Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
QO‘SHMA GAP 
 
431-mashq. Berilgan gaplarning tuziishiga ko‘ra turini aniqlang. Ularning 
nima uchun sodda gap, nima uchun qo‘shma gap ekanligini tushuntiring. 
1. Taqachining ustaxonasiga yaqin yerdagi ko‘lmakda bir baqa 
yashar ekan. (A. Abdurazzoq) 2. Tepalikning havosi toza va g‘ir-g‘ir 
shabada esar edi. (A. Irisov) 3. Inson uchun, havo, quyosh, suv, non, 
ota-ona qanchalik aziz va muqaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik 
mo‘tabardir. (X. Davron) 4. Soyning o‘ng betidagi serdaraxt mahallada 
mavlono Fazliddin bulturdan beri istiqomat qilayotgan peshayvonlik 
mo‘jaz uy bor. (P. Qodirov) 5. Ko‘z qo‘rqoq, qo‘l botir. (Maqol) 6. Kuz 
kelganda uyimizda to‘y bo‘ladi. (T. Yo‘ldosh) 7. Hadeb qor yog‘aver-
ganidan kamqatnov yo‘llarda yurish qiyinlashob qoldi. (O. Husanov)
8. Yomg‘ir betinim yog‘ar, lekin uning tomchilari chang zarralaridek 
ko‘zga ilinmas edi. (P. Tursun)
Savollar: 
1. Qo‘shma gap nima? 
2. Qo‘shma gapning sodda gapdan farqi nimada? 


203 
Bogʻlangan qoʻshma gap 
432-mashq. 1-topshiriq. Daftaringizga jadval chizing. Berilgan bog‘lov-
chilar orasidan teng bog‘lovchilarni ajratib, jadvalni to‘ldiring. 
Agar, chunki, va, shuning uchun, hamda, lekin, ammo, zeroki, biroq, 
shu sababli, na... na, yoxud, natijada, dam... dam, goh... goh, yo.
Biriktiruv 
bog‘lovchilari 
Ayiruv 
bog‘lovchilari 
Zidlov 
bog‘lovchilari 
va
yo 
lekin 
 

2-topshiriq. Teng bog‘lovchilarni qo‘llab qo‘shma gaplar tuzing. 

Savollar: 
1. Bog‘langan qo‘shma gap deganda nimani tushunasiz? 
2. Bog‘langan qo‘shma gapning qanday turlari bor? 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling