Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
428-mashq. Egasi ifodalangan gap tuzing. Shu gap asosida shaxsi ma’lum va
shaxsi topilmas gap hosil qiling. Namuna: Biz bolalar adabiyotini chuqur o‘rganyapmiz. – Bolalar adabiyotini chuqur o‘rganyapmiz. – Bolalar adabiyotini chuqur o‘rganish kerak. 429-mashq. O‘qing. Atov gaplarni toping. Bu gaplar ko‘z oldingizda nimani gavdalantirishini tushuntiring. 1. Bahor. O‘riklar oppoq gulladi, olcha novdalari munchoq-munchoq bo‘rtdi. (Mirmuhsin) 2. Qiyom chog‘i edi. Quyosh damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi. (Oybek) 3. Biyday dasht. Sokinlik. Otlar olg‘a bosadi. (Sh. Xolmirzayev) 4. Iliq tun.. Qo‘shoyoqlarning chiyillashi, ahyon-ahyonda dardchil buzoqning azob chekib ingrashi singari sovuq nidolar ham eshitiladi. (J. Abdullaxonov) 5. Oppoq qor. Qosh qoray- ganda, yupun kiyingan odamlar qunushib, dildirashib, choyxonaga to- mon kela boshladi. (A. Qahhor) 6. Fasli bahor. Qo‘shnim G‘afur G‘ulomning ellik yilligi. O‘shanda Bulbul Mamedov to‘yxonaning guli bo‘lgan edi. (H. Nazir) 7. Kuz kunlari. Ishkomlarda husayni, dilikaptar, kishmish, shivirg‘onilarning boshi yerga tegay deb engashgan. (S. Ab- dulla) 8. Norin. Sho‘x daryo, asov daryo. Tutqich bermas telba daryo. (N. Safarov) 9. Ro‘parada past-baland cho‘qqilarini osmonga turtib, ko‘kish tuman pardasiga burkangan Chotqol tog‘lari. (P. Tursun) 430-mashq. So‘z-gaplarni aniqlab, ma’no turini ayting. 202 1. – Yaxshi ko‘rasanmi o‘zi? – Ha. Bir kun ko‘rmasam, yuragim jizillab turadi. (P. Tursun) 2. Xush kelibsizlar. Qani, dasturxonga marhamat. (S. Ahmad) 3. – Qalay endi, tuzukmisiz? – Shukur, rahmat. (S. Ahmad) 4. – Ona tilimizda odam «o‘zida» emas, aniq bir joyda, ma- salan, kabinetda bo‘ladi. – Uzr, Saidmurod aka. (M. M. Do‘st) 5. – As- salomu alaykum, Echkivoy buva – oldingi o‘ng oyog‘ini ko‘ksiga bosibdi. – Me-e, vaalaykum assalom, – deya qiroat bilan alik olibdi Echki. – Kam bo‘lma, bo‘tam. Otangga rahmat. (A. Obidjon) 6. Dod! Voy dod! Qaroqchilar bosdi!!! (M. Ismoiliy 7. – Barakalla, chevarim. Balli, himmatli qizim. (Q. Muhammadiy) 8. – Ehtimol, – dedi Otabek va nima uchundir g‘ayriixtiyoriy bir tebrandi. (A. Qodiriy) 9. – Aslo bizdan bemaslahat ish qilmang, Madaminboy. – Albatta, albatta, taqsir! (P. Tursun) 10. Mustafo eshagiga xalacho‘p bosdi: – Xix, jonivor, xix! (M. M. Do‘st) 6. Xayr, ey, bearmon kezgan qirlarim. Xayr, ey, yiroqqa qochgan so‘qmoqlar. (A. Oripov) Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling