Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
433-mashq. Biriktiruv munosabatli bog‘langan qo‘shma gaplarni topib ko‘-
chiring, vergulning qo‘yilish yoki qo‘yilmaslik sababini tushuntiring. 1. Sokin, bejon va tilsiz cho‘lning ham o‘z joni, o‘z tili, tovushi va o‘z tug‘yoni bo‘larkan. (A. Hakimov) 2. Ra’no tabassum bilan javob berdi va unda bir oz qizarinish belgisi bor edi. (A. Qodiriy) 3. Bu ham- masi hayotning eng nozik, eng muhim tomonlari edi va hammasi mual- laq bir ahvolda yotardi. (P. Qodirov) 4. Bolalar uxlab qoldi-yu, kattalar allamahalgacha uxlashmadi. (H. G‘ulom) 5. Suvonjon qir bag‘ridagi ang‘izga qo‘ylarni yoyib yubordi-da, o‘zi ajriq ustiga yonboshladi. (S. Anorboyev) 6. Urushning ikkinchi yili otasi armiyaga ketdi-yu, qo‘- lida hunari yo‘q ona ikki bola bilan qoldi. (P. Qodirov) 6. Hasanali tuzatinib oldi va ichkariga kirdi. (A. Qodiriy) 7. Yomgir boyagidan an- cha tezlashgan bo‘lsa-da, osmon yorisha boshlagan edi. (S. Karomatov) 8. Bo‘pti, qaynoq-qaynoq choy ich-da, borib yot. (S. Ahmad) 9. Eshik g‘irch etib ochildi-da, ruxsat so‘rab Darveshali kirdi. (Oybek) 10. Ba’zi ota-onalar bolalarini ayagan bo‘ladilar-da, ularni hayot uchun yaroqsiz, jismoniy zaif qilib qo‘yayotganlarini bilmay qoladilar. (S. Zunnunova) 10. Qo‘shiq tamom bo‘ldi-yu, u boyagiday tabassum bilan ohista bosh egib qo‘ydi. (O‘. Hoshimov) 204 434-mashq. Bog‘langan qo‘shma gaplarning turini aniqlang. Zarur o‘rinda tinish belgisini qo‘yib ko‘chiring. Qo‘shma gaplar tarkibidagi sodda gaplarning qanday vosita yordamida bog‘langanini izohlang. 1. Kampir hamon kelinning og‘zini poyladi lekin kelindan hech bir hasrat qiladigan gap chiqmadi. (Oydin) 2. Bolalar uxlab qoldi-yu kat- talar allamahalgacha uxlashmadi. (H. G‘ulom) 3. Umuman, go‘zallik kishi uchun katta baxt ammo kishini bezovchi barcha sifatlar ichida mehnatsevarlik bebaho ziynatdir. (R. Usmonov) 4. Shirmonxonning qulog‘iga uzuq-yuluq so‘zlar chalindi-yu hech narsa uqolmadi. (S. Zun- nunova) 5. O‘zi tuzuk shoir biroq tanqidni ko‘tarmagani yomon. (A. Qahhor) 6. Sizlarga mening g‘ashligim yo‘q, ammo havasim keladi. (Mirmuhsin) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling