Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet201/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

 
506-mashq. Quyida ish qog‘ozlaridan ariza, ma’lumotnoma va tushuntirish 
xati berilgan. Ularni o‘qib leksik va grammatik xususiyatlarini izohlang.
Buxoro davlat universiteti maktabgacha va bosh-
langʻich ta’lim fakulteti dekani B. J. Umarovga 
4-3BTU-17 guruhi talabasi Marjona Murtazoyeva-
dan 
ARIZA 
Kasalligim tufayli qishki semestrdagi yakuniy nazoratlarni vaqtida 
topshira olmadim. Ana shu yakuniy nazoratlarni topshirishga ruxsat 
berishingizni so‘rayman. 
Arizamga kasalligim haqidagi shifokor ma’lumotnomasi ilova qilin-
di. 
2006. 22. 02 (imzo) M. Murtazoyeva 


236 
MA’LUMOTNOMA 
Ushbuni ko‘rsatuvchi Safarova Gulchiroy haqiqatan ham Buxoro 
shahar Piridastgir ko‘chasi 1-uy 32-xonadonda turadi. 
Ma’lumotnoma Buxoro shahar pasport bo‘limiga ko‘rsatish uchun 
berildi. 
Mahalla komissiyasi raisi D. Kamolov 
Kotiba 
R. Rajabova 
2006. 17. 05 
Buxoro davlat universiteti maktabgacha va bosh-
langʻich ta’lim fakulteti dekani B. J. Umarovga 
4-3BTU-17 guruhi talabasi Adiba Haydarovadan 
TUSHUNTIRISH XATI 
Men 2006-yilning 12- noyabaridan 28-noyabrigacha bo‘lgan davrda 
onamning qattiq betobligi tufayli 46 soat darsga qatnasha olmadim. 
Ilova: onamning kasalligi haqidagi shifokor ma’lumotnomasi.
2006. 29.11 (imzo)
A. Haydarova 
507-mashq. Namunaga qarab ariza, ma’lumotnoma yoki tushuntirish xati 
yozing. 
Publitsisik uslub 
 
508-mashq. Matnlarni o‘qing. Publitsistik uslubga xos leksik va grammatik 
xususiyatlarini izohlang. 
1. O‘zbekistonning Tokiodagi elchixonasida mamlakatimizning 
zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi mavzusiga bag‘ishlangan 
davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Yaponiya ilmiy akademik, ishbilarmon 
doiralari, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillari qat-
nashdi. 
Tadbirda mamlakatimiz milliy iqtisodiyoti rivojlanishining barqaror 
yuqori sur’atlari, ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlar hamda 
“Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining hayotga tatbiq etilishi 
bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratildi.


237 
Davra suhbati chog‘ida mustaqil rivojlanish yilllari davomida res-
publikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti asosidagi kuchli 
fuqarolik jamiyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan demokratik huquqiy 
davlatni barpo qilish borasida keng qamrovli o‘zgarishlar ro‘y berayot-
gani qayd etildi. (“Xalq so‘zi” gazetasidan) 
2. Nihoyat Charos Zulfiyaxonim siymosini tabiatdagi eng go‘zal va 
yorqin ranglar asosida yaratishga kirishdi. U shoiraning xiyol qizarib, 
hayo-yu ibo yog‘ilib turuvchi suluv yuzlari rangini chiqarish uchun bir 
nuqta sanchgan ignasiga endi ikkinchi rangdagi ipak bilan igna uradi. 
Ranglar ranglarni boyitib, hali biz ehtimol nomlamagan tuslarni yuzaga 
keltiradi. Shoiraning chiroyli boqishlarini tabiiy va ta’sirchan chiqar-
moq uchun Charos o‘nlab tusdagi iplarga murojaat qiladi. Zulfiya-
xonim egnidagi atlasga jilo bermoq uchun quyoshning chiqishi-yu
botishidan turfa tovlanishlar qidiradi… 
Hikoya qilganimizdek, ota-ona ko‘magi, ustozlar xizmati, qolaversa, 
mamlakatimizda yosh avlod kamolotiga, ayniqsa, ularning san’atga 
oshno bo‘lib yetishiga hukumat miqyosida ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘r-
liklar sharofati bilan iqtidor o‘z bo‘y-bastini ko‘rsatayotir. Zero iste’-
dodni gulga qiyoslasak, u parvarish etilsagina, unib-o‘sib el-yurt xizma-
tiga shaylanadi. Onajon vatanimiz bag‘rida yuzlab iste’dodlar mehr va 
ixlos ila tarbiya etilayotgani esa diyorimizning ertangi saodatli kun-
laridan xushxabarlar yo‘llaydi. (“Ma’rifat” gazetasidan)

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling