Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet202/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

Badiiy uslub 
 
509-mashq. Matndagi badiiy tasvir vositalarini aniqlab tahlil qiling. 
Baland cho‘qqilarni, adirlarni, daraxtlarni bosib qolgan bu yerda 
shunday yumshoq va iliq ko‘rinadiki, go‘yo tog‘ga qor tushgan emas, 
mayin oq kigiz yopilgan. Ikki cheti muzlasa ham sharqirab oqayotgan 
daryochalar qaynagan qozonday bug‘lanadi, soyda oq bulutlar ko‘chib 
yurganday tuyuladi. Yaqindagina vazmin shovullab, salobat to‘kib 
turgan azim chinorlar endi oq to‘n yopingan mo‘ysafidlarday sokin 
mudraydi. Faqat yuksak qoyalar bag‘ridagi ko‘m-ko‘k archalar momiq 
oq kigiz sathida yana ham yashilroq ko‘rinib, bahri dilini ochadai 
kishining. Mashrabga shunday tuyuladiki, go‘yo bular archa emas, oq 
ro‘moldan chiroyiga chiroy qo‘shilgan suluv kelinchaklar… (O. Yoqu-
bov) 
 
510-mashq. Abdulla Oripovning “Bahor” she’ridan olingan parchani o‘qing. 
Tasviriy vositalarni topib, izohlab bering. 


238 
Dilbar kelinchakning ko‘ksida g‘ulu, 
Zardolu shoxiga tashlar ko‘z qirin. 
Barg aro shu’lalar, kaftlarmikan u, 
Bahor tetapoya go‘dakday shirin, 
Yuksak arg‘uvonning uchida hilol 
Paxmoq bulutlarni etadi nimta. 
Qaydadir shoira kuylaydi behol: 
– Ko‘nglim ham bu kecha oyday yarimta… 
Uvada kamzulda billur tugmaday 
Bulutlar ortidan boqadi yulduz. 
Qaydadir yurtini eslab ingrar nay, 
Qaydadir qo‘zigul yoradi ildiz. 
Qaydadir gulshandan axtarib visol 
Yel kezar – tog‘larning go‘zal arvohi. 
Shoirning dilrabo baytlari misol 
Oh tortib tizilar turnalar gohi. 
Qizg‘aldoq bargiday uchar dildan g‘am, 
Toshqinlar kiradi qalbimga manim. 
Bahoring muborak bo‘lsin ushbu dam, 
Mening O‘zbekiston – dilbar vatanim. 
 
LEKSIK USLUBIYAT 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling