Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet175/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
439-mashq. Kesimi kengaygan birikma bilan ifodalangan quyidagi sodda 
gaplardan kesim tobe gapli qo‘shma gap hosil qiling.
1. Ta’limning poydevori bilimning hayotda kerakligini bolaning 
ongiga yetkaza bilishdir. (P. Usmonov) 2. Bizning vazifamiz ilmni xalq 
tajribasi bilan boyitish va shu bilan birga xalq, tajribasini ilmning ela-
gidan o‘tkazishdir. (A. Qahhor) 3. Rahbar axloqidagi asosiy narsa so‘z 
va ish birligini o‘z faoliyatining mazmuni deb bilishdir. 4. Asosiy vazi-
falardan biri yosh havaskor yozuvchilarning ijodiy yuksalishiga yor-
dam berishdir. (N. Safarov)  
440-mashq. Istalgan bir mavzuda 8 – 10 gapdan iborat matn tuzing. Matnda 
kesim ergash gapli qo‘shma gaplardan, kesimi kengaygan birikmali sodda gap-
lardan foydalaning. 
441-mashq. 1-topshiriq. Berilgan ega ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh va 
ergash gapni belgilang. Ergash va bosh gap tarkibidagi bir-biriga ishora qilib 
turuvchi qismlani aniqlang. 
 
1. Kimki bilimga tayansa, u doimo kamol topadi. 2. Shunisi diqqatga 
sazovorki, tomoshabinlar asarni yaxshi tushunishlari uchun har bir 


207 
kartina oldida jonli prototiplar turardi. (S. Ahmad) 3. Kimning xulqi 
yomon bo‘lsa, u o‘zini azobga giriftor qiladi. 4. Shunisi hayajonliki
men uning ko‘zlarida zarracha ham yosh ko‘rmadim. (P. Tursun)
5. Ko‘ziga nima ko‘rinsa, shu uni qiziqtira boshladi. (Oybek) 6. Kim 
sening kamchiliklaringni to‘g‘ri ko‘rsatsa, u sening haqiqiy do‘sting.
7. Uning oldiga kimki biror hojat bilan kelsa, noumid qaytmagan.
(H. Nosirova) 
8. Kim minsa, shu bilar otning bopini,
Sayis olar ildam otning tobini. (“Hasanxon” dostonidan) 
 

2-topshiriq. Yuqoridagi qo‘shma gaplardan egasi kengaygan birikma bilan 
ifodalangan sodda gaplar hosil qiling. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling