Ona tili va bolalar adabiyoti


ronlik aks etdi. 3. Uchqun oyisining boshiga tushgan tashvishdan


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet204/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

ronlik aks etdi. 3. Uchqun oyisining boshiga tushgan tashvishdan 
bexabar. 4. Qaynarbuloq tomondan g‘amgin nay ovozi eshitildi. 5. Sa-
ratonda muallaq qotgan havo changi shabnam bilan yana o‘z onasi – 
tuproq quchog‘iga sekin cho‘kdi. 6. “Uylanish vaqti-ya, lekin pul qur-
g‘ur yo‘q” – dedi Abdulvohid piyolani bo‘shatib. 7. So‘nggi pushay-
mon kishiga foyda bermaydi. 8. Ozg‘in bola suv to‘la chelaklarni ba-
zo‘r ko‘tarib kelardi. 9. Hilola uning yoqimsiz yuzini ko‘rishni ista-
masdi. 10. Oʻktamni tanholik, g‘ariblik, yo‘qsizlik azobi qiynardi. 
 
 
 
 


240 
MORFOLOGIK USLUBIYAT 
 
514-mashq. Gaplarni o‘qing. Otlarda -lar qo‘shimchasi qanday ma’no ifoda-
layotganini izohlang. 
1. G‘ulomjonning ko‘nglida yayragan quvonch bahori ko‘zlarida 
javlon urdi. (M. Ismoiliy) 2. Sentabr boshlarida polk g‘arbga tomon 
yo‘l oldi. (Oybek) 3. Bodom qovoqlari ostidagi javlon ko‘zlari 
mamnun-mamnun kuladi, yuzlari kuladi, go‘zal g‘uncha lablari kuladi. 
(Shuhrat) 4. Xo‘p, mayli, o‘zim ham yotaverib, yuraklarim zardobga 
to‘lib ketdi. (N. Aminov) 
5. Shodliklarga to‘lib bir umr 
Huzuringda qolgim keladi. (A. Oripov)
6.O‘ylardimki, nomingni sening 
Takror etmas endi tillarim. (A. Oripov)
7. Seni ko‘ray dedim – tonglarim otdi, 
Orazing yorishib, tunni yo‘qotdi. (A. Oripov) 
8. Yomg‘irlar yog‘ardi qirq kecha-kunduz, 
Qorlar yog‘ar edi terakni ko‘mgan. 
Tulporlar bo‘lardi ko‘zlari yulduz, 
Poygada raqiblar changini ko‘rgan. (A. Oripov) 
515-mashq. Berilgan gaplardagi kichraytirish va erkalash qo‘shimchalari 
qanday ma’no ifodalayotganini aniqlang. 
1. Hoy, aylanay o‘g‘rigina bolam, boshimda shunday musibat tur-
ganda ko‘zimga uyqu keladimi? (G‘. G‘ulom) 2. – Hali xotinchangizni 
ham borib ko‘rarsiz, – gap bilan chimchilab oldi u. (O‘.Umarbekov) 
3.To‘raboy akaning qo‘lidagi hali terisi qurimagan qo‘zichoqlar ahyon-
ahyon mayingina «ba» deb qo‘yadi. (S. Anorboyev) 4. Voy bo‘yginang-
dan-ey.. tushimmi-o‘ngimmi, bolaginam.. Biram basavlat bo‘lib, gun-
gursday bo‘lib ketibsanki.. (A. Muxtor) 5. Qani, o‘sha bir paytlar kat-
talarning suhbatiga aralashmasdan, mehr bilan kuzatadigan tortinchoq 
bolakaylar va qizaloqlar. (Gazetadan) 6. Iloyo, shu yigitchaniyam umri 
uzoq bo‘lsin. Baxti bezavol bo‘lsin. (O‘. Hoshimov) 7. – Charcha-
gandirsan, qo‘zichog‘im. Ichaging uzilib ketgandir. Bo‘ldi qila qol, – 
deb zorlandi ona. (H. Nazir) 8. – Chakkki emas! – dedi Xolmat. So‘ngra 
so‘radi: – Oti Zebinisami? – Ha, Zebinisaxon. Yigitchaning shu “xon” 
degan qo‘shimchasida “mening Zebinisam” degan ma’noda bir maq-
tanish, bir g‘urur ohangi bor edi. (Cho‘lpon) 9. Ey-y, Sodiqcha, sen hali 


241 
nimani ko‘rding-ku, nimangga ishonding. (A. Qodiriy) 10. Yo‘lingiz-
dan qolmang, yigit-cha, – dedi qiz.

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling