlaring xazina, paxta qomusi. (G‘. G‘ulom) 
Yoyiq undalma ishtirok etgan 4 ta gap tuzib yozing. 
 
Kirish so‘z va kirish birikma 
418-mashq. O‘qing. Kirish so‘z va kirish birikmalarni aniqlab, ma’nosini 
izohlang. 


198 
1. Jahl ustida urishib qolgan bo‘lsangiz, ehtimol, yarashib qolarsiz. 
Oilangizni buzmang! (Mirmuhsin) 2. Albatta, kampir kelinlarini ro‘z-
g‘ordan siqmasdi. Ammo rejani buzmay, masalliqni isrof qilmay ish 
tutardi. (S. Ahmad) 3. Afsuski, mayda-chuyda g‘iybatlarga berildim, bi-
rovni birovga qarshi qayradim, xullas, umrim o‘tib ketdi. (M. M. Do‘st) 
4. Menimcha, Qoratoy aka, Shokir ota, butun kulfatlar turmushning 
yomon tuzilganidan keladi. (Oybek) 5. Baxtga qarshi, bu umid ham 
bo‘sh chiqdi. (A. Qodiriy) 6. Ming afsuski, hozir to‘ylarda o‘yin-kulgi, 
chiroyli an’analar san’atini namoyish qilish emas, isrofgarchiliklar 
me’yoridan oshib ketadi. (Mirmuhsin) 7. Bobomning aytishlaricha, bir 
zamonlar qishlog‘imizga sargashta-yu jahongashta bir musofir kelib 
qolgan ekan. (S. Karomatov)  8. Nimadir "tirs" etdi: qizilurug‘ qovun 
dum berdi shekilli. (A. Eshonov) 9. Eshik, deraza, pol, to‘sin kerakmi? 
Demak, duradgorlik ustaxonasi kerak. (N. Safarov) 10. Birinchidan
bola-chaqali odam xotin ustiga xotin olsa, uyda har kun janjal-suron 
bo‘lishi shubhasiz. (Oybek) 11. Mayli, ishingiz zarur bo‘lsa, sizga 
javob, do‘stim, ertagacha xayr. (K. Yashin) 12. Qanday qilib siz bilan 
mening dilim bir bo‘lsin! Hech qachon bir bo‘lolmaydi. Aksincha, o‘t 
bilan suvdek zid. (P. Tursun) 13. Ha, ota – ko‘cha kishisi, ona uy farish-
tasi bo‘lar ekan. (L. Tojiyeva) 14. Keldi-ketdi bo‘lib, Nizomjon uch-
to‘rt kun Dildor bilan bafurja uchrasholmadi.. Nihoyat, uydan mehmon-
larining oyog‘i uzildi. (S. Ahmad) 15. Yo‘q, hayotni jo‘nlashtirib bo‘l-
maydi. U o‘zining chigal, murakkab o‘zanlari bo‘ylab oqadi. (A. Mux-
tor) 16. Don mahsulotlari orasida guruch Osiyo xalqlarining asosiy 
ozuqasi hisoblanadi, binobarin, dunyo aholisining teng yarmi guruch 
bilan tirikchilik qiladi. (K. Mahmudov) 17. Zokir ota, shubhasiz, juda 
tajribali paxtakor, qo‘li gul odam. (A. Qahhor) 18. Inson hamisha olg‘a 
intilishi, o‘rganishi, hayot sirlarini o‘zlashtirib olishi zarur. Aks holda, 
aql-zakovati yillar o‘tishi bilan o‘tmaslashadi, zavol topadi. (S. Karo-
matov) 19. Aftidan, ular endigina zavoddan chiqqan bo‘lsa kerak, 
bo‘yoq isi gupullab dimoqqa urib turibdi. (I. Rahim) 20. Avvalo, shuni 
aytib qo‘yayki, senga boshqa muallim topib qo‘ydim, ertaga boshlab 
kelgayman. (M. Osim) 21. To‘g‘ri, keksalarimiz dehqonchilikda juda 
mohir. (Oybek) 22. Ayniqsa, zebra, qo‘tos, begemot, fil va ohularning 
ko‘p turi tarqalgan. (“Fan va turmush” jurnalidan) 23. Shunday qilib, 
yozning butun ko‘rkamligi ish bilan o‘tib ketdi. Esiz-esiz. (G‘. G‘ulom) 
24. Xullas, surat bor-u, siyrat yo‘q. Siyratsiz tana o‘lik emasmi?
(S. Siyoyev) 


199 
 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling