Ona tili va bolalar adabiyoti
Download 2.26 Mb. Pdf ko'rish
|
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti
Ilmiy uslub 502-mashq. Matnni o‘qing. Ilmiy uslubga xos leksik va grammatik vositalarni aniqlab, izohlang. Ertak – xalq og‘zaki ijodidagi qadimiy janr, cho‘pchak. Ertak barcha xalqlar og‘zaki ijodida qadimdan shakllangan va faol janrlardan sana- ladi. Ertaklar asosan nasrda yaratilib, sujeti asosida sehrli-fantastik, sarguzasht yoki maishiy xarakterdagi voqealar yotadi, voqealar bayoni va talqinda ijodiy fantaziya, to‘qima salmoqli o‘rin tutadi. Shuning uchun ham ertakchilar tomonidan hikoya qilingan ertak tinglovchilar 233 tomonidan avvalo ertak deb, ijodiy fantaziya mahsuli deb qabul qili- nadi. Biroq bu ertaklar voqelik bilan tamoman aloqasini uzgan degani emas. Ertaklarda (ayniqsa, maishiy ertaklarda) reallik bilan aloqa yaqqol ko‘zga tashlanadi. Qadimiyligi tufayli ertaklarda ajdodlarimizga xos mifologik tafakkur elementlari, totemizm, anemizm qoldiqlari saqlanib qolgan. Mazkur hol sehrli ertaklar bilan hayvonlar haqidagi ertaklarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi, bu ularning nisbatan qadimiyroq ekanligining dalolatidir. Kishilik jamiyati taraqqiyoti barobarida ertaklar ham sifat jihatdan o‘zgarib boradi: hayotiy tajriba va kuzatish- larga asoslangan maishiy mavzudagi ertaklar kengroq o‘rin egallay boshlaydi, sehr-jodudan deyarli forig‘ sarguzasht-avantyur sujetli er- taklar yaratiladi, hayvonlar haqidagi ertaklarning totemistik va ani- mistik mazmun yo‘nalishi majoziylik bilan almashadi va h. (Adabiyot- shunoslik lug‘atidan) 503-mashq. Berilgan terminlarni qaysi fanga oidligiga ko‘ra guruhlab, sar- lavha bilan yozing. Har bir terminning ma’nosini izohlang. Shu terminlarning 8 tasi ishtirokida gap tuzib yozing. Kesim, son, aylana, undalma, kompas, bog‘lama, so‘z, metafora, xarita, turoq, ko‘paytirish, ayirish, bosh bo‘lak, yulduz, arxaizm, say- yora, metonimiya, uslub, osmon jismi, vazn, sifat, doira, atoqli ot, tur- dosh ot, perimetr, ertak, ufq, hikoya, atmosfera, tovush, majoz, gipo- nim, materik, okean, bo‘g‘in, denotativ ma’no, badiiy obraz, band, masal, istorizm, harf, alifbo, kometa, gap, raqam, band, istiora, kon- notativ ma’no, bo‘lish, tog‘, latifa, bitishuv, jonlantirish, masshtab, asotir, jargon, gerbariy, ildiz, tekislik, janr, barxan, she’r, daryo, mete- or, semema, globus, yil, masala, sutka, sujet, maqol, adir, doston, kvad- rat, topishmoq, daryo, kanal, komediya, xarita, to‘g‘ri to‘rtburchak, adir, tenglama, tugun, obraz, adabiy ertak, ergash gap, anafora, cho‘l, tenglik, qo‘shiq, rivoyat, qofiya, dengiz, ildiz, qissa, o‘xshatish . 504-mashq. “Kesim”, “Leksikologiya”, “Gap”, “To‘rtburchak”, “Tenglama”, “Aylana va doira”, “Maqol”, “Sujet”, “Barg”, “Materiklar” mavzularidan birini tanlab, ilmiy matn tuzing. Download 2.26 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling