Ona tili va bolalar adabiyoti


Download 2.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/206
Sana21.09.2023
Hajmi2.26 Mb.
#1684038
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   206
Bog'liq
F. Safarov Mashq toplami ona tili va bolalar adabiyoti

So‘zlashuv uslubi 
498-mashq. Matnni o‘qing. So‘zlashuv uslubiga xos so‘z va iboralarni aniq-
lang. 
– Xo‘sh, o‘zingning ishing qanday? 
– E, meniki ham, qo‘yaver, tozayam maza qildim-da, bu jonivor sigir 
shunday yovvosh, shunday bir baraka topgur ekanki, yetaklab olib yu-
rib, bir uvatga qo‘yaman, xuddi qoziqqa bog‘lab qo‘yganday o‘sha 
yerdan bir qarich qimirlamasadan o‘tlaydi, o‘tlab turgan joyida o‘t sop 
bo‘lib qolsa, “Naryoqqa o‘tsam mumkinmi?” deganday qilib menga 
sekin qiya qarab qo‘yadi. “Ha, jonivorgina”, deb yetaklab nariroqqa 
jildirib qo‘yaman. Shunday qilib, qarasam, sigir emas, jonning rohati 
ekan, keyin bir sero‘tloq uvatga yetaklab olib borib qo‘ydim-da, ariq 
bo‘yidagi tolning salqinida maza qilib uyquni urdim. Ikki-uch kundan 
buyon bo‘lgan hamma hordiqlarim chiqib ketdi. (G‘. G‘ulom) 
 
499-mashq. Matnni o‘qing. So‘zlashuv uslubiga xos fonetik, leksik, frazeo-
logik xususiyatlarni izohlang. 
– Adol, etikni tort! 
– Ha, erimmisan? 
– Seni er olsa jon derding-a. Burningni qara! 
– Burnimga nima qipti? 
– Oynakka qaraganmisan o‘zing. Bu burun emas, Xalcha xolam 
kovush yechib qo‘yganga o‘xshaydi. Etikni tort! 
Adol ham bo‘sh kelmadi. 
– Sen o‘lgurni er olmaydi. Er senga xotin bo‘lib tegadi. Prikaz beri-
shini qaranglar-a! Ovozing o‘lgur ham mo‘ridan chiqqandek gumbur-


232 
laydi. Oting o‘lgur ham erkakcha, Asror. Basharang habashga o’xsha-
gan qop-qora, yurishing ayiqqa oʻxshaydi. Bitta mo‘ylov kam. Mo‘ylov 
qo‘ysang, sen bilan kechqurun yurgan qiz gap-so‘z bo‘ladi. 
Qizlar qotib-qotib kulishdi. 
– Ha, bo‘sh kelma, Adol. U bittani gapirsa, sen o‘ntani qo‘ndirasan-a. 
– Ke, bo‘ldi, etikni tort. Men shatta qolaman. Biznikiga kirib ayamga 
aytib qo‘yasizlar. Dildor opaning oldida qoldi deb qo‘yarsizlar. Bo‘p-
timi?! (S. Ahmad) 
500-mashq. Matnni o‘qing. To‘liqsiz gaplarda qaysi gap bo‘lagi tushirib 
qoldirilganini aniqlang.
Otabek yana dedi: 
– Odam qo‘shsangiz men keltiray guvohimni! 
– Tinchlaningiz, Otabek, – dedi qushbegi. Otabek biroz o‘zini yig‘ib 
olgandan keyin so‘radi: 
– Nima olgan edingiz? 
– Maktub. 
– Kimdan? 
– Otamdan. 
– Qachon? 
– Toshkentda isyon boshlanishi oldidan. 
– Undan keyin-chi? 
– Olmadim. (A. Qodiriy) 
501-mashq. “Kiyinish odobi haqida davra suhbati”, “Navro‘z saylida”, 
“Tarbiya sirlari haqida suhbat”, “Tilimiz haqida fikrlar” mavzularidan birini 
tanlab matn tuzing. Bunda so‘zlashuv uslubiga xos vositalardan foydalaning. 

Download 2.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   206




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling