Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
486-mashq. Gaplarning oxiriga nuqta, so‘roq yoki undov belgisini qo‘yib ko‘-
chiring.
1. Yigit yugurib borib, o‘tovlarning biridan qimiz olib keldi Ochil 
buva, Azimjon, shofyor navbatlashib ikki kosadan shimirdilar (A. Mux-
tor) 2. Marg‘ilonga nima yumush bilan kelgan edingiz (A. Qodiriy)
3. Men bunday haqoratga ortiq chidolmayman (Z. Said, N. Safarov)
4. Sen yuzingga oyoq tirab ketgan o‘sha beti qattiq xotiningnikiga bor-
dingmi (S. Ahmad) 5. Yo‘lchi tishini qisirlatib dedi: –To‘pning og‘ziga 
qo‘yib, otib yuboringlar meni, qonxo‘rlar (Oybek) 6. Siz xalq bo‘ronini 
to‘smoqchimisiz Ovozini bo‘g‘moqchimisiz (Oybek) 7. O‘z ota-onasi-
ning ra’yini qaytargan bolaning hech qachon kosasi oqarmaydi (Mir-
muhsin) 8. O, yurak, yor kelmay, orziqqaning kelmay turib muncha 
o‘rtanmasang (M. Ismoiliy)
487-mashq. Berilgan gaplarni ohang va pauzaga rioya qilib o‘qing. Vergulning 
qo‘llanish o‘rnini aniqlab, vazifasini tushuntiring. 
1. Narigi qirg‘oqdagi mevazorlarda o‘rik, olcha, olma, shaftolilar 
qiyg‘os gullab yotibdi. (H. G‘ulom) 2. Odamning ko‘ngli nozik bo‘ladi: 
bir kichkina narsa bilan yo sinadi, yo ko‘tariladi. (M. Ismoiliy) 3. Soch-
lari duv oqargan, ammo ko‘z qarashlari tiyrak doktor opa har kuni Sher-
zoddan nima tush ko‘rganini so‘raydi. (O‘. Hoshimov) 4. Ozod, echke-
mardan qo‘rqasanmi? (M. Xidir) 5. Bu tol ilgari, yo‘q edi-ku, qachon 
ekkansiz, dada? (O. Husanov) 6. Endi, mehmonlar, aybga buyurmay-
sizlar, mening qiladigan ishim, boradigan yerim ko‘p. (A. Qahhor)  
7. Albatta, u o‘z yuragini hech kimga ocha olmagan. (Oybek) 8. Yet-
mish kunlik bir qamal, yetmish kunlik chetdan va eng ozi qishloqlardan 
munosabatni uzib turish, albatta, Toshkentni bo‘ldirib qo‘ygan edi.
(A. Qodiriy) 9. Ha, G‘ani samovarchi eski qadrdonim. (H. G‘ulom)


224 
10. Yo‘q, Sulton dardini jiyaniga zinhor-bazinhor oshkor etmoqchi 
emas. (X. Sultonov) 11. Uzoqda, tog‘ yonbag‘irlarida, behisob qorako‘l 
qo‘ylari o‘tlaydi. (Mirmuhsin) 12. Kumushbibi boshlovchi qizlar bilan 
uyga kirdi, undan taralgan atir islari bilan uy to‘ldi.(A. Qodiriy) 13. Os-
monning kunchiqish qismi endi oqara boshlagan, lekin hatto barvaqt 
turadigan qishloq ahli ham hali uyquda. (O. Yoqubov) 14. Ilm-hunar 
shunday beminnat mulkki, odamga hech qachon ularning og‘irligi tush-
maydi. (R. Usmonov) 15. Iidiz oziq bersa, novda ko‘karar. (Maqol)
16. „Onajon, – dedi Otabek, – sizning zaharli so‘zlaringizga nima 
deyishga ham hayronman“. (A. Qodiriy) 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling