Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet181/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
456-mashq. Berilgan natija ergash gapli qo‘shma gaplardagi bosh va ergash 
gapni aniqlang. Natija ergash gapning bosh gapga nima yordamida bog‘langanini 
ayting. 
1. Havo shu qadar issiq, dim ediki, ertalab o‘rilgan pichan kechgacha 
shaqirlab qurib qoldi. (S. Anorboyev) 2. Do‘l bir zumda shunday jada-
liga oldiki, yer oppoq bo‘ldi. (Sh. Rashidov) 3. Safar qaridi. G‘ulomjon 
aka yurtini shunchalik sog‘ingan ediki, har eslaganda, yurak-bag‘ri 
ezilib ketardi. (J. Abdullaxonov) 4. Qop-qorong‘i tun shu qadar tinch va 
sokin ediki, hatto har bir sharpa ham bahuzur eshitilib turardi. (R. Fay-
ziy) 5. Azimboy shunday zulm o‘tkazdiki, oqibatda xalqning sabr 
kosasi to‘ldi. (S. Anorboyev)  
457-mashq. Quyidagi sodda gaplardan natija ergash gapli qo‘shma gap hosil 
qiling. 
1. Ba’zan odamning ruhida yengillik paydo bo‘ladi. Qanot chiqazib, 
olis ufqlarga uchib ketging keladi. 2. Poyezd tez yurib borardi. 
Atrofdagi narsalarni ko‘z ilg‘amasdi. 3. Ba’zan shamol kuchli esadi. 
Unga qarshi yurish mumkin bo‘lmay qoladi. 4. Ovoz juda tiniq, dilrabo 
edi. Muhabbat hayajondan entikib ketdi. 5. Nodirjon kitobga juda 
qiziqib qoldi. Ko‘ziga uyqu ham kelmay qoldi. 
 
458-mashq. 1-topshiriq.  Berilgan to‘ldiruvchi ergash gapli qo‘shma gaplar-
dagi bosh va ergash gapni aniqlang. To‘ldiruvchi ergash gapning bosh gapga nima 
yordamida bog‘langanini ayting. 
1. Shuni bilingki, xalq o‘z ishini bilib qiladi. (Oybek) 2. Kimki bo‘lsa 
dilozor, undan el-u yurt bezor. (Maqol) 3. Biz shunga erishmog‘imiz 
kerakki, birorta ham bola sababsiz dars qoldirmasin. 4. Xalqimiz tu-
shundiki, istiqlolni saqlash, uni rivojlantirish oson emas ekan. 5. Kim 
umumning manfaati uchun xizmat qilsa, uni xalq hamisha qo‘llab-
quvvatlaydi. 6. Kuyovingizning qiziq tabiatini shundan ham yaxshi 
bilib olsangiz bo‘lardiki, shu choqqacha ota-onalari ham bu fojiadan 


213 
xabarsiz ekanlar. (A. Qodiriy) 7. Kishilar istaydiki, yer yuzi gulbo-
g‘ining musaffo havosidan hamma bo‘lsin bahramand. (G‘. G‘ulom)
 

2-topshiriq. Yuqorida berilgan qo‘shma gaplardan to‘ldiruvchi kengaygan 
bilan ifodalangan sodda gaplar tuzing va ularni gap bo‘laklari bo‘yicha tahlil 
qiling.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling