Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet189/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
 


221 
PUNKTUATSIYA 
 
482-mashq. Gaplarda qo‘llangan tinish belgilarining nomini va vazifasini ay-
ting. Ularni: a) qo‘llanish o‘rniga ko‘ra, b) qo‘llanish usuliga ko‘ra, d) tuzilishiga 
ko‘ra tasnif qiling. 
I. Inson uchun havo, quoyosh, suv, non, ota-ona qanchalik aziz va 
muqaddas bo‘lsa, Vatan ham shunchalik mo‘tabardir.
Vatan ona tuproqdan boshlanadi. Vatanga muhabbat uning dalalari, 
qir-adirlari, moviyrang tog‘lari, dasht-u sahrolariga bo‘lgan muhabbat-
dan boshlanadi. 
Qadimda dushmanlar turk davlatining xoqoni O‘g‘uzxondan unga 
qarashli tashlandiq, hech narsa bitmaydigan yerni talab qilishadi. 
Bobomiz shunda: “Vatan yolg‘iz bizning mulkimiz emas. Mozorda 
yotgan otalarimiz va endi tug‘ilajak avlodlarimizning bu muborak tup-
roqda haqlari bordir. Vatandan ozgina bo‘lsa ham yer bermakka hech 
bir kimsaning haqqi yo‘qdir”, deb javob beradilar. 
Biz vatanni sevmoqni dono bobolarimizdan o‘rganmog‘imiz kerak. 
Inson uchun Vatandan ortiq mehrigiyo bormi? Yo‘q, albatta! Vatan – 
ona kabi yagona. Yagonaligi bilan muqaddas va bebahodir! (X. Davron) 
II. 1. Dasturxon yonida Kumushbibining latif bilagiga Otabek oltin 
uzuk solar ekan, u yerga qaragan holda edi. 
– Men sizga hech narsa ham hozirlamagan edim... 
– Hozirlamaganingiz uchun o‘kinasizmi? 
– ... (A. Qodiriy) 
2. Kecha bu gapni Nozimaga (sen uni yaxshi bilasan) aytgan edim.
3. Mayin yel cho‘qqilarni quchib yotgan qor nafasini olib keladi; muz-
likdan sizg‘ib tushayotgan suv shildirab oqadi. (Y. Shamsharov) 
Savollar: 
1. Punktuatsiya bo‘limida nima o‘rganiladi? 
2. Tinish belgilarining ahamiyati nimada? 
3. O‘zbek tilida nechta tinish belgisi bor? 
4. Tinish belgilari qo‘llanish o‘rniga ko‘ra qanday tasniflanadi? 
5. Tinish belgilari qo‘llanish usuliga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? 
6. Tinish belgilari tuzilishiga ko‘ra necha guruhga bo‘linadi? 
7. Tinish belgilari vazifasiga ko‘ra qanday tasniflanadi? 
8. Tinish belgilari gap mazmuniga ta’sir etadimi? 


222 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling