447-mashq. 1-topshiriq. Berilgan sabab ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh
va ergash gapni aniqlang. Sabab ergash gapning bosh gapga nima yordamida
bog‘langanini ayting.
1. O‘qituvchiga kibr-u havo va takabburlik aslo yarashmaydi, chunki
yosh avlod undan ibrat oladi. (R. Usmonov) 2. Bolalar chana uchishgan
bo‘lsa kerak, anhor ustidagi ko‘prik yaxmalak bo‘lib ketibdi. (H. G‘u-
lom) 3. Qishloqqa bahor ilgariroq keldi, shekilli, Vasila Nazarovna ta-
naffus paytida yo‘lakda yugurib ketayotgan bir qizaloqning qo‘lida
gunafsha ko‘rib qoldi. (O‘. Hoshimov) 4. Biz tabiatni muhofaza qilishga
yetarli e’tibor bermadik, shuning uchun ba’zi qushlar va hayvonlar
kamyob bo‘lib qoldi. 5. Lekin azalda taqdirimiz qora bitilgan ekanmi,
tez kunda boshimizga og‘ir kunlar tushdi. (Oybek) 6. Tut beor emasmi,
tez tutib, o‘sa boshladi. (T. Ashurov)
2-topshiriq. Yuqoridagi qo‘shma gaplarni sodda gapga aylantiring.
3-topshiriq. 4 ta sabab ergash gapli qo‘shma gap tuzib yozing.
448-mashq. Berilgan qo‘shma gaplardagi shuning uchun bog‘lovchisini
chunki bog‘lovchisi bilan, chunki bog‘lovchisini shuning uchun bog‘lovchisi
bilan almashtiring. Bunda ular tarkibidagi sodda gaplar tartibi, ergash va bosh
gaplarning munosabatida qanday o‘zgarish ro‘y berayotganini izohlang.
1. Yog‘och yengil, shuning uchun u suvda cho‘kmaydi. 2. Dangasa
bahona izlaydi, chunki unga mehnat yoqmaydi. 3. Badantarbiya odamni
so‘g‘lom qiladi, shuning uchun doimiy ravishda badantarbiya bilan
shug‘ullanish lozim. 4. Ma’rifatli inson hayotda adashmaydi, chunki
ma’rifat insonni to‘g‘ri yashashga o‘rgatadi. 5. Choyni damlaganimga
ancha bo‘ldi, shuning uchun sovib qolgan bo‘lsa kerak. 6. Yolg‘on ga-
pirmanglar, chunki yolg‘on iymonga ziddir.
Do'stlaringiz bilan baham: |